2.3. Ravishdoshlarning qo‘shma gapda qo‘llanilishi.
Hozirgi o’zbek tilida ravishdosh qo’shimchalari qo’shma gap, ayniqsa, ergashgan qo’shma gap tarkibida qo’llanib, tobe aloqali sodda gaplarni o’zaro bir-biriga bog’lash uchun xizmat qiladi. Shu jihatdan ravishdoshlarning ergash gapning kesimi vazifasida kelishi yuzasidan tekshirib chiqamiz. Ravishdoshlar, asosan, ravish, sabab, payt, chog’ishtirish ergash gapli qo’shma gaplarning kesimi bo’lib keladi.
a) Ravish ergash gapning kesimi.
Ravish ergash gapning kesimi fe‘lning -i (-b) ravishdosh formasi bilan ifodalanadi:
1 U Obidov bilan Latofatni kuzatib qo’yib, qaytib kirdi, kirarkan hozir Xolmurodov
bilan ko’rishajagini o’ylab, ko’ngli g’ash bo’ldi.
Yuqoridagi misol ravish ergash gapli qo’shma gap hisoblanib, ergash gapning kesimi o’ylab, ravishdoshi bilan ifodalanyapti.
Bosh gapda anglashilgan ish-harakatning qay tarzda yuzaga kelishini ko’rsatib turibdi. Ravish ergash gaplar o’z tarkibida ega va kesim mavjudligi bilan ravishdosh oborotdan farq qiladi:14 Otaqo’zi peshonasiga do’ndirib qo’ndirgan yangi chust do’ppisini to’g’irlab, novcha kelishgan saxt-sumbatini sal tebratib borib, domla Shomurodov bilan ko’rishdi.. Otaqo’zi etigini g’archillatib ayvonga chiqdi, uydan torgina dahlizga o’tib, chap qo’ldagi eshikni ochdi.
Domla Shomurodov o’z o’ylari bilan bo’lib, chamasi, ko’zi ilinib ketgan ekan, bir mahal yana eshik tiqirlab, maktab direktori Azizzoda kirib keldi.
Bu misollarni birinchisi va ikkinchisi sodda gap, uchinchisi esa qo’shma gapdir.
Chunki birinchi va ikkinchi gapdagi peshonasiga do’ndirib, do’ppisini to’g’rilab sahtsumbatini tebratib borib, eshigini g’archillatib, daxlizga o’tib birikmalari ravishdosh oborotlardir. Bu oborotlarni ravish ergash gapga o’xshash kesimi mavjud bo’lsa ham, shu kesimni alohida egasi yo’q. Ravishdosh oborotning kesimi bilan ifodalangan harakatni bajaruvchi shaxs-predmet ham sodda gapning egasidir.
Uchinchi misolda ikkita sodda gap bor:
Birinchisi - Domla Shomurodov bo’lib, ikkinchisi — Azizzoda kirib keldi.
Demak, yuqorida ko’rib o’tgan holatlarimiz orqali ravish ergash gapli qo’shma gapni ravishdosh oborotdan farqlaymiz.
Ravish ergash gaplar bosh gapga ravishdoshni - (-i) b affiksli formasi yoki bo’lishsizlikni ifodalovchi - may formasi bilan birikib keladi:
Avvalgi yili dashtga kanal keldi deguncha, Otaqo’zi 3-4 ming gektar yer o’zlashtirish majburiyatini olib, u yerda butun bir shaharcha quradigan bo’ldi.
Mardikorlikdan bolshevik bo’lib qaytib, qishloqda quloqlarni dodini berganlar, keyin Moskvaga o’qishga ketib... birinchi suv injeneri bo’lib qaytganlar.
Qishloqqa kelganda uni ko’rmay, 1-2 kun uning bog’ida bo’lib tongotar suhbatlar qurmay ketmas edi.
Yuqoridagi misollardan birinchisi -ib ravishdoshi orqali bog’langan ergash gapli ko’shma gap hisoblanib, ikkita sodda gapdan iborat, ya‘ni ikkita ega kesim mavjud: birinchisi
- Otaqo’zi olib, ikkinchisi - shaxarcha quradigan bo’ldi.15
Olib ravishdoshi ergash gapning kesimi vazifasini bajaryapti.
Ikkinchi gapda ergash gaplar uyushib kelyapti: bolshevik bo’lib qaytib, o’qishga ketib - ravish ergash gaplar bo’lib, suv injeneri bo’lib qaytganlar bosh gapiga -ib ravishdoshi qo’shimchasi orqali bog’lanib kelyapti hamda bosh gapning kesimida anglashilgan shu harakatni qay tarzda yuzaga chiqishini ko’rsatib turibdi, bo’lib qaytib, ketib ravishdoshlari ergash gapning kesimi vazifasida kelyapti.
Uchinchi gapdagi suxbatlar qurmay bosh gapi alohida olganda - may ravishdoshining bo’lishsiz formasida kelgan ko’rmay ravishdoshi bilan ham umumiy jihatdan bo’lib ravishdoshi orqali ergash gapga bog’langan.
Ko’rmay, bo’lib ravishdoshlari ergash gapli uyushgan kesimlar sanaladi. b) payt ergash gapning kesimi.
Payt ergash gapning kesimi -(i) b, -gach, -guncha, -may ravishdosh formalari bilan ifodalanadi:
a) kesimi - (-i) b ravishdosh formasi bilan ifodalangan payt ergash gap bosh gapdagi harakatdan oldin yuzaga kelgan voqeani bildiradi. Masalan: Oliya institutni bitirib, o’qituvchi bo’lib kelganida, Otaqo’zi maktab direktori bo’lib ishlardi.
Urushning uchinchi yili dadasidan qora xat kelib, onasi boshqa er qilib ketganidan keyin to’qqiz yashar Akbarjon buvisining qo’lida qolgan, to kampir olamdan o’tib bolalar uyiga tushmaguncha uning tarbiyasida bo’lgandi. (33-bet).
Yuqoridagi gaplarning birinchisida Oliya institutni bitirib ergash gapi ifodalanayotgan harakat o’qituvchi bo’lib kelganida.
Ergash gapiga tobe va ikkalasi Otaqo’zi maktab direktori bo’lib ishlar edi. Bosh gapiga ketma-ket ergashib kelayapti va ergash gapdagi harakat bosh gapdagi shu harakatdak oldin ro’y berganligini ko’rsatib turibdi, bu ma‘noni bitirib ravishdoshi ifodalanyapti va ergash gapning kesimi vazifasida kelayapti.
Ikkinchi gapdagi qoraxat kelib kampir olamdan o’tib ergash gaplari bosh gapdagi ish-harakatdan oldin yuz beryapti. Ushbu gaplarda kelib, o’tib ravishdoshlari ergash gapning kesimi vazifasida kelib, uni bosh gapga bog’lash uchun xizmat qilyapti.
b) payt ergash gapning kesimi - gach ravishdosh formasi bilan ifodalanganda, ergash
gap bosh gapdagi harakatdan oldin yuzaga kelgan voqeani bildiradi:.
1 Shukurov bir lahza o’ylanib turgach, u qaynotasinikiga ketdi. . Mehmonlar chiqib ketgach, Shukurov divanga yaqinroq surilib o’tirdi.
Birinchi gapdagi turgach ravishdoshi ergash gapning kesimi vazifasida kelyapti. Ergash gapning kesimi - gach qo’shimchali ravishdosh orqali ifodalangani uchun ham ergash gapdagi ish-harakat bosh gapdagi ish-harakatdan oldin ro’y berayapti, ya‘ni bu mazmun ergash gapning kesimi orqali ifodalanyapti.
Ikkinchi misolda ketgach ravishdoshi ham bosh gapdagi ish-harakatdan ergash gapdagi ish-harakatdan oldin yuz berganini ko’rsatib turibdi va ergash gapning kesimi vazifasida kelyapti. Shukurovning divanga yaqinroq surilib o’tirishi harakati mehmonlar chiqib ketganidan so’ng ro’y beryapti.
Demak, -gach qo’shimchali ravishdosh ergash gapni bosh gapga bog’lash uchun hizmat qilib, ergash gapning kesimi vazifasida kelar ekan.
Bundan tashqari, -gach shaklidagi ravishdoshni sodda gaplarda kelib, payt holi vazifasida ham kelishini biz yuqorida ko’rib o’tdik.
v) Payt ergash gap bosh gapga - guncha ravishdosh formasi vositasi bilan birikadi. Bunday qo’shma gaplarda ergash gapdagi harakat bosh gapdagi harakatdan keyin yuzaga keladi.16 Ma‘lum bo’lishicha, paxtazorda ko’sak qurti bo’lmaguncha, dotsentning bu yerda yotishidan foyda yo’q.
Men qaytguncha, ular tog’da bo’lib turishsin.
Yuqoridagi misollardan birinchi gapda bo’lmaguncha ravishdoshi payt ergash gapli qo’shma gapda ergash gapning kesimi vazifasida kelyapti. -guncha orqali bosh gapdagi ishharakat ergash gapdagi ish-harakazdan keyin yuzaga chiqishi ifodalanyapti, -gach ravishdoshi shu o’rinda bosh gapni ergash gapga bog’lash uchun ham xizmat qiladi.
g) payt ergash gap bosh gapga - may affiksini olgan ravishdosh orqali birikadi va bosh
gapdagi harakat-voqeadan oldin bajarilishini bildiradi:2
Biroq sal o’tmay odamlardan tinchigan ko’nglini boshqa o’y, boshqa bir olam chulg’ab oldi.
Misoldan ko’rinadiki, o’tmay ravishdoshi ergash gap kesimi vazifasida kelib, ergash gapdagi ish-harakatdan bosh gapdagi ish-harakat oldin ro’y berganligini ko’rsatib turibdi, gaplarni bog’lashga xizmat qilyapti.
Yuqoridagilardan ko’rinadiki, ergash gapni bosh gapga bog’lashda ravishdoshlarni xizmati katta. Ayniqsa, ravish, payt ergash gaplarda qo’llanilishi faoldir. Bundan tashqari, ravishdosh qo’shimchalari sabab, to’siqsiz, o’xshatish ergash gaplarni bosh gapga bog’lash uchun xizmat qiladi. Buni quyida misollar orqali ko’rib chiqamiz. Sabab ergash gapning kesimi vazifasida: Otaqo’zi oldin unga vaziyatni tushuntirishga urinib ko’radi, tushunmagach, qo’lini siltab qo’ya qoladi.
Ko’klamda bir tomchi yog’in bo’lmay, dehqonlar singan, urug’larni ham yig’ib olmagan. Otaqo’zi xaydovchining maoshini tejab ko’p yillar mashinani o’zi haydagan edi.
Yuqoridagi misollarda -gach, -y, -b qo’shimchalari orqali yasalgan ravishdoshlarni sabab ergash gapni kesimi vazifasida kelishini ko’rdik. Birinchi gapda ergash gap o’rtasida qo’llanilib, egasi tushib qolgan.
Qo’lini siltab qo’yishining sababini tushunmagandan keyin mazmuni ergash gapda ifodalanyapti. Tushunmagach ravishdoshi ergash gapning kesimi vazifasida kelyapti.
Ikkinchi gapda bo’lmay ravishdoshi ergash gapni kesimi vazifasida kelyapti. Bosh gapda anglashilgan ish-harakatni sababi ergash gapda aniqlanyapti. Ya‘ni dehqonlar sepgan urug’larining yig’ib olmaganlarining sababi, ergash gapda anglashilganday yog’in yog’maganidir.
Uchinchi gapda - B ravishdosh qo’shimchasi orqali hosil bo’lgan tejab ravishdoshi sabab ergashgapning kesimi bo’lib kelyapti. Bu gapda ham bosh gapdagi ish-harakatning sababi ergash gapda anglashilyapti.
O’xshatish ergash gapning kesimi vazifasida: seni baxti qaro qilguncha, o’la qolganim yaxshi, qizginam ...
XULOSA
Hozirgi paytga kelib, biz o’zbek tilining grammatik qurilishini, uning qonun qoidalarini o’rgatuvchi har-hil hajmdagi turli darslik va qo’llanmalar, yirik lug’atlarga, bu tilning tarixi, uning adabiy orfografik normalari ayrim dialekt va shevalarning o’ziga xos xususiyatlari va boshqa sohalar bo’yicha yozilgan ko’pgina qimmatli asarlarga egamiz. Ammo ishtimoiy xodisa bo’lgan til o’zining tabiati e‘tibori bilan g’oyatda murakkabdir. Tilshunoslik fanining o’rganish ob‘ekti bo’lib, shu murakkab hodisa, ya‘ni til xizmat qilar ekan, u holda bu fan oldiga qo’yilgan vazifalar qanchalik hilma-hil va muhim ekanligini tasavvur qilish qiyin emas.
O’zbek tilining grammatik qurilishini o’rganishda ham atroflicha tekshirilmagan, ilmiy asosda chuqur izohlanishi zarur bo’lgan misollar anchaginadir. Jumladan, fe‘lning funksional formalardan biri ravishdosh tilimizda juda ko’p o’rinlarda qo’llaniladi, shu sabab uni o’rganilishi yuzasidan ilmiy tadqiqotlar yaratilishi juda zarurdir.
Biz ravishdoshni leksik, grammatik xususiyatlarini yoritishda O. Yoqubovning «Diyonat» romanining matniga asoslandik.
Ravishdosh o’zining fe‘llik xususiyatlariga ko’ra ma‘lum gap bo’laklarini:
to’ldiruvchi yoki holni boshqarib, kengayib kela oladi. O’ziga oid so’zlar bilan kengayib kelgan ravishdoshlarni ravishdosh oborot deyiladi. Ravishdosh oborotning mazmun turlarini quyidagi guruhlarini misollar asosida ko’rib chiqdik:
1). Harakat-holat qay tarzda ro’y berishi;
2). Ma‘lum harakat - holat boshqa harakatlarga qiyoslanishi:
3). Harakat - holatning ro’y berish payti;
4). Harakat-holatning ro’y berish sababi;
5). Harakat - holatni- bajarishdan sabab maqsad;
6). Harakat - holatni vujudga keltirish uchun vosita yoki asos;.
Ravishdosh oborot va ravishdosh gapda ko’pincha uyushib keladi. Bu holat asosiy fe‘l - kesimni mazmunini turli tomondan keng izohlash zarur topilgan o’rinlarda yuz beradi. Uyushiq ravishdosh va oborot ravishdosh bog’lovchilarsiz, yolg’iz ohang yordami bilan o’zaro bog’lanishi yoki bu aloqa teng bog’lovchilar yordami bilan bo’lishi mumkinligini misollar yordamida tekshirib chiqdik.
Ma‘lumki, ravishdoshlar sodda gaplarda tuslanmagan holatda qo’llanganda, ko’proq hol vazifasida keladi. Ravishdoshlarni sodda gaplarda ishlatilishini ko’rib chiqishda ravish holi, payt holi, maqsad holi vazifalarida kelishini, ularning grammatik xususiyatlarini o’rgandik.
Hozirgi o’zbek tilida ravishdosh qo’shma gap, ayniqsa, ergashgan qo’shma gap tarkibida qo’llanib, tobe aloqali sodda gaplarni o’zaro bir-biriga bog’lash uchun xizmat qiladi. Shu jihatdan ravishdoshlarni ergash gapni kesimi vazifasida kelishi yuzasidan tekshirib chiqdik. Natijada, ravishdoshlar, asosan, ravish, payt ergash gaplarni kesimi bo’lib kelishini guvohi bo’ldik.
Bundan tashqari, ravishdoshlar sabab, to’siqsiz, o’xshatish ergash gaplarning ham kesimi vazifasida kela oladi. Shu jihatdan olib qaraganda ravishdoshlarni ergashgan qo’shma gap tarkibidagi ishtiroki ancha faoldir.
Sodda gaplardan ravishdoshlardan keyin vergulni ishlatilishi yuzasidan ham ikki xil hodisani ko’rish mumkin:
Ravishdoshlar bilan bog’lanib kelgan fe‘l o’rtasida boshqa gap bo’lagi ishtirok etsa, unda ravishdoshdan keyin vergul qo’yiladi.
-b / -ib qo’shimchasi bilan hosil bo’lgan ravishdosh bildirgan harakat boshqa fe‘l bildirgan harakatni biror jihatdan harakterlaydigan harakat bo’ladi.
Demak, ravishdosh bilan u bog’lanib kelgan fe‘l bir butun birikmani tashkil etgan. Shunga ko’ra, ravishdoshdan so’ng (agar uyushiq holat bo’lmasa) vergul yoki biror ajratuvchi bo’lak qo’yish to’g’ri bo’lmaydi.
Bundan tashqari, ravipdoshlar ketma-ket qo’llangan holatda birinchi ravishdosh keyingi ravishdosh bildirgan harakat belgisini, ikkala ravishdosh birlikda esa boshqa shakldagi fe‘lga oid harakatning belgisini bildiradi. Shu bois ketma-ket kelgan ravishdoshlar o’rtasiga vergul qo’yilmaydi. Bu holatlarni o’rganishimizda bizdan ravishdoshlarni mazmun xususiyatlarini mukammal bilish talab etiladi.
Ushbu ishimizda ham ravishdoshlarni mazmun tomonini ko’proq misollar orqali kontekst doirasida o’rgandik. Demakki, ravishdoshlarni matnda ma‘noviy xususiyatlari, o’ziga xos grammatik belgilari yaqqol namoyon bo’ladi.
Xulosa qilib aytganda, ravishdoshlarni qo’llanilishi har-hil, mazmuniy ko’lami turlicha va bu narsa ravishdosh to’g’risida ilmiy tadqiqotlar yaratilishiga asos bo’la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |