I BOB. FE’LNING FUNKSIONAL SHAKLLARI
1.1. Fe’lning vazifadosh shakllarining semantikasi
Ravishdoshlarning vazifalari haqida so’z ketganda, uni ko’proq kesim yoki hol vazifasida kelishini kuzatamiz. Shu bilan birga uning matnda ahamiyati, bajaruvchi vazifasi, anglatgan ma‘nosi yaqqolroq namoyon bo’ladi. Biz ushbu ishimizda «Diyonat» romanida ravishdoshlarning qo’llanilish xususiyatlari, mazmun turlari bilan tanishib chiqamizki, bu o’rinda sodda gap va qo’shma gap o’rtasidagi ba‘zi bahsli munozaralarga fikrimizni bildiramiz.
Avvalo, ravishdosh to’g’risida so’z yuritishdan oldin, fe‘lning boshqa funksional formalari: sifatdosh, harakat nomi haqida, ular xususida ba‘zi masalalar haqida qisqacha to’xtalib o’tsak. Tuslanish sistemasiga bo’lgan munosabatiga qarab fe‘lar ikki asosiy gruppaga bo’linadi:
tuslanishli fe‘llar.
tuslanishsiz fe‘llar.
Tuslanishli fe‘l, albatta, shaxs-son jihatdan shakllangan bo’ladi. Lekin shaxs-son ko’rsatkichlariga egalikning o’zi tuslanishli fe‘l deyish uchun asosiy belgi bo’la olmaydi. Maylning biror turiga mansub bo’lishlik tuslanishli fe‘lning asosiy belgisidir. Tuslanishli formadagi fe‘l gapda kesim vazifasida keladi. Bunday fe‘llar shaxs ma‘nosiga egaligi tufayli yakka holda ham mustaqil gapni tashkil eta oladi.
Keldi (u keldi). Shu xususiyatiga ko’ra tuslanishli fe‘llar predikativlikka moslashgan fe‘l shakli hisoblanadi. Ayrim fe‘llar mayl, shaxs-son, zamon ma‘nolarini ifodalay olmaydi va shu ma‘nolarni ifodalovchi formalarga ham ega bo’lmaydi. Demak, ular tuslanish sistemasiga ega bo’lmaydi, tuslanishsiz fe‘l hisoblanadi. Bular harakat nomi, sifatdosh va ravishdosh formalardir.
Shu formalar fe‘lning ot, sifat va ravishga xos ma‘no va vazifalarda qo’llanishga moslashgan formalardir. Harakat bildirishi jihatidan ular tuslanishli fe‘llaridan farqlanmaydi. Sifatdosh va ravishdoshning ayrim formalari zamon formasining yasalishida xizmat qiladi. Lekin ular shaxs-son bilan tuslanib, biror zamon formasini hosil qilganda tuslanishli formalar qatoriga kiradi.
Fe‘lning funksional formalari bo’lgan harakat nomi, sifatdosh va ravishdosh to’g’risida ilmiy adabiyotlarda har xilliklarini kuzatishimiz mumkin. Ushbu formalarning nomlanishi, qo’shimchalari yuzasidan turlicha qarashlar mavjud.
Fe‘lning gapda ma‘lum gap bo’lagi vazifasini bajarishga moslashgan shakllari vazifadosh shakllari hisoblanadi.
Fe‘llar uch vazifadosh shaklga ega:
sifatdosh.
ravishdosh.
harakat nomi.
Sifatdosh, asosan, quyidagi qo’shimchalar bilan yasaladi:
- gan ( - kan, qan):kelgan, o’qigan.
- digan, - yotgan: keladigan, o’qiyotgan.
- r ( - ar ): oqar ( suv ), uchar ( qush ).
- ajak: borajak ( yer ), bo’lajak ( hosil ).
- gusi - g’usi: kelgusi, bo’lg’usi.
- ( u) vchi: keluvchi, ketuvchi, boshlovchi.
O’zbek tili grammatikasiga oid adabiyotlarda sifatdoshlarning uch zamonga egaligi va zamon formalarining har biri maxsus qo’shimcha orqali yasalishi ko’rsatiladi. Haqiqiy holat esa bundan boshqacharoqdir. Birinchidan, sifatdosh formasining ravishdosh formasidan yasalishi o’zbek tilida uchramaydi.
Ikkinchidan, ishlayotgan, borayotgan fe‘l formasining «-yotgan» qismi bir affiks emas.
Uchinchidan, ishlayotgan, borayotgan fe‘l formasining «-yot» qismi mustaqil fe‘l (so’z) emas, balki affiks hisoblanadi. «-yot» hozirgi zamon fe‘l yasovchi affiks. O’zbek tilida - yotgan, - digan kabi sifatdosh formalari yo’q. Ishlagan, ishlayotgan, ishlaydigan kabi formada yasalgan sifatdoshlarni hammasida ham sifatdosh yasovchi forma -gan affiksi hisoblanadi. Bularda -gan affiksining zamon ma‘nosiga dahli yo’q.1
Hozirgi o’zbek tiliga oid ishlarda sifatdoshning quyidagi affikslar bilan yasaluvchi turlari qayd etilgan: - gan (yozgan, kelgan), - yotgan (yozayotgan, ishlayotgan), - digan, (yozadigan), - (u) vchi (keluvchi, ishlovchi) - (a) r (kelar, ishlar), -gusi // g’usi(kelguvsi, bo’lg’uvsi), - jak (kelajak).
Bulardan - gusi // g’usi affiksi orqali sifatdosh yasalishi ma‘lum sistemani tashkil etmaydi. Hozirgi o’zbek adabiy tilida bu affiks ma‘lum so’z doirasidagina qo’llaniladi: kelgusi, bo’lg’usi.
Shuning uchun - gusi affiks bilan yasaluvchi fe‘l formasi poetik asarlarda uchrab
turadi lekin u dialektal forma hisoblanadi.
Yuqoridagilardan tashqari fe‘lning - r lik - g’ lik, - gulik affikslari yordamida yasaluvchi atributiv formasi ham qo’llanadi: yasatig’lik, yotig’liq ,to’ydirarlik, yetgulik.
Fe‘lning - g’lik , rlik, gulik affikslari juda kam fe‘llar doirasida qo’llanishidan tashqari, inkor va zamon formalariga ham ega emas.
Ana shu xususiyatlarga ko’ra bularni hozirgi o’zbek adabiy tili nuqtai nazaridan to’la ma‘noda sifatdoshlar qatoriga kiritib bo’lmaydi.
Fe‘lning harakat nomi formasi - (i)sh, u(v),-moq affikslari yordamida yasaladi. Bulardan, - moq affiksi yordamida yasaluvchi forma ayrim ilmiy ishlarda va lug’atlarda infinitiv deb ta‘riflanadi. Lekin buni yetarli asosga ega emasligini ayrim mutaxasislar tomonidan to’g’ri aytilgan.
-moq, i (sh), u(v) affikslari yordamida yasaluvchi fe‘l formalari harakatning bajarilishini va shu bajarilishi bilan bog’liq bo’lgan boshqa ma‘nolarni bildirmaydi, balki harakat-holatning nomini bildiradi, u harakat - holatning atamasi hisoblanadi. Shu sababli otlarga xos grammatik ko’rsatkichlarni qabul qila oladi, gapda otlarga xos vazifalarda kela oladi. 1
Harakat nomi bilan mahsus shug’ullangan olim F. Ishoqov bo’ladi. U harakat nomini «harakat va holat nomlari»deb ataydi: harakat nomlarining terminini qo’llash mumkin. Lekin-(i)sh - moq /-(u) v affikslari bilan hosil qiluvchi so’z formalarining xilma- xilli ko’rinishlar umulashtirish uchun bu termin to’liq bo’lib chiqmas. Fe‘l tizimlarining semantik xususiyatlarini hisobga olganda, ularni
«ish- harakat yoki holat nomlari» deb qo’llash ma‘quldir.
Ish, -moq, -uv orqali yasalgan formalarda ham fe‘llik, ham otlik belgilarining umumlashganini ko’ramiz. Masalan, bu formalar o’zlarini yasalishdagi materialiga ko’ra:
1. Fe‘l singari:
ish –harakat, xolat ma‘nosini anglatadi;
daraja ko’rsatkichlariga ega bo’ladi, (kulish, kulishlik, kuldirish) o’timli o’timsizlikni bildiradi (uxlash-o’timsiz, o’xlatish-o’timli), ob‘ektni boshqarish xususiyatiga yega bo’ladi:
v) sifatlar bilan emas balki ravishlar orqali aniqlanadi. (tez uchish, sekin gapirish);
g) bo’lishsizlikni morfologik yo’l bilan aks ettiradi. Lekin bu formadagi bo’lishsizlik-
ma affiksi orqali emas, - maslik bilan anglatadi.
Masalan kelish - kelmaslik.
2 Otlar singari:
ko’plik, egalik qo’shimchalarini qabul qiladi. (keyingi ikki forma ko’plik
ko’rsatkichi bilan kam uchraydi);
kelishik qo’shimchalarini olib turlanadi, ko’makchilar va yordamchilashgan
so’zlar bilan qo’llanib, turlicha ma‘no va grammatik munosabatlarni ifoda qiladi.
v) gapda ot bajaradigan barcha vazifalarda keladi.
Fe‘lning sifatdosh formalari ham yuqoridagicha otlik belgilariga ega bo’lishi mumkin. Ammo sifatdoshlarda predmetlikka nisbatan fe‘llik xususiyatlari ortiqdir. -ish, moq, -uv bilan yasaluvchi formalarda esa fe‘llikka qaraganda otlik belgilari ustun.5
Do'stlaringiz bilan baham: |