1 – qism. Sifаtni bоshqаrishning tаshkiliy – iqtisоdiy аsоslаri


Fanning ob`yekti, predmeti va asosiy vazifalari



Download 304,72 Kb.
bet2/6
Sana18.07.2022
Hajmi304,72 Kb.
#824452
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu (1)

Fanning ob`yekti, predmeti va asosiy vazifalari.

“Real sektorda sifatni boshqarish” fanining predme­ti deganda korxonalarda sifatni boshqarishning ob'ektiv iqtisodiy qonunlari va zaruriy qoidalarning shu sohada namoyon bo‘lish shakllarini, real sektor tarmoqlari korxonlarida mahsulot ishlab chiqarish jarayonida jonli va buyumlashgan mehnatning eng optimal tarzda sifatni to‘g‘ri boshqarish va nazoratni ta'minlash asosida xarajatlarni qisqartirish hamda eng yuqori natijalarga erishishni ta'minlaydigan shart-sharoitlar va omillarni o‘rganish tushuniladi.


Bozor munosabatlari sharoitida respublikamizda faoliyat yuritayotgan korxonalarning oldida turgan asosiy muammolaridan biri sifatli mahsulot ishlab chiqarish va aholining ehtiyojlarini sifatli ta'minlashdan iborat. Bu muammoni yechish korxonaning hozirgi va keyingi rivojlanishini belgilab beradi.
Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida ko‘plab korxonalar sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishga harakat qiladi. Chunki, korxonaning tovar va xizmatlar bozorida raqobat ustunligiga ega bo‘lishlari sifatli tovarlarni iste'molchilarga taklif qilishlariga qarab belgilanadi. Bu jarayonda raqobatbardoshlik quyidagi ikki omilga: ya'ni, mahsulotning qiymat darajasi va sifat darajasiga bog‘liq. Raqobatbardoshlikdagi ikkinchi omil, ya'ni sifat darajasi sekin-asta birinchi o‘ringa chiqadi. Mehnat va ishlab chiqarish resurslarini iqtisod qilish sifatli mahsulot ishlab chiqarish asosida shakllanadi.
Sifat-korxonaning e'tiborli jihati yoki obrusi, daromadni oshiruvchi, korxonaning barqaror o‘sishini ta'minlovchi muhim omil bo‘lib, korxona sifatli mahsulot ishlab chiqarishida xodimlardan samarali foydalanishni yo‘lga quyishida hamda rahbardan tortib to aniq ishni bajaruvchi xodimgacha bog‘liqdir.

1-rasm. Korxonada sifatni ta'minlash uchburchagi
Yuqoridagi rasmdan ko‘rinib turibdiki, korxonada sifatni ta'minlash uchburchagi keltirilgan bo‘lib, unga ko‘ra sifatni ta'minlash jarayoni, korxonada mahsulotni sifatli qilib tayyorlash uchun ish sifati va ishlab chiqarayotgan mahsulot sifatini yaxshilashga uzviy bog‘liq.
Mahsulot sifati-korxona faoliyatining muhim ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Mahsulot sifatini oshirish korxonaning tovar va xizmatlar bozoridagi yuqori ustivorligini ta'minlab berish bilan birga, ilmiy-texnik taraqqi yotning o‘sish sur'atini, korxona samaradorligi o‘sishini, korxona ishlab chiqarishida barcha turdagi resurslardan tejab foydalanishni yuzaga keltiradi.
Fanning asosiy vazifasi - sifatni korxonaning sharoitida muvaffaqiyat omili sifatida tushunish, bozor iqtisodiyoti, sifat menejmenti metodologiyasi va terminologiyasini o'zlashtirish, korxonalarda sifatni ta'minlash bo'yicha Rossiya va xalqaro standartlarning tavsiyalarini bilish, mahsulotlar va sifat menejmenti tizimlarini sertifikatlash tartibi to'g'risida, sifatni ta'minlash tizimlarini loyihalash va mahsulot sifatini boshqarishni tashkil etish bo'yicha professional yondashuvlarni o'rgatishdan iborat.
Fan o‘z ichiga quyidagi vazifalarni oladi:
- real sektor korxonalari ishlab chiqarishida sifatni boshqarish jarayonlarini o‘rganish;
- real sektor korxonalarida ishlab chiqararilayotgan mahsulotlar sifatini baholash va sifatini ta'minlash, sifat nazoratini oshirish borasida ishlarni tashkil etish;
-real sektor korxonalarida sifatli mahsulot ishlab chiqarishni ta'minlashda standartlash va sertifikatlash masalalarini keng joriy etish yo‘llari va usullarini bilish;
- real sektor korxonalarida sifatli mahsulot ishlab chiqarishda metrologik o‘lchamlarni to‘g‘ri amalga oshirish ishlarini tashkil etish;
- real sektor korxonalarida sifatli mahsulot ishlab chiqarish holatlarni tahlil qilish va boshqaruv qarorlarini qabul qilishni o‘rganadi.
Shuningdek, “Real sektorda sifatni boshqarish” fani fundamental fanlardan biri bo‘lib, boshqa iqtisodiy fanlarni chuqur o‘rganishda asos bo‘lib xizmat qiladi.



Download 304,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish