Vuqufi zamoniy - solik oz yolida har vaqt, har bir nafasda Allohga shukronalik va uzr aytmoqlikdan voqif bolish kerak.
Vuqufi-adadiy - bu talab ilohiy ilm martabasining boshlanishi sanalib, Lo iloha illolloh kalimasini takrorlashdan maqsad uni kop aytish emas, balki haqiqatni anglash va zikr toq sonni tashkil etishiga etibor berish.
Vuqufi-qalbiy - aytilgan zikrdan qalbning toliq ogoh bolishi.
Xoja Abdulxoliq Gijduvoniyning talim -tarbiyaga oid ogitlari hozirgi davrda ham oz qimatini yoqotmagan. Ulardan bazilarini keltiramiz:
- Ey ogil, senga nasihat qilaman:
Jamoat xizmatida bolgin, hadis, fiqh ilmlarini organ, johil sofiylardan ozingni saqla, hargiz shuhrattalab bolmaginkim, shuhrat ofatdur, mansabni kozlamagil. Noming tillarga kam olinsin, qabulgohinggga nomingni yozma, xonaqoni maskan qilmagil, hukmdorlar va ularning kishilari birla dostu hamsuhbat bolma, oz sozla, kam egil, kop uxlama, halol egil va haromdan saqlan, hamma kishilarga shafqat kozi birla boq, tashqi korinishingga oro bermakim, zohirga oro berish botin (dil, qalb)ning xarobligidandir, kishidan hayr soramagil, kishini xizmatga buyurma va hokazolar.
Bu ogitlar Xoja Abdulxoliq Gijduvoniyning tariqat suluklariga muvofiq keladi.
Xoja Abdulxoliq Gijduvoniy 1220 yilda (bazi manbalarda 1174 yil korsatiladi) vafot etgan.
Bahouddin Naqshband. Muhammad ibn Muhammad Fazl Buxoriy Bahouddin Naqshband hijriy 718 (milodiy 1318) yilda Buxoro shahriga yaqin Koshki hinduvon (qasri Orifon) qishlogida tugiladi. Naqshband uning laqabi bolib, ota kasbi - kimxobboflik bilan shugullanganligi uchun berilgan bolsa kerak.
Muhammadning bobosi sofiylar bilan yaqindan munosabatda bolganligi uchun ham, unda tasavvuf ilmiga qiziqish bolalikdan paydo boladi va shu yolda tarbiyat topadi.
Muhammad ibn Muhammad tariqat sulukiga oid ilk saboqlarni Shayx hoja Muhammad Boboyi Samosiy va Sayyid Amir Kuloldan oladi. Ammo hazrat hoja Bahouddin hoja Abdulholiq Gijduvoniyni oziga ustoz bilib, uning yolini qabul qiladi.
Bahouddin Naqshband haqidagi Maqolotlarda uning Sayyid Kulol bilan bir qatorda, Orif Deggironiy, Kusam Shayx va Xalil otalardan ham tasavvuf talim oti boyicha saboq olganligi qayd qilingan.
Muhammad ibn Muhammad Fazl Buxoriy ikki marta haj qiladi. haj safaridan Buxoroga qaytgach, butun umrini shu erda otkazadi. Amir Kulolning vasiyatiga kora uning xalifasi bolib qoladi. Bahouddin Naqshband hijriy 791 (milodiy 1389) yilda vafot etib, qasri Orifon qishlogida dafn etiladi.
Uning muridlaridan eng mashhurlari hoja Alouddin Attor va hoja Muhammad Porsodir.
Bahouddin Naqshband vaz va pand-nasihatlarni oz ichiga olgan hayotnoma nomli sheriy toplam va tasavvufga oid Dalil al-oshiqin nomli kitob yozgan. Biroq mazkur asarlar bugungi kunga qadar topilgan emas.
Bahouddin Naqshband Naqshbandiya tariqatining asoschisidir.
Bahouddin Naqshband talim oti uning hayotlik chogidayoq Movarounnahrda faqat shahar hunarmandlari orasidagina emas, balki kochmanchi turkiy qabilalar orasida ham keng tarqalgan.
Naqshbandiya tariqati Islom dinidagi sunniylik yonalishi goyalariga asoslangan bolib, uning manaviy silsilasi bir tomondan, Abu Bakr Siddiq (632-634 yillar) hamda ikkinchi tomondan, Ali ibn Abu Tolibga borib taqaladigan 12 tariqatning biri sanaladi. Bu silsila «Silsilat az-zahab» («Oltin silsila») deb nomlanadi. Tariqat manaviy jihatdan Abu Bakr, jismoniy jihatdan esa Ali ibn Abu Tolib orqali paygambar Muhammad Alayhis-salom faoliyati negizida shakllangan.
Naqshbandiya sulukining boshqa suluklardan farqi nimalardan iborat?
Avvalo, Naqshbandiya suluki halol mehnat qilish orqali kun kechirish goyasini targib qiladi. Bahouddin Naqshband tomonidan ilgari surilgan Dil ba yoru, dast ba kor (Dil yorda, qol ish (mehnat)da) shiori fikrimizning yorqin isbotidir. Shuning uchun ham Naqshbandiya sulukiga kirgan kishilar mehnat qilish evaziga hayot kechirar edilar. Tunu kun toat-ibodat bilan shugullanib, oila, jamiyat yumushlarini tark etish emas, balki oilani farovon, mamlakatni obod etish yolida mehnat qilish talab etilar edi. Ushbu talab hadislar mazmunida olga surilgan goyalarga tola mos tushadi. Bahouddin Naqshbandning ozi ham oddiy, pok inson bolib, mehnat qilish evaziga kun kechirgan.
Naqshbandiya tariqatining boshqa suluklardan yana bir farqi shu ediki, boshqa suluklarning tarafdorlari pir oldiga yigilib, Zikri aloniya (jahriya)ni amalga oshiralar, yani, ovoz chiqarib zikr tushsalar, Naqshbandiya tariqatining tarafdorlari Zikri xufiyani amalga oshirganlar, yani, ular tomonidan Ollohga qilinayotgan toat-ibodat ovoz chiqarmasdan bajarilar edi. Zikri aloniyaning mohiyatiga kora Alloh ismi yoki Lo iloha illolloh kalimasi bor ovozda ohang yordamida aytilib, raqsu samo asosida bajarilgan. Ahmad YAssaviy sulukida zikrning mazkur shakli Zikri arra deb yuritilar edi. Mazkur amalni ado etish chogida zikr qilayotganlarning ovozi yogoch kesayotgan vaqtda arradan chiqadigan ovoziga oxshar edi. Maqomati Naqshbandiy asarida keltirilishicha, Jaloliddin Rumiy asos solgan Mavlaviya sulukidagilar ham ana shu odatga amal qilganlar.
Zikri xufiya amalini bajarish vaqtida esa muridlar bir joyga toplanishlari shart emas, har kim oz uyida tinch, osuda, shovqin-suronsiz, raqsu samosiz Allohning ismi va muqaddas sozlarni dilda yod etib, kunduzlari oz ishi bilan mashgul bolaveradi. Zikri xufiya amalini hazrati hoja Bahovuddin Naqshbandiy yuqorida qayd etib otilganidek, Abdulholiq Gijduvoniydan ozlashtirgan. Mutafakkirlar - Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylar ham shu suluk vakillari sanalganlar.
Uchinchi farq shundan iborat ediki, Naqshbandiya sulukining valiylar bemordan ozlariga kasallikni tortib olib, songra kasallikni oz vujudlaridan chiqarib tashlash xislatiga ega bolganlar.
Tortinchi farqi, Naqshbandiya sulukidagi avliyolar boshqa bazi avliyolardek, karomatfurushlikka yol qoymagan. har bir muridning Allohga etishishi hamda vahdat hosil qilishi uchun manaviy va ruhiy poklanish maqsadi yolida uning har qanday bidatga qarshi kurashishi talab etilgan. Avliyolik kuch-quvvatini esa faqat ezgu ishlar: ilm-marifatni rivojlantirish, shuningdek, xalqning manaviy jihatdan poklanishini taminlash yolida har qanday zulm va bidatga qarshi kurashishga sarflagan. Ushbu suluk valiylari shu kabi ezgu amallari bilan xalq orasida bevosita obro qozongan. Buni biz Maqomati hoja Naqshband asarida bayon etilgan voqealar va hazrati hoja Bahovuddin Naqshbandiy tomonidan ifoda etilgan hikoyatlar mazmunidan ham anglash mumkin. Xususan, Bahouddin Naqshband musulmonlikning mohiyatini quyidagicha yoritgan edi: Musulmonlik - bu iloji boricha hukmlarga boysunish, taqvoga rioya qilish, amalni bajarishga intilish va bekorlikdan uzoq bolib, bularning hammasi nuri safo va rahmat hamda valoyat darajasiga etishish vositasidir. Avliyolarning aziz manzili va maqomlariga mana shu sifat va parvarish orqali etiladi1. Ushbu fikrning mantiqiy davomi sifatida oz tariqatining maqsadini hazrati hoja Bahovuddin Naqshband yana shunday bayon etadi: Bizning tariqamiz jahriya zikri-yu, raqs emas, bizning tariqamiz, anjumanda xilvat (xilvat dar anjuman), vatanda safar (safar dar vatandir. Xilvatda shuhrat bor, shuhrat esa ofatdir. Jamiyatda xayriyat boladi, jamiyat esa suhbatda boladi. Agar bu yol toliblaridan bir guruhi bir-birovlari bilan hamsuhbat bolsalar, bu suhbatda xayru baraka kop boladi. Umid borki, bu ishga doimo amal qilinsa, oxiri haqiqiy iymon bilan yakunlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |