«4» baho qoyiladi, agar: a) oquvchi organilgan mavzuning mohiyatini bilsa; b) oqituvchining savollariga qiynalmasdan javob bera olsa; v) egallangan bilimlarni amaliyotda qollay olsa; g) ogzaki javob berishda jiddiy xatolarga yol qoymasdan, oqituvchining qoshimcha savollari bilan xatolarini togrilay olsa hamda yozma ishda uncha jiddiy bolmagan xatoga yol qoysa qoyiladi.
«3» baho yiladi, agar: a) oquvchi organilgan mavzuni ozlashtirgan, lekin mustaqil tushuntirib berishda oqituvchining aniqlashtiruvchi savollariga ehtiyoj sezsa; b) savollarning mantiqiy tuzuilishini ozgartirib berganda, javob berishga qiynalsa; v) yozma ishda xatolari bor bolsa.
«2» baho qoyiladi, agar: a) oquvchi organilgan mavzu haqida tushunchaga ega, biroq mavzuni ozlashtirmagan, b) yozma ishda qopol xatolarga yol qoysa qoyiladi.
Talim sifati monitoring. Monitoring atamasi ilk maratoba Birlashgan Millatlar tashkilotining 1972-yil iyun oyida Stokgolm konferensiyasini tashkil etish arafasida nazorat atamasiga muqobil sifatida ishlatila boshlangan.
Monitoring inglizcha atama bolib, uzluksiz kuzatish degan manosini anglatadi. Monitoringga ijtimoiy boshqaruv nazariyasida eng muhim, boshqaruv sohasidagi nisbatan mustaqil bolim sifatida qaraladi hamda talim monitoringi doirasida pedagogik faoliyat natijalari yuzaga chiqariladi va baholanadi.
Respublikamizda umumiy orta talim maktablarida oqitish sofati monitoring tizimi samarali yolga qoyilgan.
Umumiy orta talim sifatini nazorat qilishning turlari quyidagilardan iborat: ichki nazorat Ozbekiston Respublikasi Xalq talim i vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida umumiy orta talim muassasasining monitoring guruhi tomonidan amalga oshiriladi; tashqi nazorat talim sohasidagi vakolatli davlat organlari, hududiy xalq talim i boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi; davlat-jamoatchilik nazorati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hududiy xalq talim i boshqaruvi organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar hamkorligida amalga oshiriladi; milliy va xalqaro darajada baholash Hukumatning tegishli qarori hamda xalqaro shartnomalar asosida xalq talim i boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va xalqaro tashkilotlar hamkorligida amalga oshiriladi.
Umumiy orta talim sifatini nazorat qilishning turlari quyidagilardan iborat: ichki nazorat; tashqi nazorat; davlat-jamoatchilik nazorati; milliy va xalqaro darajada baholash.
Oqituvchilar yoki maktab mamuriyati, oquvchilarning ozlari, ota-onalar va jamoatchilik vakillari oquvchilarning bilimlarini oquv maqsadlari asosida tekshiradilar. Mazkur yonalish oziga xos bir qator afzalliklarga ega bolib, baholash bevosita oquvchining sinfda amalga oshirilgan ishlari bilan bogliq, bunda oqituvchi turli uslublardan (masalan ogzaki sorov otkazish, amaliy mashq bajarish, test va h.k.) foydalanib, oquvchi tomonidan bajarilgan ishlarga baho qoyadi. Baholash jarayoni tizimli ravishda oquv choragi va oquv yili davomida olib boriladi. Bunday baholashda oqituvchilar, maktab monitoring guruhi oquvchilarning ozlashtirishi sifati, oquv yutuqlariga asosiy meyor bolgan davlat talim standartlariga taqqoslagan holda individul baho beradilar.
Baholashning ikkinchi turi hududiy xalq talim i boshqaruvi idoralari tomonidan amalga oshiriladigan hududiy oqitish sifati monitoringi hisoblanadi. Bunda oquvchilar tomonidan davlat talim standartlarida belgilangan bilim, konikma va malakalarning ozlashtirish dinamikasini tizimli kuzatiladi, oquvchilar bilimidagi boshliqlar va ularning kelib chiqish omillarini aniqlanadi, boshqa maktablar hamda bartaraf etish chora-tadbirlari rejalashtiriladi.
Shu sababli zamonaviy shaxsga, raqobatbardosh mutaxassisga qoyilgan talablarning ortib borishi eng avvalo talim muassasalari va hududiy xalq talim i boshqaruvi idoralaridagi alohida tuzilmalar tomonidan talim sifati monitoringini tizimli va maqsadli amalga oshirishni talab etadi. Talim muassasalarida monitoring yaxlit tizimning holati va dinamikasini kompleks kuzatish, tahlil qilish, korrektsiyalash hamda prognozlash jarayoni hisoblanadi.
Baholashning keyingi uchinchi turi davlat attestatsiyasi va talim muassasalarining akkreditatsiyasi hisoblanadi. Ular davlat tomonidan yoki uning nomidan vakolatli tashkilotlar tomonidan otkaziladi. Ularda qatnashish huquqiga muayyan talablarga javob beradigan barcha oquvchilar ega. Mazkur baholash muayyan talim bosqichi yoki turi tugaganidan song amalga oshiriladi. Ularning asosiy va ijtimoiy jihatdan muhim vazifalari bitiruvchilar va talim muassasalarining davlat va jamiyatning ijtimoiy buyurtmalarni bajarish holatini tahlil qilish imkonini beradi.
Umummilliy baholash barcha oquvchilarni yoki malum bir guruhdagi oquvchilarni tanlab olish yoli bilan muntazam ravishda oquvchilar oquv yutuqlari darajasini milliy standartlarga nisbatan mosligi baholash hisoblanadi. Mazkur turdagi baholash oquv dasturlari asosida olinib, imtixonlardan farq qiladi. Birinchidan, alohida olingan oquvchilarning bilim va malakasi darajasi emas, balki tizimning ishlash natijalari olchanadi. Ikkinchidan, milliy baholash natijalari muayyan yoshdagi yoki sinfdagi oquvchilarning umumiy ozlashtirish darajasining rentgen surati sifatida foydalaniladi va milliy standartlarning kop muddatda monitoringini olib borishga xizmat qiladi. Tanlash yoli bilan otkazilgan umummilliy baholash qisqa muddatlarda va iqtisodiy jihatdan arzonroq otkazish imkoniyatini beradi. Uning natijalari malum oquv fanlari boyicha oquvchilar oquv yutuqlari togrisida qimmatli malumotlarni berishi mumkin.
Xalqaro baholashni yaqin 15-20 yilda tashkil etish yolga qoyilib, ularda bir necha mamlakatlar oquvchilarining oquv yutuqlari tanlov yoli bilan baholanadi. Bunday keng qamrovli tadqiqotlarning asosiy maqsadi qamrab olingan muayyan yoshdagi (masalan, 13 yoshdagi oquvchilar) yoki sinfdagi oquvchilarning bir yoki bir necha oquv fanlari boyicha oquv yutuqlarini baholash va bir qator mamlakatlar kesimida qiyoslashdan iborat. Misol tariqasida matematika va tabiiy fanlardan otkazib kelinayotgan - TIMSS (Trends in International Mathematics and Science Study Xalqaro matematika va tabiiy fanlarning organishdagi tendensiyalari)ni keltirish mumkin. TIMSS ning birinchi xalqaro tadqiqotida 38 mamlakatning 4-, 8- va umumiy orta talim muassasalarining bitiruvchilari (11- va 12-sinf oquvchilari) qamrab olingan. Oxirgi uchinchi tadqiqotida esa 46 mamlakat oquvchilari qatnashganlar.
Yana bir xalqaro oquvchilar talim iy yutuqlarini xalqaro baholash dasturi PISA (Programm for International Student Assessment) tadqiqoti hisoblanadi. Bu tadqiqot birinchi marta 2000 yilda otkazilib, unda 32 mamlakatning 15 yoshli oquvchilari qatnashgan. PISA da asosiy etibor oquvchilarning oqish, matematika va tabiiy fanlar (fizika, ximiya, biologiya)dan olgan bilimlarini turli hayotiy vaziyatlarda qollay olishlarini baholashga qaratilgan. Uchinchi xalqaro tadqiqot PIRLS da turli mamlakatlar boshlangich maktablari bitiruvchilarining matnni oqish va uni tushunish darajasi baholanadi.
Mazkur tadqiqotlarning maqsadi oquvchilar yutuqlari togrisidagi malumotlarni jamlash va ularni xalqaro miqyosda qiyoslash bolib, uning natijalariga kora talim siyosati masalalari hamda oquvchilar ozlashtirishidagi tafovutlarni yaxshiroq anglab etishga qaratilgan xalqaro muloqot olib boriladi. Xalqaro tadqiqotlar nufuzining oshib borishi bugungi dunyoda globallashuv jarayonlari natijasida mustaqil hayotga kirib kelayotgan oquvchilarga mehnat bozorida qanday bilim va konikmalar kerakligi togrisidagi ijtimoiy buyurtmalarni hamda raqobatbardosh mutaxassislarga qoyilgan talablarni kengayib borayotganligidan darak beradi.
Talim sifati monitoringini olib borishdan kozlangan maqsad oquvchilar tomonidan davlat talim standartlari talablarining bajarish dinamikasini tizimli kuzatish, talim sifatigatasiretgan omillarni aniqlash, talim muassasalari, hududiy xalq talim i boshqaruvi idoralari, metodik xizmat va malaka oshirish tizining faoliyatini baholab, rivojlantirishga oid chora-tadbirlarni belgilash, keyingi holatni bashoratlash natijasida talim sifatini oshirishdan iborat.