1 – qism. Sifаtni bоshqаrishning tаshkiliy – iqtisоdiy аsоslаri



Download 304,72 Kb.
bet1/6
Sana18.07.2022
Hajmi304,72 Kb.
#824452
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu (1)

1 – QISM. SIFАTNI BОSHQАRISHNING TАSHKILIY – IQTISОDIY АSОSLАRI.





  1. BOB. “SIFATNI BOSHQARISH” FANINING MAZMUNI, VAZIFALARI VA O’RGANISH USULLARI



"Sifatni boshqarish" fanining mazmuni va fanlar tizimidagi o`rni.

Real sektor tarmoqlari korxonalari o‘rtasida keskin raqobat muhitining shakllanganligi, aynan ishlab chiqarish korxonalari oldida turgan asosiy vazifa sifatida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish dolzarbligini belgilab berdi. Mahsulot va xizmatlar sifatini yaxshilash, real sektor tarmoqlari korxonalari oldidagi muhim masalalaridan hisoblanadi.


Mamlakatimiz iqtisodiyotining stabillashuvi va strategik muammolaridan biri bo‘lib, ishlab chiqarish tarmoqlarida mahsulot va xizmatlar sifatini yaxshilashdagi muammolarni tubdan hal etishiga bog‘liqdir. Real sektor korxonalari ishlab chiqarishida sifatni yaxshilash jarayoni mahsulotni ishlab chiqarishdan tortib, to sotish yoki xizmatlar ko‘rsatish, hamda is'temolchiga sifatli tarzda yetkazib berish, sifatli servis xizmatlarini ko‘rsatish orqali faqatgina foyda olish uchungina emas, balki aholining ehtiyojlarini imkon qadar qondirish, shuningdek, jamiyat va uning ravnaqi uchun ham zarur masalalardan biridir.
Xaridor biror-bir mahsulotni xarid qilishda uning aynan o‘zi uchun naf keltirishi bilan birga doimiy foydalikka ega bo‘lishini ham hisobga olgan holda mahsulotni sotish bahosiga qiziqishi tabiiy. Biroq, xaridor mahsulotni sotib olar ekan, uni faqatgina zarur bo‘lgani uchungina emas, balki o‘ziga yoqqani uchun ham sotib oladi va kelishilgan holda haqini to‘laydi.
Xaridor mahsulotlarning tashqi ko‘rinishi, undan foydalanishning qulayligi, xizmat ko‘rsatish muddati, mahsulotning texnikaviy tavsifi, kafolatli xizmat ko‘rsatish shartlari kabilar tovarning bahosini belgilashda muhim omil hisoblanib, xaridor tovarni “o‘zining ma'lum ehtiyojlarni qondiradi”, degan yaxshi bir niyat bilan xarid qiladi. Bozor iqtisodiyotining muhim talablaridan biri ishlab chiqarilgan tovar sotilishining muhim shartlari sifatida xaridorga ishonchli va kafolatlangan sifatli mahsulotli taqdim etishdir.
Dunyoning taraqqiy etgan ko‘pgina mamlakatlari rivojlanishga to‘rtki bo‘layotgan omil asosan raqobatdir. Rivojlangan davlatlar xususan, AQSh, yevropa davlatlari, Yaponiya, Koreya va Xitoy, Rossiya davlatlarida raqobatning kuchliligi evaziga ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘rtasida yuqori natijaga erishilmoqda. Bozor iqtisodiyotining o‘ziga xos qonuniyati aynan, raqobatbardosh tovarlar va xizmatlarni is'temolchiga taklif qilish orqali yuqori foyda olishga intilish hisoblanadi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifkatsiyalash sharoitida real sektorning barcha tarmoqlarida ishlab chiqarilayotgan tovarlar raqbatbardoshligini oshirish asosiy muammodir. Ushbu masalani hal etish bugungi kunda ichki va tashqi bozorda O‘zbekiston tovarlarining mavqyeini yanada oshiradi va milliy iqtisodiyotda paydo bo‘lgan barcha muammolarni ijobiy hal etishga yo‘l ochadi.
Hozirgi paytda aksariyat ko‘p turdagi tovarlarimiz ichki bozorimizda xorijiy tovarlar bilan raqobatlasha olishi qiyin kechmoqda. Erkin iqtisodiyotga asoslangan sharoitda, real sektor tarmoqlaridagi korxonalarning asosiy e'tibori korxona ishlab chiqarishida sifatni boshqarishga qaratilgan bo‘lishi kerakligi, shu orqali ishlab chiqaruvchilar barcha raqobatchilarga qarshi kurasha oladilar va iste'molchilarning har qanday talablariga to‘liq javob bera olish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar. Raqobatning bugungi oltin qoidasiga aylangan “sifat masalasi” muhim vositalardan biri sifatida yuqori sifatli mahsulot va xizmatlarni taklif etish orqali raqobatbar-doshlikni oshiruvchi eng asosiy ko‘rsatkichlar biri hisoblanadi.
Rivojlangan mamlakatlarning tajribasidan ma'lumki, ishlab chiqaruvchi korxonalar muayyan darajada sifatni ta'minlamay, iste'molchilar talablarini qondirmay turib iqtisodiyotda hyech qanday yutuq va yuqori foydaga erisha olmasliklari amalda o‘z isbotini topmoqda. Aytib o‘tish joizki, xalqaro hamjamiyat taraqqiyotida integratsion jarayonlar shuni taqazo etadiki, mahsulot va xizmatlar sifatini boshqarish, real sektor tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan korxonalarning barcha maqsadlariga erishishida va obro‘-e'tibor topishida eng asosiy yo‘nalish bo‘lib qolmoqda.
Mamlakatimiz oliy ta'lim tizimida “Sifatni boshqarish” fanini o‘qitishning joriy qilinishi asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 29 avgustdagi 183-sonli qarori me'yoriy hujjat sifatida to‘rtki bo‘ldi va bunga muvofiq barcha oliy o‘quv va o‘rta maxsus ta'lim muassasalarida o‘quv jarayoniga “Sifat menejmenti” yoki “Real sektorda sifatni boshqarish” fanlarini keng tadbiq etilishi munosabati bilan Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining “O‘zbekiston Respublikasida Xalqaro standartlarga mos ravishda sifat menejmentini joriy qilish” rejasi ishlab chiqildi hamda oliy ta'limning o‘quv rejalariga kiritildi.
Oliy ta'lim tizimiga “Real sektorda sifatni boshqarish” fanining joriy qilinishi, o‘z navbatida: real sektor tarmoqlari korxonalarida sifatni boshqarishning mazmun mohiyati; sifatni boshqarishda xalqaro tajribalar, mahsulotlarni standartlashtirish; mahsulotlarni sertifikatlash; metrologiya xizmatlarini tashkil etish, iste'molchilar huquqlarini himoya qilish va sifatni boshqarishda umumiy o‘lchov tizimini tartibga solish kabi yo‘nalishlarni kengroq yoritish bilan birga korxonalarda sifatni nazorat qilish va boshqaruv masalalariga ham e'tibor qaratilgan.
Ushbu ma'ruza davlat ta'lim standartlari asosida 5A230102-“Iqtisodiyot” mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan magistrlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, “Cifatni boshqarish” fani bo‘yicha uchta asosiy bo‘limdan tashkil topgan:

  • Real sektorda mahsulot sifatini boshqarish fanining mazmuni va mohiyati;

  • Real sektorda mahsulot sifatini boshqarishda xorijiy tajribalar;

  • Real sektorda mahsulot sifatini boshqarishda standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish masalalarini qamrab oladi.

Ushbu fanni chuqur o‘rganish asosida real sektor korxonalarida ishlab chiqarishni to‘g‘ri tashkil etish va sifatli mahsulotlar bilan bozorni egallash, ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish hamda korxona yuqori natijaga erishishini ta'minlash uchun sohaga tegishli umumiy iqtisodiy qonunlarini bilish, sifatni boshqarish tizimiga rahbarlik qilishning ilmiy va amaliy asoslarini chuqur egallashi zarur.
Sifatni boshqarish sohasida ro‘y berayotgan barcha yangiliklardan xabardor bo‘lish, ularning mohiyati va ahamiyatini to‘g‘ri tushunib yetish, sifatni boshqarishdagi muammolarni oqilona hal etish real sektordagi tarmoq va korxonalar, firmalar, yirik ishlab chiqarish majmualari oldida turgan vazifalarni o‘z vaqtida amalga oshirish uchun sifatni boshqarish sohasidagi bilimlarni o‘zlashtirish va uni chuqur egallashni talab etadi.
“Real sektorda sifatni boshqarish” fani bir qator iqtisodiy fanlar bilan chambarchas bog‘langan. Ular jumlasiga “Iqtisodiy nazariya”, “Menejment”, “Marketing”, “Marketing tadqiqotlari”, “Sifat menejmenti” “Real sektor iqtisodiyoti”, “Korxonalarning rivojlanish stretigiyasi” va boshqa bir qator fanlar kira­di.
“Menejment” fanining “Cifatni boshqarish” fani bilan bog‘liqligi shundaki, “Menejment” fani- korxona boshqaruvchisiga tanlovni to‘g‘ri amalga oshirish va ishchan qarorni qabul qilishni o‘rgatuvchi fandir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha bo‘g‘inlarda ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat.
“Cifatni boshqarish” fani esa korxonadagi muhim muammolarini o‘rganishda va ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini ta'minlash asosida ishlab chiqarishda ishtirok etadigan xodimlar, xomashyo resurslari hamda texnika va texnologiyaning samarali ishlashini ta'minlab beradigan yo‘llarini belgilab beradigan fanlar sirasiga kiritish mumkin.
Talabalar tomonidan boshqa umumiy kasbiy fanlarga parallel ravishda o'rganilgan "Sifat menejmenti" kursi kasbiy muammolarning o'ziga xos xususiyatlarini aks ettiradi va quyidagilarni ta'kidlaydi:

  • Texnik, moliyaviy va inson omillarini hisobga olgan holda ishlab chiqarish munosabatlarining bilim asoslari va mahsulot sifatini boshqarish tamoyillari;

  • Turli texnogen tizimlarning sifatini va ishonchliligi parametrlarini maqbul nisbatlarini aniqlashda, ularni loyihalashda, nozik sozlashda, ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashni tashkil qilishda, eksperimental va seriyali ishlab chiqarishni tayyorlash va rivojlantirishda muammolarni hal qilish usullaridan foydalanish bo'yicha amaliy ko'nikmalar;

  • O'zining kelajakdagi kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini, mahsulot sifatini boshqarish va murakkab texnik tizimlarning bozor raqobatbardoshligini ta'minlashning asosiy muammolarini anglash, ushbu muammolar o'rtasidagi munosabatlarni aniq bir korxona va umuman sanoatning boshqaruv rivojlanish darajasi bilan bog'liqligi;

  • Tizimni tashkil qilish va mahsulot sifatini boshqarish sohasidagi faoliyatni tizimli yondashuvga asoslangan holda loyihalashtirish qobiliyati, loyihalashtirilgan murakkab texnogen tizimlarning sifat darajasini tavsiflash va bashorat qilish uchun modellarni qurish va ulardan foydalanish qobiliyati, ularning sifat va miqdoriy tahlillarini o'tkazish;

  • Zamonaviy sifat menejmenti tushunchalarini va resurslardan oqilona foydalanishni hisobga olgan holda boshqaruv qarorlarini asoslash qobiliyati.

"Sifatni boshqarish" kursining maqsadi : talabalar o'rtasida mahsulot (tovar va xizmatlar) sifatini boshqarish metodologiyasi, metodikasi va texnologiyasi, sifatni tahlil qilish va rejalashtirish metodikasi, uning texnik, tashkiliy va axborot ta'minoti, shuningdek, ishlash jarayonida muvofiqlashtirish va boshqarish funktsiyalari bo'yicha nazariy asoslar va dastlabki amaliy ko'nikmalar bo'yicha bilimlar majmuini shakllantirish. sifat tizimi, ISO 9000 xalqaro standartlarining (ISO - Xalqaro standart tashkiloti) sifatni ta'minlash bo'yicha asosiy qoidalarini bilish va uni sertifikatlash.
Shu asosda, qisqacha aytganda, fanni o'rganishning asosiy maqsadi talabalarga nazariy asoslar va sifatni ta'minlashning zamonaviy amaliyoti sohasidagi bilimlar majmuasi asosida ularni yaratish, takomillashtirish va eksperimental va seriyali ishlab chiqarish bosqichida murakkab texnogen tizimlar uchun sifat menejmenti tizimlarini ishlab chiqishga yondashuvlarni o'rgatishdir, ijtimoiy-iqtisodiy tashkilotni umumiy boshqaruvining ajralmas tarkibiy qismi sifatida sifat menejmenti asoslarini biladigan o'rta darajadagi menejerni tayyorlash.

Download 304,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish