Fan/modul kodi
|
O‘quv yili
|
Semestr
|
ECTS – Kreditlar
|
MKIA1310
|
2022-2023
|
1-2
|
1-semestr: 5
2-semestr: 5
|
Fan/modul turi
|
Ta’lim tili
|
Haftadagi dars soatlari
|
Majburiy
|
O‘zbek/rus
|
1-semestr – 4
2-semestr – 4
|
1
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)
|
Mustaqil ta’lim (soat)
|
Jami yuklama (soat)
|
Axborot tizimlarini loyihalash
|
1-semestr: 60
2-semestr: 60
|
1-semestr: 90
2-semestr: 90
|
300
|
2
|
I. Fanning mazmuni
Fanning maqsadi – murakkab axborot tizimlarini yaratish va ularning dasturiy ta’minoti hayotiy siklini boshqarish sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash; asosiy tizimli tushunchalar, xalqaro standartlarni o‘zlashtirish; murakkab tizimlarni yaratish uchun tizimli yondashuvni shakllantirish kabi masalalarni o‘rgatishdan iborat.
Fanning vazifasi – murakkab loyihalarni yaratish uchun tizimli yondashuvning kelajakdagi istiqbollarini hisobga olish uchun magistrantlarning qobiliyatini, ana shu kelajakdagi jarayonlarni hisobga olish nuqtayi nazaridan shakllantirishdan iborat.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
1-mavzu. Axborot tizimlarini loyihalash.
Axborot tizimlarini loyihalash: asosiy tushunchalar. Axborot tizimlarini loyihalash uslubiyatining maqsadi va mazmuni. Axborot tizimlaridagi qismiy tizimlar. Axborot tizimlarini loyihalash texnologiyasining rivojlanish bosqichlari. Axborot tizimlarining hayot sikli.
2-mavzu. Axborot tizimlari bo‘yicha xalqaro standartlar.
Axborot tizimlari hayotiy siklidagi asosiy jarayonlarning ISO/IEC 12207 bo‘yicha mazmuni. Jarayonlarning mosligi. Jarayonlar hayotiy sikli bosqichlarini ISO/IEC 12207 bo‘yicha taqsimlash. Masalalar ketma-ketligi.
3-mavzu. Axborot tizimlarini modellashtirish.
Modellashtirish – Axborot tizimini loyihalash asosi. Modellarni yaratishdagi asosiy yondashuvlar. Tijorat jarayonlarini modellashtirishdagi masalalar. BFD (Block Flow Diagrams) – Xarrington xaritasi. IDEF standartlari. Tijorat jarayonlarini tuzilmaviy modellashtirish.
4-mavzu. Berilganlar oqimini modellashtirish.
Tijorat jarayonlarini bajarish ssenariylarini modellashtirish (IDEF3). Berilganlar oqimini modellashtirish – DFD (Data Flow Diagram) diagrammalari. DFD diagrammalarining tarkibi. “Mohiyat-aloqa” – ERD diagrammalari. DATARUN texnologiyasi.
5-mavzu. Axborot tizimlarini loyihalash bosqichlari.
Axborot tizimlarini loyihalash ishlarini tashkillashtirishdagi umumiy yondashuvlar. Axborot tizimlarini me’yoriy loyihalashdagi 1-5-bosqichlar.
6-mavzu. Texnik topshiriq.
Texnik topshiriqni ishlab chiqish. Loyiha xususidagi ma’lumotlar. Texnik topshiriqning tuzilishi. Tizimni yaratish (rivojlantirish)ning tayinlanishi va maqsadi.
|