Tushuntirish oquv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma, taqqoslash asosida bayon qilishdir. Bu metod hikoyaga nisbatan birmuncha keng qollaniladi. Undan odatda, nazariy materiallar hamda murakkab masalalarni organishda foydalaniladi. Tushuntirish jarayonida oquv materialining bir qadar qiyin unsurlari kozga tashlanadi va shu asosda materialning mohiyati ochib beriladi. Tushuntirish samarasi kop hollarda oqituvchining korgazmali vositalardan oqilona foydalanishiga bogliq boladi.
Maruza yirik hajmdagi oquv materialini ogzaki bayon qilish metodi sanalib, uning oziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: qatiy mantiqiy ketma-ketlik, uzatilayotgan axborotlarning kopligi, bilimlar bayonining tizimliligi. Maktab maruzasi mazmunini murakab tizimlar, hodisalar, obyektlar, jarayonlar, ularning sababli-oqibatli boglanishlari, qonun va qoidalar tashkil etadi. Shu bois maruza maktab sharoitida yuqori sinflardagina qollaniladi. Chunki u butun dars jarayonini qamrab olishi mumkin. Maruza metodi tushuntirish va suhbatning asta-sekin kengayib borishidan vujudga keladi va bir vaqida oquvchilarni qisqacha yozib olish (konspektlash)ga orgata boradi.
Talim sifati va samaradorligini taminlashda korgazmali metodlar ham alohida ahamiyatga ega.
Tasvir (illyustratsiya) metodi namoyish metodiga chambarchas bogliq bolsada, didaktikada alohida organiladi. Illyustratsiya narsa, hodisalar va jarayonlarni ularning ramziy korinishlari chizma, port, rasm, fotosurat, yassi modellar va boshqalar yordamida korsatishni taqozo etadi.
Namoyish (demonstratsiya) metodi organilayotgan obyekt harakat dinamikasini ochib berishda qol keladi va ayni chogda predmetning tashqi korinishi va ichki tuzilishi haqida tolaqonli malumot berishda keng qollaniladi. Tabiiy obyektlarni namoyish qilishda odatda uning tashqi korinishi (shakli, hajmi, miqdori, rangi, qismlari, ularning ozaro munosabatlari)ga etibor qaratiladi, songra ichki tuzilishi yoki alohida xususiyatlarini organishga otiladi. Korsatish kop holatlarda organilayotgan obyektlarning subyekti yoki chizmasi yordamida kuzatiladi.
Amaliy metod ozlashtirilgan bilimlarni amaliy masalalar echimini topishga yonaltirilgan jarayonda qollashni taqozo etadi. Bunda nazariy bilimlarni amaliyotda qollash konikmasi hosil qilinadi. Amaliy ishlar sinfda yoki tabiiy sharoitlar maktab er maydoni, issiqxona, geografik maydonlarda amalga oshiriladi. Ularni amalga oshirishda sodir etiladigan harakatlar oqituvchi tomonidan nazorat qilinadi va zarur hollarda yoriqnoma yoki maxsus korsatmani oquvchilar etiboriga havola etadi.
Mashq aqliy yoki amaliy (jismoniy) harakatlarni bajarish konikmalarini egallash yolidagi kop marta takrorlanishlar bolib, mashqsiz konikma hamda malakalarni shakllantirish mumkin emas. Mashqlar ogzaki, yozma, gradikaviy (texnik jarayonlar mohiyatini ifodalash), ijtimoiy-foydali, jismoniy va boshqa turlarga bolinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |