9-MAVZU: IX ASRDAN XIV ASRNING BIRINCHI YARMIDA MOVAROUNNAHR VA XUROSONDA MADANIYAT, MAKTAB VA PEDAGOGIK MEROS
REJA:
1. Sharq Uygonish davrida pedagogik fikrlarning rivojlanishi. Sharq uygonish davri va unda talim -tarbiya masalalari haqida tushuncha hosil qilish. (Xorazmiy, Forobiy, Fargoniy, Beruniy, Ibn Sino, Javhariy, Mavriziy, Jurjoniy va hokazo).
2. Mahmud Qoshgariyning Devonu lugoti-turk asarida talim -tarbiya masalalari. Yusuf Xos Xojibning Qutadgu bilik, Kaykovusning Qobusnoma asari pandnoma asar sifatida. Ahmad Yugnakiyning Hibat ul-haqoyiq asarida didaktik qarashlar.
3. XII asr oxiri XIV asrning birinchi yarmigacha Movarounnahr va Xurosonda maktab va pedagogik meros.
Sharq Uygonish davri va unda talim -tarbiya masalalari haqida tushuncha hosil qilish. Malumki, Sharqda, aynan Orta Osiyo zaminida yuz bergan Uygonish jarayoni xususan dunyoviy fanlar rivojida alogida yuksalish bosqichi boldi. Bu borada ilm-fan va madaniyat taraqqiyotida turli tarixiy davrlarda faoliyat korsatgan «Ilm uylari» - Bagdoddagi (819-833) «Bayt ul-hikmat» (Bagdod akademiyasi), Хorazm poytaxti Urganchdagi «Ma’mun akademiyasi», shuningdek «Ulug‘bek akademiyasi» va boshqa ko‘plab yuksak ilm dargohlarining o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Uyg‘onish davri o‘z yuksak aql-zakovati, salohiyati, izlanishlari bilan fanning ko‘plab sohalarida muhim kashfiyotlar oilgan qanchalab buyuk daholarni yetishtirib berdi. Ular jahon fanining tibbiyot, falakiyot, matematika, jugrofiya, tarix, geologiya, geodeziya, minerologiya, farmakologiya va boshqa yonalishlarining tamal toshini yaratdilar. Bu muqaddas zamindan yetishib chiqqan Muhammad Muso al-Хorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Abu Bakr Muhammad Narshaxiy, Abu Abdullo Хorazmiy, Mahmud az-Zamahshariy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Nizomulmulk, Kaffol ash-Shoshiy, Mirzo Ulug‘bek, Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid Koshiy, Ali Qushchi va boshqa buyuk siymolar nomini haqli ravishda ehtirom bilan tilga olamiz. Milliy mustaqilligimiz sharofati tufayli ularning boy ilmiy merosi sarchashmalaridan taginda mol-kol baxramand bola boshladik. «Istiqlol sharofati bilan, - degan edi Islom Karimov, - manaviyat buloqlarining kozi ochildi, biz bu buloqning zilol suvlaridan bahramand bola boshladik. Shoro davrida unutilgan qadriyatlarimiz, nomi qoralangan bobokalonlarimizning durdona sozlarini biz obi kavsardek kozimizga surtmoqdamiz. Oylaymanki, biz nimaga erishgan bolsak, ana shu savobli ishlarimiz uchun Allohning bizga inom etgan marhamatidandir».
Allomalarimizning qomusiy bilimdonliklari shundaki, ularning har biri bir emas, balki koplab ilm-fan yonalishlarida ulkan kashfiyotlar oildilar. Bu jihatdan Muhammad Muso al-Хorazmiy (783-850), Ahmad al-Far¨oniy (797-865), Abu Nasr Forobiy (873-950)larning fandagi jasoratlari ibratlidir. Agar al-Хorazmiy matematikaga oid «Hisob aljabr va al-Muqobala», «Hind hisobi haqida kitob», «Astronomik jadvallar», «quyosh soatlari haqida risola» asarlari bilan matematika (algoritm) va astronomiya fanlarining tamal toshini qoygan bolsa, uning «Kitob surat al-arz» asari arab geografiyasi fanining tom manoda yaratilishiga negiz bolib xizmat qildi. Olimning «Kitob at-tarix»i esa Movarounnahr, Хuroson va Kichik Osiyo xalqlari tarixining VIII-IХ asrlari davrini o‘rganish uchun muhim manba hisoblanadi.
Ma’lumki arablar Iroq, Misr va Suriyani istilo qilgunga qadar yunon alifbosiga asoslangan raqamlardan foydalanganlar. VII asrdan boshlab esa arab alifbosi harflari bilan ifodalanuvchi raqamlar qo‘llanilgan edi. Al-Хorazmiy Hindistonda kashf qilingan o‘n raqamidan iborat sanoq tizimini o‘rgandi, soddalashtirdi va birinchi marta arab tilida bayon qildi. Al-Хorazmiy «Arifmetika» si bilan birga hind raqamlari ham arab dunyosiga kirib keladi. XII asrda Yevropaning boshqa mamlakatlariga tarqaladi. Arab raqami hanuz jahonda shunday deb yuritiladi. Uni jahonga tanitgan Al-Хorazmiy ekani Abu Rayxon Beruniyning «Hindiston» asarida ham aytib o‘tilgan. U o‘z davridagi Bagdod ilmiy Akademiyasi faoliyatiga rahbarlik qilgan, bu esa uning nufuzining kotarilishiga katgatasirkorsatgan. Astronomiya, geografiya va boshqa fan sohalarida muhim kashfiyotlar oilgan Ahmad al-Fargoniy nomi ham mangulikka daxldordir. Chunonchi, olimning «Astronomiya asoslari haqida kitob», «Al-Fargoniy jadvallari», «Yetti iqlimni hisoblash haqida» singari asarlari allomaga astronomiya ilmida jahoniy shuhrat keltirdi. U Yer sharining ilk bor xaritasini tuzgan birinchi buyuk geograf olim hamdir. U nafaqat Sharq dunyosida shuhrat qozonib qolmay, balki Garb olimlari etirofiga ham sazovor bolgan. Shu bois u Yevropada «Alfraganus» nomi bilan mashhurdir. Bejiz yurtboshimiz Al-Fargoniyni «...kishilik tarixidagi ilk Uygonish davrining eng zabardast va yorqin namoyandalaridan biri, oz zamonasi fundamental fan asoschilaridan edi. Uning merosi insoniyatning yangi ilm choqqilariga kotarilishiga sababchi boldi, butun marifiy dunyo olimlari uchun dasturulamal bolib xizmat qildi», deb tarif etgan edi.
Тabiiy va ijtimoiy fanlar rivojiga birdek katta hissa qo‘shgan, geologiya, minerologiya, geodeziya, geografiya, farmakologiya fanlarining tamal toshini qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan Abu Rayhon Beruniy (973-1048) ham ilm-urfon osmonining porloq yulduzlari sirasiga kiradi. Uning qalamiga mansub «Masud qonuni», «Saydona», «Minerologiya», «Astronomiya kaliti», «quyosh kitobi» singari asarlari necha asrlar davomida turli yonalishlarda faoliyat yurituvchi dunyo olimlari uchun bitmas-tuganmas ilmiy xazina rolini otab keladi. Olimning chuqur ilmiy yirik fundamental asari - «Hindiston» togrisida soz yuritgan akad. V.R.Rozen «Sharq va Garbning qadimgi va orta asrdagi butun ilmiy adabiyoti orasida bunga teng keladigan asar yoq»,5 deb baho beradi.
Beruniy zamondoshi, koxna Buxoro zaminidan yetishib chiqqan Abu Ali ibn Sino (980-1037) nomi tibbiyot ilmi bilan hamohang, tibbiyotni haqiqiy fan sifatida shakllanib oz maqomiga ega bolishiga asos solgan buyuk olimdir. Zotan, uning 5 jildli «Kitob al-qonun fit- tib» («Тib qonunlari») asari aynan tibbiyotga oid benazir dasturulamal kashfiyotdir. Bu asarlar majmuini ko‘zdan kechirar ekanmiz, allomaning yuksak tabiblik salohiyatiga, kasalliklarni aniqlash, ularni davolash borasidagi yuksak mahoratiga tan beramiz. Jumladan, «Al-qonun» ning ikkinchi kitobida 800ga yakin dori-darmonlarning xususiyatlari, ularni tayyorlash va istemol qilish usullari buning isboti bola oladi. Olimning falsafa va tabiiy fanlarga doir 4 qismdan «Kitob ash-shifo», Donishnoma asarlari ham mavjuddir. Ibn Sinoning tibbiyotdan tashqari koplab tabiiy va ijtimoiy fanlar bilan faol shugullanganligi, muhim yutuqlarga erishganligi ham ibrat bolarlidir.
Orta Osiyo zamini juda qadim zamonlardan ijtimoiy-gumanitar fanlar rivoj topgan makon hisoblanadi. Ayniqsa tarix, falsafa, mantiq, fiqh (huquqshunoslik) fanlari bunda muhim orin tutadi. Bu xususda gap borganda falsafa fanida nom qozongan, Sharqda «Muallimi Soniy» («Ikkinchi muallim», Arastudan keyin) nomi bilan mashhur bolgan Abu Nasr Forobiy (873-950), fiqx-huquqshunoslik sohasida benazir allomalar: Nizomulmulk (1017-1092), Mahmud az-Zamahshariy (1075-1144), tarixnavis Muhammad Narshaxiy (899-959) xizmatlarini takidlamoq lozim boladi. Bunda Forobiyning falsafada oz ilmiy maktabini yaratib, yunon falsafasi mohiyatini ochib, tushuntirib, shu bilan birga ozining sharqona falsafiy talim otini koplab asarlarida, aytaylik, «Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi», «Fozil odamlar shahri» va boshqalarda asoslab bergan bolsa, Nizomulmulk «Siyosatnoma»sida hukmdorlarning davlatni boshqarish, uni idora qilishga oid koplab qimmatbaho yol-yoriqlar, dasturulamal korsatmalar katta mahorat bilan qayd etilgan. Hatto Amir Тemurdek buyuk davlat arbobi ham bu kitobga necha bor murojaat etganligi ma’lumdir.
Umuman IX-XII asrlarda yuz bergan Uyg‘onish davrida Sharqda, xususan o‘rta Osiyodan o‘z yurtlari shonu sharafini yuksaklarga ko‘tarib, betakror ilmiy kashfiyotlar, chinakam mojizalar yaratgan mashhur istedod sohiblari yetishib chiqdiki, ular jahon madaniyati xazinasiga munosib hissa qoshdilar hamda keyingi avlodlarga bitmas-tuganmas noyob boy meros qoldirdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |