O‘quvchilаrning bilim, ko‘nikmа vа mаlаkаlаrini nаzоrаt qilish dаrsining tuzilishi:
а) tаshkiliy qism;
b) o‘rgаnilgаnlаrni umumiy tаrzdа tаkrоrlаsh (yodgа tushirish);
v) nаzоrаt ishini o‘tkаzish;
g) uy vаzifаsi (o‘rgаnilgаnlаrni qaytа tаkrоrlаsh mаqsаdidа).
Lаbоrаtоriya dаrslаrining tuzilishi:
а) tаshkiliy qism;
b) nаzаriy mаtеriаllаrni mustаhkаmlаsh;
v) lаbоrаtоriya ishini o‘tkаzish;
g) o‘quvchilаrni bаhоlаsh;
d) uy vаzifаsi.
Аmаliy dаrslаrning tuzilishi:
а) tаshkiliy qism;
b) nаzаriy mаtеriаllаrni mustаhkаmlаsh;
v) аmаliy ish tоpshiriqlаrini bаjаrish;
g) o‘quvchilаrni bаhоlаsh;
d) uy vаzifаsi.
Darsga qo‘yiladigan talablar. Har bir dars quyidagi uchta asosiy maqsadga erishishga yo‘naltiriladi: o‘qitish, tarbiyalash, rivojlantirish. Ana shularni hisobga olib darsga umumiy talablar didaktik, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi talablarda aniq ifodalanadi.
Didaktik (yoki talim )iy talablarga har bir darsning talim vazifalarini aniq belgilash, darsni axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni hisobga olish bilan mazmunini optimallashtirish, idrok etish eng yangi texnologiyalarini kiritish, turli xildagi shakli, metodlari va korinishlaridan mos ravishda foydalanish, dars tuzilishini shakllantirishga ijodiy yondashish, jamoaviy faoliyat usullari bilan birga oquvchilar mustaqil faoliyatlarini turli shakllaridan birga foydalanish, operativ qayta aloqani taminlash, amaliy nazorat va boshqaruvni amalga oshirish, ilmiy moljal va darsni mahorat bilan otkazishni taminlash kabilar kiradi.
Darsga nisbatan qoyiladigan tarbiyaviy talablar oquv materialining tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlash, darsdagi faoliyat, aniq erishilishi mumkin bolgan tarbiyaviy maqsadlarni shakllantirish va qoyish, faqat oquv ishlari maqsadlari va mazmunidan tabiiy ravishda kelib chiqadigan tarbiyaviy masalalarni belgilash, oquvchilarni umuminsoniy qadriyatlarda tarbiyalash, hayotiy muhim sifatlar (tirishqoqlik, tartiblilik, masuliyatlilik, intizomlilik, mustaqillik, ish bajarishga qobiliyatlilik, etiborlilik, halollik va boshqalar)ni shakllantirish, oquvchilarga diqqat-etiborli munosabatda bolib, pedagogik odob talablariga amal qilish, oquvchilar bilan hamkorlik va ularning muvaffaqiyat qozonishlaridan manfaatdor bolishdan iborat.
Barcha darslarda doim amalga oshirilib boriladigan rivojlantiruvchi talablarga oquvchilarda oquv-organish faoliyati ijobiy sifatlari, qiziqish, ijodiy tashabbuskorlik va faollik shakllantirish hamda rivojlantirish, oquvchilarning idrok etish imkoniyatlari darajasini organish, hisobga olish, rivojlanishning yaqin zonasini loyihalashtirish, ozib ketish darajasidagi oquv mashgulotlarini tashkil etish, rivojlanishidagi yangi ozgarishlarni ragbatlantirish, oquvchilarning intellektual, emotsional, ijtimoiy rivojlanishlaridagi «sakrash»larni oldindan kora bilish, boshlanayotgan ozgarishlarni hisobga olish asosida o‘quv mashg‘ulotlarini operativ qayta qurish kabilar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |