2-rasm. Sifat tushunchasini namoyon etuvchi asosiy jihatlari Yuqoridagi rasmda sifat tushunchasini namoyon etuvchi asosiy jihatlari keltirilgan bo‘lib, unga ko‘ra sifatni barcha xususiyatlari quyida ochib berilgan.
Sifatga falsafiy nuqtai nazardan qaraganda sifat aniq mazmun va mohiyatiga ega bo‘lib, boshqalardan farq qiladi. Avvalambor, uning ayrim xususiyatlari va boshqalardan farqi namoyon bo‘lishiga qaramay ular o‘zaro uzviy bog‘liqlikda ekanligidir. Sifat ko‘plab xususiyatlar majmuasidan tarkib topadi, ular cheksiz bo‘lishlari ham mumkin. Bu esa moddiy manb'alarga va turlicha dunyoqarashlarga asos bo‘la oladi.
Sifat tushunchasining ijtimoiy jihatlari muayyan sub'ekt bilan yoki jamiyat bilan bog‘liq bo‘lib, u iste'molchilar va mahsulot (xizmatlar) orasidagi munosabatdir. Bu yerda sifat aniq bir kategoriya ko‘rinishida namoyon bo‘lib xaridorlarning talab va taklif qonuniyatlariga javob bergan holda xaridorlarning ma'naviy dunyoqarashi, ijtimoiy madaniyati va iqtisodiy daromadlariga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Sifat tushunchasining texnik jixatlari o‘rganilayotgan ob'ektning miqdor va sifat o‘zgarishlari bilan bog‘liqdir. Bu yerda fizikaviy, elektrokimyoviy va mexanik o‘zgarishlar bir turdagi vazifani bajaruvchi mahsulot (moddalar) xususiyati xaqida so‘z yuritiladi.
Sifat tushunchasiga muhandislik nuqtai-nazardan qaraganda o‘rganilayotgan mahsulot sifati va xususiyatlari aniq mahsulot etalonlari bilan taqqoslab o‘rganilishi nazarda tutiladi.
Sifat tushunchasiga iqtisodiy nuqtai nazardan olganda sifat-o‘rganilayotgan manb'ani iste'mol xususiyatlarini va qiymatini namoyon etadi.
Sifat tizimini joriy etish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borgan yetakchi mutaxassis, Amerikalik olim D. Djuranni sifat-“foydalanish (iste'mol) uchun yaroqlik” degan tushunchani fanga kiritgan. Bu tushuncha o‘ziga xos to‘rtta elementdan tashkil topgan:
Mahsulotni iste'molchilarga ma'qulligi, chidamligi va ta'mirlash mumkinligi;
Maishiy xizmat korxonalarining mavjudligi.
Nemis tadqiqotchilari sifatga quydagicha: “Sifat-mahsulot yoki xizmatlardagi barcha xususiyatlarining yig‘indisi bo‘lib, ular o‘z vazifalarini bajara olishlarini kafolatlaydi” deb ta'rif beradilar.
Fan-texnika taraqqiyoti bilan birga barcha taraqqiyotlarning sifat xaqidagi fikrlari turli-tuman bo‘lishiga qaramay, ular doimo bir-birlarini to‘ldirib kelmoqda va hyech qachon qarama-qarshi bo‘lmagan. Bozor raqobatchiligi davrida tovar va xizmatlar turlari qanchalik ko‘payib borar ekan sifat to‘g‘risidagi tasavvurimiz ham o‘zgarib boraveradi.
Sifat o‘zining xaqiqiy mazmunini va mohiyatini "sifat xalqasi" deb nomlangan, tovar va xizmatlarning hayotiy jarayonida to‘la ifodalanadi.
Mahsulot sifatini boshqarish-mahsulot sifati darajasini joriy qilish, ta'minlash va zaruriy darajada ushlab turish maqsadida loyihalash, tayyorlash va foydalanish (yoki iste'mol qilish) paytida amalga oshiriladigan harakatlar majmuasidir.
Sifatning zaruriy darajasini joriy etish tadqiqot qilish va loyihalash bosqichida mamlakat hamda xorijdagi eng ilg‘or ilmiy-texnikaviy yutuqlar tahlili asosida amalga oshiriladi. Mazkur bosqichda sifatni boshqarish muhim ahamiyatga ega, chunki shu yerda bo‘lajak mahsulotning asosiy texnikaviy-iqtisodiy va foydalanish ko‘rsatkichlari hisoblanadi va ularga asos qo‘yiladi. Bu ko‘rsatkichlar iste'molchilarning zamonaviy talablaridan yuqoriroq bo‘lishi kerak, chunki, yangi mahsulot savdo sohasiga chiqquncha uning sifat ko‘rsatkichlari ma'naviy eskirib qolishi mumkin.