Mavzu: Qurilish tashkilotlarida hisob siyosatining xususiyatlari. Reja: Kirish


Qurilish tashkilotlarini soliqqa tortishning xususiyatlari va ularning hisobi



Download 332,65 Kb.
bet3/7
Sana03.12.2022
Hajmi332,65 Kb.
#877859
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Buxgalteriya kurs ish

2.Qurilish tashkilotlarini soliqqa tortishning xususiyatlari va ularning hisobi
Respublikamizning soliq qonunchiligi hujjatlariga ko‘ra qurilish tashkilotlari tashkiliy-huquqiy maqoniiga ko‘ra umumdavlat soliqlarini yoki ixchamlashtirilgan yagona soliq to‘lovini to‘lovchilari hisoblanadilar. Ixchamlashtirilganyagona soliq rejimida faoliyat ko‘rsalishi uchun, birinchi bobda ta‘kidlanganidek, qurilish tashkilotlari kichik biznes subyektlariga kiritish mezonlari talablariga mos kel ishi lozim. Kichik biznes subyektlariga kiruvchi qurilish tashkilotlari umumdavlat soliqlarini to‘lovchilari sifatida ham faoliyat ko‘rsatish huquqiga egadirlar.
qurilish tashkilotlari to‘laydigan soliqlar bevosita va bilvosita yoki, mos ravishda, to‘g‘ri va egri soliqlarga, respublika budjetiga va mahalliy budjetga to‘lanadigan soliqlarga, olinadigan schotlar, xarajatlar, daromadlami ishlatilishi hanida xodimlar va ta’sischilar bilan hisob-kitoblarni hisobga oluvchi schotlarga olib boriladigan soliqlarga boiinadi. Bevositalar soliqlar yoki to‘g‘ri soliqlar deganda qurilish tashkilotlarining moliyaviy xo'jalik faoliyati ko‘rsatkichlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan soliqlar tushuniladi. Ushbu soliqlar xarajatlarni ko‘paytirish yoki olingan daromadning bir qismini undirish hisobidan pirovard natijada erishiladigan sof foyda summasini kamaytirishga olib keladigan soliqlar hisoblanadi. Davlatimiz soliq siyosati negizida bu soliq turlari yukini doimiy kamaytirib borish, ulaming rag‘batlantirish rolini oshirish yotadi.

Qurilish tashkiloti to‘laydigan soliqlarning tavsifi

 N

Soliqning nomi



 Budjet turi



 Bevosita / bilvositaligi



 T o 'g 'ri/ egri soliqligi



 O lib boriladigan scliotlarining turi



 1

QQS



 Respublika



 Bilvosita



 Egri



 Olinadigan schotlarni hisobga oluvchi schot



 2

Foyda solig'i

Respublika



 Bevosita


 T o ‘g ‘ri



 D arom adning ishlatilisbini hisobga oluvchi schotlari



 3

Mol-mulk solig'i



 Mahalliy



 Bevosita


 T o ‘g ‘ri



 Davr xarajatlarini hisobga oluvchi schotlar



 4

 Yer solig'i



 Mahalliy



 Bevosita


 T o ‘g ‘ri



 Davr xarajatlarini hisobga oluvchi schotlar



 5

 Suv solig'i



Respublika



 Bevosita


 T o ‘g ‘ri



 Davr xarajatiarini hisobga oluvchi schotlar



 6

 Infrastrukturani rivojlantirish solig'i



 Mahalliy



Bevosita



 T o ‘g ‘ri



 Daromadning ishlatili-shini hisobga oluvchi schotlar



 7

 Dividendsolig'i



Respublika



Bevosita



Egri



 Dividend bo'yicha hisobkitoblarni hisobga oluvchi schotlar



 8

Hodim daromadidan soliq

Respublika



 Bevosita



Egri



 Ish haq bo'yicha hisobkitoblami hisobga oluvchi schotlar


Bilvositalar soliqlar yoki egri soliqlar deganda qurilish tashkilotlarining moliyaviy xo'jalik faoliyati ko‘rsatkichlariga bevosita ta’sir ko‘rsatmaydigan soliqlar tushuniladi. Ushbu soliqlar sotilgan mahsulot, tovar, ish va xizmatlar bahosi ustiga Budjet foydasi uchun qo‘yiladigan ustamalardir. Dividend va xodimlar daromadlaridan undiriladigan soliqlaming egri soliqlar guruhiga kirishiga sabab shundaki, ular qurilish tashkilotlari xarajatlarini ko‘paytirish yoki olingan sof foydani kamaytirishga olib kelmaydi. Qurilish tashkilotlari dividend va xodimlar daromadidan soliqlami budjetga o‘tkazib berishda beg‘araz xizmat ko‘rsatuvchilar boiib hisoblanadi. Qurilish tashkilotlarida bevosita va bilvosita soliqlami hisob-kitob qilish, ulami budjetga o‘tkazib berish respublikamiz Soliq kodeksida belgilangan umumiy tartiblarga asosan amalga oshiriladi. Shu bilan birga qurilish ishlarining uzoq muddatlarda olib borilishi, ularni bosh pudratchi va subpudratchilar tomonidan o‘z kuchiari bilan hamda hamkorlikda bajarilishi, daromadning bosqichma-bosqich yoki yoppasiga topshirish usullaridan biri bo‘yicha tan olinishi, shuningdek boshqa jihatlar ayrim soliqlaming hisob-kitob qilinishida o‘ziga xos xususiyatlar borligidan darak beradi. Quyida qurilish tashkilotlarida QQS, daromad (foyda) solig‘i va yagona soliq to‘lovini hisob-kitob qilish hamda ulami hisobga olishdagi xususiyatlarga to‘xtalamiz.


QQS hisob-kitobi va hisobi. Uzoq davom etadigan ishlab chiqarish sikliga ega bo‘lgan qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash kabi ishlami bajaruvchi pudratchi tashkilotlarda QQS bo‘yicha soliq solishobyekti boiib bajarilgan va buyurtmachilar tomonidan tasdiqlangan hisob-kitob hujjatlariga kiritilgan ishlaming shartnomaviy narxlardagi qiymati hisoblanadi. Qurilish ishlari pudratchi yoki subpudratchi tashkilotlar tomonidan pudratchi (subpudratchi) va buyurtmachilar taqdim etgan materiallar asosida bajarilganda, ushbu materiallaming qiymati kiritilgan holda bajarilgan hamda tasdiqlangan ishlaming qiymati soliq solish obyekti hisoblanadi. Bunda qurilish ishlariga sarflangan moddiy resurslar bo‘yicha toMangan QQSning summasi ishni bajargan pudratchi taslikilotlarda budjet oldidagi toiovlami kamaytirishga olib boriladi. Pudratchi tashkilotlar subpudratchi tashkilotlarga moddiy-texnika resurslarini (qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun zarur materiallar, konstruksiyalar, buyumlar, namunaviy asbob-uskunalar, apparaturalar, standartlashtirilmagan texnologik va energetik asbob-uskunalar, shu jumladan maxsus materiallami) bir obyekt qurilishi doirasida sotganida, ularga QQSni kiritmasdan, qo‘llanadigan narx vatariflardan kelib chiqqan holda sotiladigan moddiy-texnika resurslarining qiymati soliq solinadigan aylanma hisoblanadi. Markazlashtirilgan manbalar (budjet pul mablagiari, davlat budjeti tarkibida konsolidatsiyalanadigan davlat maqsadli jam g‘armalari mablagiari (budjetdan tashqari Pensiya jam g‘armasidan tashqari), hukumat qarorlari bilan belgilanadigan boshqa manbalar) hisobidan moliyalanadigan obyektlami “ipidan ignasigacha” qurish chog‘ida tugallanmagan ishlab chiqarish bo‘yicha xarajatlar obyekt foydalanishga topshirilishiga qadar pudratchining balansida qayd etiladi va pudratchida QQS bo‘yicha soliq solinadigan aylanmaga kiritilmaydi. Tugallanmagan qurilish bo‘yicha xarajatlar pudratchida obyektni loyihada nazarda tutilgan ishlaming barcha hajmini bajarish, shu jumladan maxsus va ishga tushirish-sozlash ishlari, obyektni texnologik va muhandislik uskunalari bilan butlash bo‘yicha foydalanishga topshirish dalolatnomasiga ko‘ra QQS bo‘yicha soliq solinadigan aylanmaga kiritilishi kerak. Bunda, pudratchida tugallanmagan qurilish xarajatlari bo‘yicha kamaytirishga olib boriladigan QQSning summasi boiib, ushbu xarajatlami soliq solinadigan aylanmaga kiritilishi chog‘ida schot-fakturalar bo‘yicha olingan soliq summasi hisoblanadi.
Hisobot davri tugagandan keyingi oyning 15 sanasigacha pudratchi tashkilotlar davlat soliq organlariga QQS hisob-kitobini belgilangan shaklda taqdim etishlari lozim. U shbu hisob-kitob asosida 4410 «Budj etga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak toiovlari» schotining debetida to‘plangan summa kamaytirishga olib boriladi hamda unga quyidagi buxgalteriyayozuvi qilinadi:
Debet 6410 «Budjetga toiovlar bo‘yicha qarz»;
Kredit 4410 «Budjetga soliqlar va yigim lar bo‘yicha bo‘nak toiovlari».
Oldingi hisobot davri uchun kamaytirishga olib borilgan QQS summasining hisobot davri uchun kamaytirishga olib borilgan soliq summasidan ortiq boigan summasi vujudgakelgan hollardako‘rsatilgan ortiqcha summa hisobot davridan keyingi davrda kamaytirishga olib boriladi. Kamaytirishga olib boriladigan QQS summasi hisoblangan QQS summasidan ortiq boiganida, unda bunday ortiqcha summa (manfiy saldo) qurilish tashkilotigauning soliqlar va yigimlar bo‘yichaqarzi boimagan taqdirda qonunda belgilangan tartibda qaytariladi. Bunda ushbu ortiqcha summa qurilish tashkilotining shaxsiy schotida ortiqcha to iov sifatida emas, balki manfiy saldo sifatida hisobga olinadi. Ortiqcha toiangan QQS summasining qurilish tashkilotiga qaytarilishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 5110 «Hisob-kitob schoti»;
Kredit 4410 «Budjetga soliqlar va yigim lar bo‘yicha bo‘nak toiovlari».

Download 332,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish