Grechixadoshlar, choydoshlar, dalachoydoshlar, qovoqdoshlar, karamdoshlar, gulhayridoshlar oilalari MA’RUZA 15 Rejа 2. Choydoshlar oilasi 3. Dalachoydoshlar oilasi 5. Karamdoshlar oilasi 6. Gulhayridoshlar oilasi Grechixadoshlar oilasi – Polygonaceae - Bu oila 30 avlod, 800 ga yaqin turdan iborat. Bu oila vakillari asosan shimoliy mintaqalarda o’sadi. O’zbekistonda 7 avlod, 150 ga yaqin tur mavjud. Bu oilaga asosan o’t, buta, tropik mintaqalarda daraxt o’simliklar kiradi. Barglari qarama-qarshi joylashgan, ikkita pardasimon yon barglari birikib o’sib, naycha hosil qiladi. Gullari mayda, to’g’ri, ikki jinsli yoki bir jinsli, ko’pincha murakkab tuzilgan ro’vak yoki boshoqsimon to’pgulga yi’g’ilgan. Gullari anemofil yoki entomofil. Nektar saqlovchi qo’sh bezlari tojbarglarning tub qismida joylashgan. Gulqo’rg’oni oddiy kosachasimon yoki tojsimon, oq, yashil, pushti rangli, 3-6 tagacha, ba’zan o’zgarib, urug’i bilan saqlanib qoladi. Changchilari 6-9 tagacha, ikkita bargchadan tuzilgan. Tugunchasi ustki, bir uyali. Mevasi ko’pincha uch qirrali, yong’oqcha, ko’plarida gulqo’rg’oni bilan o’ralgan, bu esa ularning shamol yordamida tarqalishiga moslashgan. Urug’ida unsimon endosperm rivojlangan.
- Grechixadoshlar oilasiga mansub o’simliklarda ko’p miqdorda antotsionlar, pigmentlar, flavonoidlar, antraglikozidlar, oshlovchi moddalar saqlanadi.
- Grechixa avlodi (Fagopyrum).
- Bu avlodning vakillari bir yillik, ko’p yillik, o’simliklardir. Ularning otaligi 8 ta, onaligi 3 meva bargli va 3 tumshuqli, mevasi 3 qirrali yong’oqcha bo’ladi. Gulqo’rg’oni 3 a’zoli, ikki doiradan, androtseyi ham 3 a’zoli, 2 doiradan joy olgan, genitseyi 3 a’zoli senokarp holida bo’lgan trimer gulni asosiy gul tipi deb hisoblansa bo’ladi. Bu oilaning ba’zi vakillarida otaliklarining soni 9 tagacha bo’ladi va bundan ham oshadi.
- Grechixa – F. sagitatum. Bir yillik o’t bo’lib, poyasi shoxlanib o’sadi va bo’yi 70 sm gacha boradi. Bu o’simlik yuraksimon uchburchak yoki yuraksmion nayza barglar chiqaradi. Gullari qalqonsimon to’pgullarda joylashgan. Guli 5 bo’lakli oq yoki pushti rangli oddiy gulqo’rg’ondan iborat. Onaligida 3 ta ustunchasi bor, ularda boshoqsimon tumshuqcha bo’ladi. Mevasi 3 qirrali, silliq yong’oqchadir. Urug’i kraxmalli, doni uchun ekiladi va yaxshi asal beruvchi o’simliklardan hisoblanadi. Urug'i ovqatga ishlatilgani uchun "shimoliy guruch" ham deyiladi.
- Tatar grechixasi – F. tataricum. Begona o’t sifatida uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |