Ilmiy-pedagogik qarashlari:
Beruniy insonni tabiatning eng oliy kamoloti deb qaraydi. U insonning manaviy qiyofasidagi barcha axloqiy xislatlarni yaxshilik va yomonlik kabi ikki turga boladi.
Beruniy talim otiga kora inson kamolotida uch narsa muhim rol oynaydi: 1.Irsiyat. 2.Muhit. 3.Tarbiya.
Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yollari, usullari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. U okuvchiga bilim berishda:
- oquvchini zeriktirmaslik;
- bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni orgatavermaslik;
- uzviylik, izchillik;
- yangi mavzularni qiziqarli, asosan, korgazmali bayon etish va xokazoga etibor berish kerakligini uqtiradi.
Abu Ali ibn Sinoning pedagogik qarashlari. Asarlari: «Tadbir al-Manozil», «Tib qonunlari» «Axloq haqida risola», «Burch haqida risola», «Al-konun», «Ishq hakida risola», «Xay ibn-Yakzon», «Donishnoma» va boshqalar.
Talim -tarbiyaga doir qarashlari:
Ibn Sinoning fikricha insonlar xulq-atvorida birmuncha nuqsonlar bor. Bular: aldash, rashk, och olish, adovat, boxton, irodasizlik kabilardir.
U fanlar tavsifi haqida ham fikr bildirgan. Olim birinchi oringa tibbiyot fanlarini koyadi. Falsafani esa ikki guruhga-nazariy va amaliy guruhga boladi. U birinchi guruhga etika, iqtisod, siyosatni kiritadi. Ikkinchi guruhga fizika, matematika, metafizika dunyo qonuniyatlarini organuvchi barcha fanlarni kiritgan.
Ibn Sino bilim olishda bolalarni jamoa bolib maktabda okitish zarurligini korsatadi va talim da kuyidagilarga rioya etish zarurligini takidlaydi: 1) bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band kilib koymaslik; 2) talimda yengildan qiyinga otish orqali bilim berish; 3) olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bolishi; 4) oqitishda jamoa bolib maktabda oqitishga etibor berish; 5) bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish; 6) oqitishni jismoniy mashqlar bilan koshib olib borish.
Malumki, Sharq Uygonish davrida manaviy-marifiy sohada asosiy masala inson muammosi bolgan. Shuning uchun ham talim -tarbiya masalalariga katta etibor berilgan. Didaktik asarlarda Sharqqa xos bolgan insonning axloqiy, ruhiy kamoloti, oliy darajadagi yuksalish muammosi etakchi goya bolgan. Insoniylik, insonni uluglash goyasi talim -tarbiyaga oid yaratilgan asarlarning asosiy ozagi sanalgan. Bu goyani, yani insonparvarlik goyasini amalga oshirishning asosiy vositalari sifatida yuksak axloqiy odatlar, insoniy munosabatlar va xislatlarni tarkib toptirishga olib keluvchi talim -tarbiyani amalga oshirish muhim masala qilib qoyilgan. Zero, insoniylik goyasida yuksak axloqiy xislatlar ifodalangani uchun ham Sharq Uygonish davri falsafasi va pedagogikasida talim iy-axloqiy yonalish muhim ahamiyat kasb etdi. Axloq masalasi faylasuflarning ham, buyuk mutafakkirlarning ham, tarixchi-yu shoir hamda adiblarning ham birdek diqqat markazida boldi. Talim iy-axloqiy risolalar paydo bolib, axloqning ham nazariy, ham amaliy masalalari tahlil etildi. Qutadgu bilig, Axloqi Nosiriy, Qobusnoma, Hibbat ul-haqoyiq, Guliston, Boston, Axloqi Jaloliy, Axloqi Muhsiniy, Mahbub ul-qulub kabi Yusuf Xos Hojib, Nasiriddin Tusiy, Kaykovus, Ahmad Yugnakiy, Muslihiddin Sadiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz Koshifiylarning talim iy-axloqiy asarlari yuqorida takidlaganimiz inson shaxsini manaviy-axloqiy shakllantirish muammosini hal etish sohasida yaratilgan sof pedagogik asarlar sifatida muhim ahamiyatga ega. Mazkur talimiy-axloqiy asarlarda insonning manaviy kamolga etishida yuksak axloqqa ega bolishi ilm-fanni egallashi asosidagina amalga oshishi mumkin, degan goya ilgari surildi.
Chunki biz nazarda tutayotgan davrdan boshlab savod orgatish Quron va Hadislarni organish va ulardagi korsatmalarni ozlashtirib olib bilan birga olib borilgan. Shunga kora, Quron va Hadislardagi pand-nasihatlar ham olimlar, ham adiblar ijodigatasiretgan. Hadislarning tasiriga sabab umuminsoniy fazilatlarga alohida urgu berilgan. Ularda ilgari surilgan musulmonlikning muhim xislatlari: halollik, saxovat, himmat, mehru-oqibat, ehson, sharm-hayo, ilm izlash, muomala qoidalari, axloq mezonlari va boshqalar oz ifodasini topgan va Sharq adabiyotiga, jumladan, talim iy-axloqiy asarlargatasiretgan. Talim iy-axloqiy asarlar bevosita Hadislarda ilgari surilgan goyalar asosida yaratildi. Hadislar tasiri Yusuf Xos Hojibning Qutadgu bilig asaridan boshlanib, Kaykovusning Qobusnoma, Ahmad Yugnakiyning Hibbat ul-haqoyiq, Sadiyning Guliston, Alisher Navoiyning Mahbub ul-qulub va boshqa asarlar negizida korinadi. Ham goya, ham mazmun, ham shakl buning dalilidir.
Masalan Quronda ham, Hadislarda ham, talim iy-axloqiy dostonlarda ham ilm tarifi bilan birga, xulq-odob qoidalari, turmush odobi yoritiladi.
Xullas, Sharq talim -tarbiyasida ilmni targib etish, xulq-odob qoidalari islomiy tamoyillarga asoslangan, talim iy-axloqiy asarlardagi mundarijalarning oxshashligi ular tayangan manaviy zaminga bogliqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |