Interfaol metodlar va grafik organayzerlar.
O‘rgаnilаyotgаnlаrini o‘zlаshtirishgа dа’vаt qilish mеtоdlаri
|
Yangi mаtеriаlni аnglаsh mеtоdlаri
|
O‘rgаnilgаnlаrini fikrlаshgа imkоn bеruvchi mеtоdlаr
|
Erkin yozish.
Klаstеr.
Аqliy hujum.
B-B-B chizmаsi.
Chаlkаshtirilgаn mаntiqiy zаnjirlаr kеtmа-kеtligi.
Sеmаntik хususiyatlаr tаhlili.
|
Sеmаntik хususiyatlаr tаhlili.
B-B-B chizmаsi.
O‘qitish bo‘yichа qo‘llаnmа.
Bir-birigа o‘rgаtish.
Bir-biridаn so‘rаsh.
Ikki qismli kundаliklаr.
|
Eng аsоsiy tushunchаlаr, tаkrоrlаsh.
T-chizmа.
Kоntsеptuаl jаdvаl.
Vеnn diаgrаmmаsi.
Nilufаr guli.
Bеsh minutlik essе.
O‘n minutlik essе.
|
Ta’lim metodlarining mohiyati va mazmuni
Hikoya – o‘qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va voqealarning yaxlit yoki qismlarga bo‘lib, tasviriy vositalar yordamida obrazli tasvirlash yo‘li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishi. Metodning samarasi kop jihatdan oqituvchining nuqt mahorati, sozlarni oz ornida, ifodali bayon qilishi, shuningdek, oquvchilarning yoshi, rivojlanish darajasini inobatga olgan holda yondashuviga bogliq. Shu bois hikoya mazmuni oquvchilarning mavjud bilimlariga tayanishi, ularni kengaytirishga xizmat qilishi zarur. Hikoyaning axborotlar bilan boyitilishi maqsadga muvofiqdir.
Hikoya qilinayotgan materialni samaralash maxsus reja asosida amalga oshiriladi. Oqituvchi har bir darsda uning maqsadini aniq belgilab oladi, undagi asosiy tushunchalarga alohida urgu berishga etiborni qaratadi.
Suhbat savol va javob shaklidagi dialogik talim metodi bolib, u fanga qadimdan malum, xatto undan oz faoliyatida Suqrot ham mohirona foydalangan. Suhbat talim jarayonida kop funksiyalar (aqliy fikrlash, hozirjavoblik, muloqot madaniyati va boshqa sifatlarni shakllantiradi) bajaradi, ammo asosiysi oquvchida faollikni yuzaga keltiradi. Suhbat oqituvchi fikriga mos harakat qilish, natijada yangi bilimlarni bosqichma-bosqich egallashga imkon beradi.
Suhbat faoliyatni endigina boshlagan oqituvchi uchun murakkab talim metodi hisoblanadi, binobarin, savollarni tayyorlash, ularning ketma-ketligini taminlash kop vaqt talab etadi, uni tashkil etishda esa barcha oquvchilarning diqqatini jalb etish talab qilinadi. Oqituvchi oddiy savollar berishi, oquvchilarga ular yuzasidan batafsil oylash uchun vaqt ajratishi, oquvchilarning javoblarini esa diqqat bilan tinglashi, zarur orinlarda ularni sharhlashi lozim. Shu bois suhbatda bilish deduktiv yoki induktiv yol bilan amalga oshadi. Deduktiv suhbat oquvchilarga oldindan malum bolgan qoidalar, tushunchalar, hodisalar, jarayonlar asosida tashkil etilib, oquvchilar tahlil yordamida xususiy xulosalarga keladilar. Suhbatning induktiv shaklida alohida dalillar, tushunchalarning tahlil asosida umumiy xulosaga kelinadi.
Suhbat koproq oquvchilarni yangi bilimlar bilan tanishtirish, bilimlarni tizimlashtirish va mustahkamlash, nazoratni tashkil etish hamda ozlashtirilgan bilimlarni tashxislashda ijobiy natijalarni beradi. Suhbat turli korinishlarda, yani, kirish, yakuniy, individual va guruhli suhbat tarzida tashkil etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |