1.4. Ravishdosh oboroti
Ravishdosh o’zining fe‘llik xususiyatlariga ko’ra ma‘lum gap bo’laklarini:
to’ldiruvchi yoki holni boshqarib kengayib kela oladi. O’ziga oid so’zlar bilan kengayib kelgan ravishdoshlar ravishdoshli birikma deyiladi.6 Ravishdoshli birikma mazmunan hol guruhiga kirib, ma‘lum mazmunni bo’rttirib ifodalash, alohida ohang bilan talaffuz etilib, boshqa gap bo’laklaridan to’xtam bilan ajralib turgani uchun ular ajratilgan bo’lak sanaladi.
Ravishdosh - bu ikkinchi darajali kesimdir. U ma‘lum bir eganing harakat-holatini ifodalaydi. Ammo bu harakat-holat boshqa asosiy, harakat-holatni turli tomondan izohlaydi, to’ldiradi. Shunga ko’ra ravishdosh asosiy fe‘lga o’xshab, ma‘lum bo’laklarni boshqarib keladi. Shuning uchun ham ravishdoshli birikma ham mazmunan ham grammatik tomondan, ohangiga ko’ra ma‘lum mustaqillikni tashkil etadi. Bu bilan gapda ikki markaz vujudga keladi: bu markazlarning biri tobe, ikkinchisi hokim bo’ladi.
Ravishdoshli birikma tobe markazni tashkil etadi.
Ravishdoshli birikma gapning boshida, o’rtasida, oxirida kelishi mumkin. Har uch holatda ham mazmunni bo’rttirib, ayrib, diqqatni shu mazmunga jalb qilib ifodalaydi.
Masalan, Otaqo’zi peshonasiga do’ndirib qo’ndirgan yangi chust do’pisini sal tebratib borib, domla Shomurodov bilan ko’rishdi.
Bo’ron hamon quturar, yog’och uyni zir titratib, eshik va derazalarni qum bilan savalab, betinim o’kirar, bepoyon sahro ummon qa‘riga batamom g’arq bo’lganga o’xshardi. Gumbazli machitning mehrobiga tirab, besh otarning tig’ini mana shu xumkallanggan to’g’irlab otar edim qarsillatib.
Yuqoridagi misollardan birinchi gapda peshonasiga lo’ndirib. do’ppisini sal tebratib borib ravishdoshli birikmalari gapning boshida kelib, mazmunni bo’rttirish, ajratib ko’rsatish uchun xizmat qilyapti. Ikkinchi gapda uyni titratib, derazalarni qum bilan savalab ravishdoshli birikmalari gapning o’rtasida qo’llanib, gapdagi ikkinchi markaz, ya‘ni tobe markazni tashkil qilyapti. Bu holatda ham mazmun ayrib, bo’rttirilib kelmoqda.
Uchinchi gapda: xumkallangga to’g’irlab, otar edim qarsillatib ravishdoshli birikmalar sanaladi,ular so’z oxirida qo’llanishining boisi, mazmunga jalb qilish , diqqatni tortish vazifalarini olgan.
Ushbu misollar orqali ravishdoshli birikmaning gapning boshida, o’rtasida, oxirida ajratilgan bo’lak sifatida kelishini ko’rdik. O’zbek adabiy tilida ravishdoshli birikma ajratilmasligi ham mumkin. Bunday birikma fe‘lkesim bilan yonma - yon kelib, undan biror to’xtam bilan ajratilmaydi, umumiy ohang bilan talaffuz etiladi. Masalan: Yotoqxonani oldiga taksi kelib to’xtadi.
Ushbu gapdan ko’rinib turibdiki, kelib ravishdoshi yotoqxonani oldiga kelib shaklida ravishdoshli birikmani xosil qiladi va gapda asosiy fe‘l-kesim bilan umumiy holatda, ajratilmay talaffuz qilinyapti. Gapda qay xolatda? So’rog’iga javob bo’ladi, hol vazifasida kelyapti. Yolg’iz ravishdoshlar quyidagi o’rinlarda ajratilmaydi:
Agar ravishdosh ergash gapning kesimi bo’lib kelsa: Oliya institutni bitirib, o’qituvchi bo’lib kelganda, Otaqo’zi maktab direktori bo’lib ishlardi. Shukurov bir lahza o’ylanib turgach, u qaynotasinikiga ketdi.
Misollardan birinchi gapda bitirib ravishdoshi ergash gapning kesimi vazifasida kelyapti, ajratilmagan holatda institutni bitirib ravishdoshli birikmani hosil qilyapti, umumiy ohangda talaffuz etilyapti. Ikkinchi gapdagi turgach ravishdoshi payt ergash gapning kesimi vazifasida kelyapti hamda bir laxza o’ylanib turgach ravishdoshli birikmani tashkil qilyapti.
Ravishdosh fe‘l bilan yonma-yon kelib, hol vazifasida qo’llansa:
Otaqo’zi millioner raislarga xos viqor va dabdaba bilan qo’qqisdan bostirib keldi. (3bet).
Tohira, go’yo «pir etib, qafasdan uchib chiqqan» mo’‘jazgina ko’k qushchadek «lip» etib yengilgina sakrab tushdi.
Yuqoridagi gaplarning birinchisida bostirib ravishdoshi asosiy fe‘l bilan yonma-yon holatda qo’llanyapti, bir to’htam bilan talaffuz qilinyapti, gapda qay holatda? So’rog’iga javob bo’ladi, hol vazifasida keladi, viqor va dabdaba bilan ko’kkisdan bostirib ravishdoshli birikmani tashkil qilyapti.
Misollarning ikkinchisida yengilgina sakrab ravishdoshli birikmani hosil qilgan sakrab ravishdoshi tushdi asosiy fe‘l kesim bilan yonma-yon qo’llanib, qay holatda?
So’rog’iga javob bo’lyapti, gapda hol vazifasida kelyapti.
Ravishdosh qo’shma fe‘lning tarkibiga kirib, kesim vazifasida kelsa: Latofat yana tunov kungiday ichkari uyga qamalib, eshikni qulflab oldi.
Shu-shu, Otaqo’zi ochilib ketib, mana, o’rinli-o’rinsiz ko’p gaplarni gapirib yubordi.
Yuqoridagi misollardan birinchi gapda qulflab ravishdoshi (eshikni qulflab ravishdoshli) eshikni qulflab ravishdoshli birikmani tashkil etadi, ammo gap tarkibida esa qulflab oldi qo’shma fe‘lining tarkibiy qismi bo’lib kelyapti va shuning uchun ham ajratilmaydi. Ikkinchi gapdagi gapirib yubordi qo’shma fe‘lidagi gapirib ravishdoshi gaplarni gapirib ravishdoshli birikmani tashkil etadi va shu gap ichida esa qo’shma fe‘l tarkibida bo’lganligi uchun bir to’xtam bilan aytiladi.
Ko’makchi vazifasida qo’llaniladigan ravishdoshlar, kirish bo’lak vazifasidagi
ko’ra ko’makchisi boshqargan qurilmalar ham ajratilmaydi: O’sha kundan boshlab gazetada Vohid Mirobidovning maqolasi e‘lon qilingan kundan boshlab, Normurod Shomurodovning hayoti olg’ov- dolg’ov bo’lib ketdi.
Misoldagi boshlab ravishdoshi gapda ko’makchi vazifasida qo’llanyapti va shuning uchun ajratilmaydi. Ushbu gapda esa boshlab ravishdoshining takrorlanishi ajratilganlikdan dalolat bermaydi, balki qaysi kundan boshlab ekanligi mazmunni ochib berib, nuqtai nazardan aniqlashtirilgan holatda takror holda qo’llanyapti. Shu bois, bu gapdagi ko’makchi vazifasidagi boshlab ravishdoshini ajratilmasligini e‘tirof etamiz.
Ravishga ko’chgan ravishdoshlar ham ajratilmaydi, bunday ravishdosh shakllariga quyidagi so’zlar kiradi: yaxshilab, butunlay, bora-bora, qo’yarda-qo’ymay, qayta-qayta, qo’sha- qo’sha, qota - qota, o’ta , borib - borib, va boshqalar.
Masalan: Faqat bora- bora uncha - muncha odamni, hatto rayon kattalarini ham mensimay qo’ygandagina, to’g’rirog’i, shu haqidagi shivir-shivirlar qulog’iga chalingadagina bir marta eriga bu gaplarni uchini chiqardi.
Ushbu gapda bora-bora ravishdoshi ravishga ko’chgan ravishdosh hisoblanadi. Gapda xuddi ravish kabi vazifaga ega bo’ladi, qachon? so’rog’iga javob bo’ladi, payt ravishi ifodalaydigan ma‘noni ifodalaganligi uchun ham payt holi vazifasida keladi.
Ravishdoshli birikma idiomatik, frazeologik birikmani tashkil etsa yoki shunday birikma tarkibiga kirsa ham ajratilmaydi. Bu o’rinda xam ravishdoshli birikma mazmunan ravishga yaqinlashadi: Asta gaplashib yahshi maslahatlar berish o’rniga, uning ko’ngliga qo’l solib, nega shunday qilayotganligini so’rab bilish o’rniga, oshini oshab, yoshini yashab bo’lgan ikki qoqboshning gapiga kirib, o’z jigaring ustidan arz qilganlaring insofdanmi axir?!
Ushbu gapdagi ko’ngliga qo’l solib frazeologik birikmada, oshini oshab-yoshini yashab idiomatik birikmada, solib, oshab, yashab ravishdoshlar qo’llangan bo’lib, ular birikmalar tarkibida ajralmas bo’lak sifatida qolgan. Shu bois, gapda birikmalar birgalikda vazifa bajaradi. Ya‘ni ko’ngliga qo’l solib frazeologik birikmasi qay holatda? so’rog’iga javob bo’ladi, gapda hol vazifasida keladi. Oshini oshab, yoshini yashab birikmalari bo’lgan sifatdoshiga ergashib, qanday? so’rog’iga javob bo’ladi hamda gapda aniqlovchi vazifasida keladi. Odatda -b(ib) shakli ravishdoshli birikma ajratilgan bo’lak sifatida ko’proq qo’llaniladi. Ravishdoshning boshqa shakllari ham bu vazifada qo’llanilishi mumkin.
- guncha : O’ziyam to shaharga yetguncha, undan sado chiqmadi.
-gach: Haydar nima qilishini bilmay biroz o’ylanib turgach, choldan habar olishga qaror qildi.
-a/y: Unga Mingbuloqqa bormay, uyda qolgan qaynotasi ham qo’shildi-da yonlariga Haydarni olib, cholni ko’rgani ketishdi.
Yuqoridagi misollar yetkuncha, turgach, bormay: ravishdoshlari ajratilgan bo’lak sifatida kelyapti. Birinchi gapdagi ravishdosh yetkuncha, qachon? so’rog’iga javob bo’ladi. Gapda payt holi vazifasidan keladi. Ikkinchi gapdagi turgach ravishdoshi kesim vazifasida kelyapti. Ushbu gapda bitta ega, ikkita kesim mavjuddir. Uchinchi gapdagi bormay ravishdoshi qay holatda? so’rog’iga javob bo’ladi, gapda hol vazifasida keladi.7
Do'stlaringiz bilan baham: |