Ravoch – Rheum. - Ravoch – Rheum.
- Ko’p yillik, yo’g’on ildizpoyali o’t o’simlik. Yer usti poyasining bo’yi 2 m gacha o’sadi. Barglari ildiz oldiga o’rnashgan, katta, barg bandi uzun va go’shtdor bo’lib, organik kislotalarga, vitaminlarga hamda mineral tuzlarga boy hisoblanadi. Bahorgi barglari ovqatga ishlatiladi va kompot, murabbo tayyorlanadi. Grechixalardan faqat ikki otaligi bilan farq qiladi, shunda guldagi otaliklar atigi 8 ta bo’lib qoladi, shu bilan birga ichki gulqo’rg’on doirasining bir bargi yo’qolib, gulqo’rg’oni 5 a’zoli bo’lib qoladi.
- R. maxima, R. tataricum turlari ko’p uchraydi, bularning ildizlarida 10% gacha tannid moddasi bo’ladi. Ravoch turkumining O’rta Osiyoda 12 turi tarqalgan. O’zbekistonda ravoch turlari dorivor, oshlovchi, bo’yoqbop va sabzavot o’simligi sifatida foydalaniladi. Maksimovich ravochi (Rh. maximovich)ning balandligi 40-100 sm, poyasi dag’al, tubi zangsimon qo’ng’ir, barg qini bilan o’ralgan. Bo’yi 40-85 sm keladigan yirik mevali katta bargli ravoch (Rh. macroarpum) va poyasi tubidan shoxlangan, silliq poyali, balandligi 50-100 sm yuraksimon ravoch (Rh. cardatum) keng tarqalgan.
- Otquloq avlodi – Rumex. Bu avlodning O’rta Osiyo tog’larida 23 turi tarqalgan bo’lib, ularning aksariyat qismi ko’p yillik o’t-o’simlik. Gullari ikki va ayrim jinsli. Bir yoki ikki uyli o'simliklarning turlari tog'lar, zax yerlar va ariq bo'ylarida o'sadi. O'zbekistonda 10 ta turi uchraydi. Otquloq ildizida 18% gacha teri oshlash sanoatida keng qo’llaniladigan oshlovchi tannid moddasi bor. Uning mayda bargli otquloq (R. crispus),t ugunchali otquloq (R. conglomeratus), Suriya otqulog’i (R. syriacus), shovul yoki nordon otquloq (R. acetosa), oddiy otquloq (R. confertis) va boshqa turlari tarqalgan. Shovul otquloq (R. acetosa) ovqatga ishlatiladi.
- Toron avlodi – Polygonum. Polygonum scandens. Toron turkumining 56 turi O’rta Osiyoning cho’l, adir, tog’ va yaylov zonasida keng tarqalgan. Ular bir yillik va ko’p yillik o’t, buta va yarim butacha.
- Polygonum polymorphum. Turkumning asosiy turlari: Oshlovchi toron (R. cariarium). Bo’yi 60-150 sm. Ildizi yo’g’on, undan bir nechta poya chiqadi. Barg pardasi qoramtir, qo’ng’ir, 20-25 mm. To’p guli yirik, kuchli shoxlangan ro’vak, uzunligi 35 sm gacha, iyun, avgust oylarida gullab urug’laydi. Tog’ zonasidagi toshloqli yoki sernam mayin tuproqli yerlarda o’sadi. Toron ildizidan 20 % gacha oshlovchi modda olinadi. Toronning O’zbekistonda kelintil toroni (P. persicaria), qamchigul toroni (P. lapatifolium) singari turlari keng tarqalgan.
- Qush tili, qizil tasma – P. aviculare. Bir yillik o’t-o’simlik, poyasi yarim yotib o’sadi. Bu o’simlik hamma yerda mavjud, mollar va parrandalarga beriladi, meditsinada undan qon to’xtatadigan dori olinadi.
- Suv qalampir – P. hydropiper. Bir yillik o’t o’simlik, ariq yerlari va zax yerlarda o’sadi. Bu o’simlikdan qon to’xtatadigan dori olinadi. Gullari va barglari qalampirning mazasini bergani uchun bu o’simlik suv qalampiri deyiladi
-
- Tomir dori – P.amphibium. Ko’p yillik ildizpoyali o’t o’simlik. Ildizpoyasida 18 %, barglarida 10 % gacha dubil moddasi bo’ladi, meditsinada undan dori olinadi.
- Juzg'un avlodi ( Calligonum) cho'llarda o'suvchi buta yoki daraxt o'simliklardir. Barglarining shakli o'zgarib, ipsimon shaklga kirgan. Qizil qandim ( C. caput Medusae) va to'rsimon juzg'un ( C. canselatum) ko'chma qumlarni mustahkamlash va to'xtatish uchun ekilmoqda. Tomir dori (P.amphibium), suv qalampiri (P.hydropiper), qiziltasma (P.aviculare), toron (P.coriarum) lar tibbiyotda keng qo’llaniladi. Ulardan olingan moddalar turli kasalliklar qatori qon to’xtatishda ishlatiladi. Xitoy yoki tangut ravochi (Rheum palmatum var. tanguticum) ko’p mamlakatlarda madaniy holda o’stirilib, tibbiyotda ich yuritish sifatida sano bargi bilan bir qatorda ishlatiladi.
- Shovullar (Rheum), taram-taram ravoch (R.undulatum), qora dengiz ravochi (R. rhaponticum) sabzavot sifatida ekiladi. Ular qandolatchilikda ham ishlatiladi. Ko’pgina grechixadoshlar serasal o’simliklardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |