Kaykovusning Qobusnoma asarining tarbiyaviy ahamiyati. Kaykovusning ozi takidlaganidek, butun bir asar oxirgi bobda tarif berilgan javonmardlar tarbiyasiga bagishlangan. Kaykovus «... barcha fikr va tushunchalarni sening uchun kitobga yozdim va har bir ilm, har hunar va har peshakim bilur edim, hammasini qirq tort bobda bayon etdim», deyish bilan har bir yoshning aqliy, ahloqiy, jismoniy tarbiyasiga oid turmush tajribasi bilan boglangan holda kamolga yetkazish yollari va usullarini bayon etgan. Kitobda javonmardlar egallashi zarur bolgan quyidagi yonalishlarda talim -tarbiya berish nazariyasi kozda tutilgan:
1. Bilim olish haqida.
2. Hunar va turli kasb egalari haqida.
3.Turmush va xulq-odob qoidalari haqida.
4. Jismoniy yetuklik haqida.
Chunki har bir javonmard uchun tan, jon, havas va maoni, yani ham sipohiylik, ham marifat, ham donishmandlikka ega bolish zarur bolib, bu xislatlar ana shu yuqoridagi tort yonalishda zikr etilgan.
Kaykovus Pifagor aytgan quyidagi on xislatni har bir kishi ozida tarkib toptirishini takidlaydi. Bular: ozidan zor kishi bilan urishmaslik; hasadchi kishi bilan birga jamoat ortasida otirmaslik: riyokor, ikki yuzlamachi kishi bilan dost bolmaslik: yolgonchi kishi bilan muomala qilmaslik: baxil bilan suhbatda bolmaslik; gayr, dushman kishi bilan sharob ichmaslik; xotinlar bilan bir yerda otirmaslik; kishilarga sir aytmaslik; biror kishi aybingni aytsa, shu aybni yoqotishga harakat qilish; biror kishini ortiqcha maqtash yoki ortiqcha yomonlamaslik; muhtoj bolgan odamni gina, qahr bilan qorqitmaslik; gunohkorning gunohini avf etish; kichiklarga mehribon bolish; bir ishni ikki kishiga buyurmaslik kabi hayotiy tavsiyalarni keltiradiki, inson oz hayotida har bir daqiqada bunday hatti harakatlarga duch keladi
10-MAVZU: XIV ASRNING IKKINCHI YARMI VA XVI ASRDA MOVAROUNNAHRDA TARBIYA VA MAKTAB.
Ijtimoiy hayotning talim -tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivojiga tasiri. Movarounnahr mogul uruglari va qabilalarining ijtimoiy hayotida yuz bergan katta ozgarish, ularning mahalliy ijtimoiy tuzumini qabul qilishlari, xojalik va madaniy hayotdagi ozgarishlar mogullarning etnik xususiyatlarini ham ozgartirib yuboradi. Mamlakat aholisining ijtimoiy hayotida sodir bolgan jiddiy ozgarishlar, shubhasiz uning iqtisodiy jihatdan jonlanishiga turtki ham boldi.
XIII asrning ikkinchi yarmi va XIV asr boshlarida shahar va qishloqlarda xojalik hayotining jonlanishi bilan shubhasiz mogullar istilosi va bosqini davrida kuchli zarbaga uchrab inqirozga yuz tutgan fan, adabiyot, marifat va madaniyatning ayrim tarmoqlari ham tiklana boshlaydi.
Garchi yozma manbalarda bizgacha aniq malumotlar etarli darajada etib kelmagan bolsa-da, har qalay bu davrda ilm va marifat ham ayrim yirik hunarmandchilik va savdo-sotiq markazlarida jonlanadi. Buxoroda bino qilingan «Mas’udiya» va «Xoniya» kabi madrasalarning har birida mingtagacha tolibi ilm ahli tahsil koradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |