Mavzu rejasi: Pedagogika ijtimoiy fan sifatida. Pedagogikaning asosiy kategoriya va tushunchalari. Pedagogik fanlarning tuzilishi. Pedagogik fanlar tizimi. Ilmiy-pedagogik tadqiqot metodlariga tavsif. Pedagoglik kasbining jamiyatdagi o‘rni


Kaykovusning “Qobusnoma” asarining tarbiyaviy ahamiyati



Download 2,78 Mb.
bet117/141
Sana11.07.2022
Hajmi2,78 Mb.
#777317
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   141
Bog'liq
pedagogika javob

Kaykovusning “Qobusnoma” asarining tarbiyaviy ahamiyati. Kaykovusning o‘zi ta’kidlaganidek, butun bir asar oxirgi bobda ta’rif berilgan javonmardlar tarbiyasiga bag‘ishlangan. Kaykovus «... barcha fikr va tushunchalarni sening uchun kitobga yozdim va har bir ilm, har hunar va har peshakim bilur edim, hammasini qirq to‘rt bobda bayon etdim», deyish bilan har bir yoshning aqliy, ahloqiy, jismoniy tarbiyasiga oid turmush tajribasi bilan bog‘langan holda kamolga yetkazish yo‘llari va usullarini bayon etgan. Kitobda javonmardlar egallashi zarur bo‘lgan quyidagi yo‘nalishlarda ta’lim -tarbiya berish nazariyasi ko‘zda tutilgan:
1. Bilim olish haqida.
2. Hunar va turli kasb egalari haqida.
3.Turmush va xulq-odob qoidalari haqida.
4. Jismoniy yetuklik haqida.
Chunki har bir javonmard uchun tan, jon, havas va maoni, ya’ni ham sipohiylik, ham ma’rifat, ham donishmandlikka ega bo‘lish zarur bo‘lib, bu xislatlar ana shu yuqoridagi to‘rt yo‘nalishda zikr etilgan.
Kaykovus Pifagor aytgan quyidagi o‘n xislatni har bir kishi o‘zida tarkib toptirishini ta’kidlaydi. Bular: o‘zidan zo‘r kishi bilan urishmaslik; hasadchi kishi bilan birga jamoat o‘rtasida o‘tirmaslik: riyokor, ikki yuzlamachi kishi bilan do‘st bo‘lmaslik: yolg‘onchi kishi bilan muomala qilmaslik: baxil bilan suhbatda bo‘lmaslik; g‘ayr, dushman kishi bilan sharob ichmaslik; xotinlar bilan bir yerda o‘tirmaslik; kishilarga sir aytmaslik; biror kishi aybingni aytsa, shu aybni yo‘qotishga harakat qilish; biror kishini ortiqcha maqtash yoki ortiqcha yomonlamaslik; muhtoj bo‘lgan odamni gina, qahr bilan qo‘rqitmaslik; gunohkorning gunohini avf etish; kichiklarga mehribon bo‘lish; bir ishni ikki kishiga buyurmaslik kabi hayotiy tavsiyalarni keltiradiki, inson o‘z hayotida har bir daqiqada bunday hatti harakatlarga duch keladi

10-MAVZU: XIV ASRNING IKKINCHI YARMI VA XVI ASRDA MOVAROUNNAHRDA TARBIYA VA MAKTAB.
Ijtimoiy hayotning ta’lim -tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivojiga ta’siri. Movarounnahr mo‘g‘ul urug‘lari va qabilalarining ijtimoiy hayotida yuz bergan katta o‘zgarish, ularning mahalliy ijtimoiy tuzumini qabul qilishlari, xo‘jalik va madaniy hayotdagi o‘zgarishlar mo‘g‘ullarning etnik xususiyatlarini ham o‘zgartirib yuboradi. Mamlakat aholisining ijtimoiy hayotida sodir bo‘lgan jiddiy o‘zgarishlar, shubhasiz uning iqtisodiy jihatdan jonlanishiga turtki ham bo‘ldi.
XIII asrning ikkinchi yarmi va XIV asr boshlarida shahar va qishloqlarda xo‘jalik hayotining jonlanishi bilan shubhasiz mo‘g‘ullar istilosi va bosqini davrida kuchli zarbaga uchrab inqirozga yuz tutgan fan, adabiyot, ma’rifat va madaniyatning ayrim tarmoqlari ham tiklana boshlaydi.
Garchi yozma manbalarda bizgacha aniq ma’lumotlar etarli darajada etib kelmagan bo‘lsa-da, har qalay bu davrda ilm va ma’rifat ham ayrim yirik hunarmandchilik va savdo-sotiq markazlarida jonlanadi. Buxoroda bino qilingan «Mas’udiya» va «Xoniya» kabi madrasalarning har birida mingtagacha tolibi ilm ahli tahsil ko‘radi.

Download 2,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish