Mavzu: Qurilish tashkilotlarida hisob siyosatining xususiyatlari. Reja: Kirish


Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining tashkil qilinishi



Download 332,65 Kb.
bet2/7
Sana03.12.2022
Hajmi332,65 Kb.
#877859
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Buxgalteriya kurs ish

1.Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining tashkil qilinishi
Buxgalteriya hisobi - ichki boshqarish va tashqi iste’molchilarning maqsadlari uchun joriy va yakuniy axborotni olish bilan korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalarning xo‘jalik faoliyati ustidan uzluksiz va o‘zaro bog'liq bo‘lgan kuzatish va nazorat qilish tizimidan iborat. Buxgalteriya hisobi yordamida xo'jalikda mavjud bo'lgan har xil turdagi moddiy qiymatliklar va pul mablag‘larining miqdori, boshqa korxona hamda tashkilotlar bilan hisob-kitoblarning holati, undagi boshqa resurslaming umumiy hajmi haqida ma’lumotlar olinadi; tayyorlangan materiallar, ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot hajmi hamda tannarxi aniqlanadi; xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalari — foyda yoki zarar hisoblab chiqiladi; korxonaning rentabelligi hamda korxona va uning tarkibiy qismlarining boshqa qator ko‘rsatkichlari hisoblab aniqlanadi. Buxgalteriya hisobida ham operativ va statistik hisobdagi kabi barcha o‘lchovlar — natura, mehnat va pul o'lchovlari qo'llaniladi. Lekin unda pul o‘lchoviga alohida ahamiyat beriladi, chunki u buxgalteriya hisobining umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarini olish imkonini beradi. Shuning uchun pul o‘lchovida buxgalteriya hisobining barcha obyektlari, garchi ular natura va mehnat o‘lchovlarida aks ettirilgan bo'lsa ham, albatta, pul o‘lchovida ifodalanadi.
Pul o'lchov birligi yordamida buxgalteriya hisobi, quyidagi umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarni beradi: korxonaning barcha mablag‘lari hajmi, ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlar, davr xarajatlari, ko'zda tutilmagan xarajatlar, mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi, sotishdan olingan yalpi tushum, maijinal foyda va boshqalar. Buxgalteriya hisobining eng muhim xususiyatlaridan biri shundaki, uning hujjatlarida barcha xo‘jalik operatsiyalari yoppasiga qayd qilinadi. Bu barcha xo'jalik jarayonlarining to la tavsifini olish uchun zarurdir. Buxgalteriya hisobining boshqa xususiyatlaridan biri uning hujjatlanishidir. Buxgalteriya hisobi tizimida qayd qilinadigan har bir operatsiya oldin hujjatlashtirilishi kerak. Hujjat buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining yagona manbayi hisoblanadi. Barcha operatsiyalarni qamrab oladigan hujjatlarning mavjudligi buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan moddiy javobgar shaxslar faoliyati ustidan nazorat qilish va boshqarish uchun asoslangan ma’lumotlarni olish imkoniyatini beradi. Buxgalteriya hisobida yakunlangan yig‘ma ko‘rsatkichlami olish uchun yig'ilgan ma’lumotlami ilmiy ishlashning maxsus usullaridan foydalaniladi. Bu usullarning muhim xususiyatlari shundan iboratki, ular alohida ajratib olingan korxona, tashkilot va muassasalaming butun xo‘jalik faoliyatini uzluksiz va o'zaro bog‘langan holda aks ettirilishini ta’minlaydi. Buxgalteriya hisobining ma’lumotlari ayrim korxona, tashkilot va muassasalar hamda ma’lum bir kompaniya tarkibiga kiradigan korxonalar guruhi bo'yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ularning ishini audit qilish uchun audit manbayi sifatida xizmat qiladi. Buxgalteriya hisobining qator ko'rsatkichlari umumlashgan ko'rinishda korxonaning moliyaviy holatini baholashda qo’llaniladi. Umumlashgan ko‘rsatkichlaming bir guruhi faoliyatni baholashda ko‘pincha buxgalteriya hisobining ma’lumotlariga asoslanadigan statistika yordamida olinadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining yagona tizimi o‘zaro bog'liq bo‘lgan ikki qismdan rahbariyat tomonidan ichki foydalanish uchun o‘lchanadigan, ishlanadigan va topshmladigan hisob axborotining barcha turlarini o‘z ichiga oladi. Moliyaviy hisob rahbariyat tomonidan firma ichida qo‘llaniladigan axborotdan tashqari, tashkilotdan tashqaridagilarga xabar qilinadigan axborotdan iborat bo‘ladi. Xo‘jalik hisobining har bir turi — operativ, statistik va buxgalteriya hisobi korxonalarni, hududlar hamda respublika boshqaruv jarayonida ma’lum rol o‘ynaydi. Hisobning o‘zaro chambarchas bog‘langan uchta tun xalq xo'jalik hisobining yagona tizimini tashkil qiladi. Bu tizimning to‘g‘ri tuzilishi va doimiy rivojlantirilishi bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim ahamiyat kasb etadi. Hisobning barcha turlarining vazifalari umuman olganda bir xildir, lekin ular alohida olingan obyektlarga nisbatan hal etiladi. Statistik hisob buxgalteriya hisobining, ayniqsa, yakuniy ma’lumotlaridan keng foydalanadi. Statistik hisob ma’lumotlaridan barcha tarmoqlar va xalq xo‘jaligini boshqarish uchun zaruriy materiallar sifatida foydalaniladi. 0‘z navbatida buxgalteriya hisobi ham ko‘p hollarda statistik hisobning usul va ma’lumotlaridan foydalanadi. Jumladan, ishchilarning ish haqini aniqlashda statistika usullari bilan hisoblab topilgan ishlab chiqarish normalarini bajarilishi ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Xo‘jalik hisobi uch turining o'zaro bog'liqligi yagona dastlabki hujjatlashtirishdan foydalanish bilan ta’minlanadi. Yagona dastlabki hujjatlashtirish deganda hisobning barcha turlaridagi operatsiyalami aks ettirish uchun bir turdagi ma’lumotlardan va bir turdagi hujjatlardan foydalanish tushuniladi. Bunday amal hisob ko‘rsatkichlaridagi qaramaqarshiliklarni bartaraf qiladi va hisobdagi parallellik bilan ishlashni yuzaga keltiradi. Xo'jalik hisobining har xil turlari va uning butun tizimi uzluksiz rivojlanib boradi. Dastlabki ma’lumotlami yig'ish, texnikasi, ishlash uslublari yaxshilanib bormoqda. Shuni ta’kidlash lozimki, xalqaro standartlarga javob beradigan va bozor iqtisodiyoti xususiyatlariga mos keladigan hisobning yangi tizimini ishlab chiqishda olim va amaliyotchilar rivojlangan bozor iqtisodiyotidagi mamlakatlarda bu sohada yaratilgan narsalarga ko‘r-ko'rona yondoshayotganlari yo‘q. Lekin xorijiy mamlakatlarining amaliyotini o‘rganish, ularni chuqur va har tomonlama tahlil qilish 0‘zbekiston Respublikasida xo‘jalik hisobini takom illashtirish imkoniyatini beradi.
Xo'jalik hisobida quyidagi o'lchov birliklaridan foylalaniladi:
1. Natura o'lchovi.
2. Pul o‘lchov birligi.
3. Mehnat o‘lchov birligi.
1. Natura o‘lchov birligi tezkor hisobda, statistik hisobda, buxgalteriya hisobining analitik hisobida keng qo'llaniladi. Bu o‘lchov birligi bir turdagi buyumlar hisobi uchun kerak bo‘ladi. Masalan, bolalar 11 oyoq kiyimini, muzlatkichlar soni, gazlama metri va hokazo (metr, kg, dona, juft, litr va h.k).
2. Pul o‘lchov birligi xo‘jalik jarayonlari va vositalarini yagona olchovda (pulda) umumlashtirishda qo'llaniladi, ya’ni barcha mablag‘lar qiymat o‘lchov birligida ifodalaniladi.
3. Mehnat o‘lchov birligi esa biror bir statistik yoki xo'jalik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun sarf bo‘lgan ishchi kuchi, ishchi soni, ish soati va hokazolarni aniqlashda qo'llaniladi. Savdo korxonasida esa ma’lum bir tovar oborot miqdori uchun sarf etilgan ish vaqtida, ish soati, ish kuni, ishchi kuchi va hokazoni aniqlashda kerak bo‘ladi. Mehnat o'lchov birligi xodimlar bilan mehnat haqi yuzasidan hisob-kitoblarni olib borishda ham ahamiyatlidir. Mehnat o‘lchov birliklari natura o‘lchov birliklari bilan birgalikda mehnat unumdorligini bildiradi.
Buxgalteriya hisobi — iqtisodiy fanlardan biri bo‘lib, uning nazariyasi buxgalteriya hisobini tashkil etish texnikasi, predmeti va usulini o'rgatadi. Xo‘jalik tarmoqlarida buxgalteriya hisobini yuritish usullarini o‘rganib, umumlashtirib, uning ilg‘or usullarini joriy etish bilan shug‘ullanadi. Shu bilan birga boshqa mamlakatlar buxgalteriya hisobini yuritish usullarining ilg‘or shakllarini xo‘jalik tarmoqlariga joriy etish yo‘llarini ishlab chiqadi va amaliyotga joriy etishga tavsiya etadi. Kishilik jamiyatining hamma bosqichlarida ham xo'jalikdagi hisob turlariga talab mavjud bo‘lgan. Chunki xo‘jalik hisobi insoniyat uchun zarur bo‘lgan iste’mol buyumlari, kiyim-kechak, oziq-ovqat va boshqalarni ishlab chiqarish, taqsimlashni hisobga olish demakdir. Har bir jamiyatning ham asosiy maqsadi zaruriy buyumlarni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlashdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirish uchun kishilar ijtimoiy hayotida sodir bo'layotgan voqea va hodisalarni kuzatish, jamiyatda mavjud bo‘lgan mehnat buyumlari, mehnat qurollarini hamda mehnat jarayonlarini hisobga olib borish zarur bo‘ladi. Xuddi shu vazifani esa xo‘jalik hisobi bajaradi. Tovar ayirboshlash davrida xo‘jalik hisobi ahamiyati ko‘paydi, chunki tovar ayirboshlash uchun umumiy ekvivalent talab etiladi. Umumiy ekvivalentga esa faqat hisob-kitobni tashkil etish, to‘g‘ri yurgizish orqaligina ega bo‘lish mumkin, ya’ni almashtiriladigan tovarni ishlab chiqarish uchun sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnat miqdorini aniqlash kerak bo‘ladi. Ishlab chiqarish kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini o'sishi natijasida xo'jalik faoliyatiga rahbarlik qilish murakkablashgan va moddiy ishlab chiqarish asosida vujudga kelgan xo‘jalik hisobi ahamiyati oshgan, jamiyatning hamma sohalarida mulklami hisobga 12 olish borasidagi, iqtisodiy faoliyatini boshqarishdagi roli oshib borgan. Iqtisodiy faoliyatni boshqarish xo‘jalik hisobi orqali olingan ma’lumotlar asosida olib boriladi va tegishli qaror va qonun hamda qoidalar qabul qilinib, shular asosida butun xo‘jalik faoliyati boshqariladi.
Xo'jalik hisobi asosan quyidagi fimksiyalami bajaradi:
a) xo‘jalik hisobi tarmoqiari korxona, tashkilot va muassasalarda sodir bo‘layotgan xo'jalik jarayonlarini kuzatib borish;
b) kuzatish orqali olingan ma’lumotlarni miqdoriy ko‘rsatmalarda ifodalash;
d) korxona, tashkilot, muassasa xo‘jalik faoliyatlarini kuzatish natijalarini maxsus hujjatlarda qayd etish;
e) maxsus hujjatlarda aks ettirilgan ma’lumotlami umumlashtirish va guruhlashtirish, xo‘jalik jarayonlari ustidan nazorat o'rnatish va ularga ta’sir etish.
Xo‘jalik hisobini yuqoridagi funksiyalari ayrim korxona, muassasa, tashkilot va umuman butun xo‘jalikning iqtisodiy jihatdan asoslangan joriy va kelgusidagi reja ko'rsatkichlarini tuzishda, ular bajarilishi ustidan nazorat olib borishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Qurilish tashkilotlarini xo‘jalik yiirituvchi subyektlar siiatidaturli belgilari bo‘yicha tasniflash mumkin.
Mulkiy shakli vayiiridik maqomiga ko‘ra qurilish tashkilotlari :

  • ochiq aksiyadorlikjamiyatlari (OAJ),

  • mas’uiiyati cheklangan jamiyatlar (MChJ),

  • xususiy korxonalar (fiimalar)

  • davlat unitar korxonalaii bo'lishi mumkin.

Ushbu maqomdagi qurilish tashkilotlanni tuzish vaular faoliyatini yuritish respublikamizda bu turdagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar to’g'risidagi qonunlar vaqonun osti hujjatlari, Shuningdek ushbu tashkilotlamingta‘sis hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Nomlanishiga kо‘ra ham qurilish tashkilotlari turlichadir. Chunonchi, ularning eng keng tarqalgan nomi bo 'lib, xarakatlanuvchi mexanizatsiyalashgan kolona (XMK-PMK) hisoblanadi. Qurilish tashkilotlariga bundayin nomni berilishi negizida ularning qurilish, qurilish - montaj va boshqa ishlarga doir o‘z faoliyatini bevosita buyurtma berilgan joylardamaxsus harakatlanuvchi texnik vositalar, mashina va mexanizmlar yordamida amalga oshirishlari yotadi. Bundan tashqari qurilish tarmog‘ida xususiy qurilish firmasi, shu’ba qurilish korxonasi, qurilish kompaniyasi, qurilish tresti kabi nomlardagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar ham mavjud.
Buxgalteriya hisobi tizimini huquqiy boshqarish – muomalada qatnashuvchilarning buxgalteriya hisobi sohasida qonunchilik me’yorlarida ko‘zda tutilgan huquq va majburiyatlari bo‘lib talab majburiyat, ruxsat etilgan huquq tarzidagi boshqaruv formasidir. Buxgalteriya hisobi tizimidagi huquqiy boshqarish tarkibiga huquq me’yorlari, huquqiy munosabatlar, yuridik javobgarlik kabi qator elementlar kiradi.
Faoliyatyuritish doirasiga kо‘ra qurilish tashkilotlari tarmoq va tarmoqlararo qurilish tashkilotlariga boiinadi. Tarmoq qurilish tashkilotlari xalq xo‘jaligining alohida olingan tarmoqlarida o‘z faoliyatini yuritadilar. Ixtisoslashganligiga ko ‘ra qurilish tashkilotlari maxsus va universal tashkilotlar bo‘lib hisoblanadi. Masalan, qurilish tashkilotlarining metro qurilishi, uy qurilishi, yo‘l qurilishi, ko‘prik qurilishi va boshqa shu kabi maxsus ixtisoslashgan turlari mavjud. Ayrim qurilish kompaniyalari (trestlari) ko‘p tarmoqli, ya’ni universal tashkilotlar boiib hisoblanadi. Xodimlarining soniga ko ‘ra qurilish tashkilotlari mikrofirmalar, kichik korxonalar, o‘rta va yirik korxonalaiga boiinadi. Respublikamizning qonun hujjatlariga ko‘ra qurilish tamiog‘ida mikrofirmalar bo‘lib xodimlarining soni 20 ta gacha, kichik korxonalar bo‘lib xodimlarining soni 50 ta gacha boigan korxonalar hisoblanadi.
Ta’sischilarining tarkibiga ko‘ra qurilish tashkilotlarini
a)mahalliy
b)xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalarga bo‘lish mumkin.
Xorijiy investisiyalar ishtirokidagi qurilish tashkilotlari ustav kapitalining miqdori eng kamida 150000 AQSH dollari miqdorida bo‘lishi lozim. Ushbu ustav kapitali miqdori mahalliy va xorijiy ta‘sischilar mablag‘laridan tashkil topadi. Qurilish ishlarini bajarishdagi o‘rniga ko‘ra qurilish tashkilotlari bosh pudratchi va subpudratchi tashkilotlarga bo‘linadi.
Bosh pudratchi tashkilot - buyurtmachi bilan qurilish, qurilish-montaj va boshqa ishlami olib borish bo‘yicha asosiy shartnomani tuzgan hamda uning bajarilishini to‘ liq o‘z zimmasiga olgan qurilish tashkiloti.
Subpudratchi tashkilot- boshpudratchiningbuyurtmachigabajarib berishi lozim bo‘lgan qurilish, qurilish-montaj va boshqa ishlaming bir qismini bosh pudratchi bilan tuzilgan shartnomagaasosan bajarib beruvchi tashkilot. Tanlangan soliq rejimiga ko ‘ra qurilish tashkilotlari umumbelgilangan vaixchamlashtirilgan soliq rejimlarida ishlovchi korxonalarga bolinadi. Respublikamizning soliq qonunchiligi hujjatlariga muvofiq mikrofirma va kichik korxonalarhisoblangan qurilish tashkilotlari ixchamlashtirilgan soliq toiovlari rejimida ishlashi mumkin. Yirik va o‘rta qurilish tashkilotlari, odatda, umumbelgilangan soliqlami to‘lovchilari bo‘lib hisoblanadilar.
Qurilish tashkilotlari faoliyati respublikamizning amaldagi me‘yoriyhuquqiy hujjatlariga muvofiq asosiy va asosiy bo‘ lmagan faoliyat turlariga bo‘linadi. Asosiy faoliyatga buyurtmachilar uchun bajarilgan qurilish, qurilish-montaj ishlari, jihozlami o‘matish, rekonstruksiya, kengaytirish, modemizasiya qilish, obodonlashtirish, kapital vajoriy ta’mirlash ishlari, Shuningdek o‘z maqsadlarida foydalanish va sotish uchun moijallangan qurilish materiallari va moslamalarini ishlab chiqish va shu kabi boshqa ishlar kiradi.
Asosiy bolmagan faoliyatga qurilish tashkilotlarining moliyaviy, investisiya va boshqa faoliyat turlari kiradi. Qurilish tashkilotlari asosiy faoliyatigakiruvchi ishlaming harbiri o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Qurilish ishlari degandayangi bino va inshootlami yaratilishi bilan bog‘liq jarayonlar majmuasi tushuniladi. Yangi bino va inshootlami yaratilishi o‘z ichiga loyihalashtirish, qurishga tayyorgarlik, ta’minot, qurish, foydalanishga topshirish kabi jarayonlami oladi. Har bir jarayon qurilishga doir ma’lum ishlardan tashkil topadi va o‘zining pirovard natijasiga ega boiadi. Qurilishning loyihalashtirish jarayonida yangi bino va inshootlami qurishning texnik, texnologik, geodezik, topografik va barcha boshqa jihatlari o‘rganiladi, ulaming aniq parametrlari va o‘lchamlari belgilanadi. Qurilish loyihasi, odatda. maxsus loyihalashtirish muassasalari (institutlar) tomonidan buyiirtmachi bilan tuzilgan shartnomaga asosan ishlab chiqiladi. Ishlab chiqilgan loyiha quriladigan obyekt joylashgan hududning shaharsozlik bosh loyihasi talablariga zid bo‘lmasligi lozim. Shu bois ham yangi obyektlarni qurishdan oldin ularning loyihalari 0‘zbekiston Respublikasi «Davarxitektqurilish» qo‘mitasiningjoylardagi boshqarmalari va bo‘limlari tomonidan ko‘rib chiqiladi va ma’qullanadi. Loyihalashtirish jarayonining natijasi bo‘lib yangi quriladigan obyektning barcha texnikiqtisodiy parametrlarini ifodalovchi loyihasi va qurish smetasi hisoblanadi.
Qurish smetasida obyektni qurish bilan bogiiq barcha ishlaming hajmi, ulaming belgilangan me’yor va tartiblarga muvofiq hisoblangan qiymati ko‘rsatiladi. Loyiha qiymati pudratchi va buyurtmachi o‘rtasida tuziladigan shartnoma qiymatini belgilashga asos bo‘ladi. Qurishga tayyorgarlik va uning ta ’minot jarayoni buyurtmachi va pudratchi tomonidan amalga oshiriladigan ma’lum ishlardan tashkil topadi. Bu ishlami bajarish bo‘yicha tomonlaming majburiyatlari tuzilgan shartnomadao‘zaksini topadi. Masalan, buyurtmachi bujarayondao‘z zimmasiga qurish uchun kerakli bo‘ lgan materiallami pudratchiga yetkazib berish, oldindanto‘lov summasining kelishilgan qiymatini (loyiha qiymatining 15 foizidan kam bo‘ lmagan qismini) quruvchi tashkilotining hisob raqamiga o‘tkazib berish kabilami oladi. Pudratchi tashkilot qurish uchun kerakli texnika vajihozlami qurilish maydonchasiga yetkazish, ulami qurish ishlari uchun tayyorlash va shu kabi majburiyatlami o‘z zimmasiga oladi. Obyektni qurish jarayoni qurilishning titul ro‘yxatida ko‘rsatilgan ishlami bosqichma-bosqich loyihani bajarish jadvaliga (grafigiga) muvofiq amalga oshirishdan iborat bo‘ladi.
Qurilish obyektlarining bitkazilgan, lekin buyurtmachiga hali topshirilmagan qismi tugallanmagan ishlab chiqarish (qurilish ishlari) hisoblanadi. Qurilgan obyektnifoydalanishga topshirish qurilishning yakuniy jarayonidir. Bujarayon qurilishgadoir loyihadagi barcha ishlar tugatilgach, tuzilgan maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi va mos ravishda «Bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma - schot-faktura» bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjat imzolangan va tasdiqlangandan so‘ng qurilgan obyekt pudratchi uchun bajarilgan (sotilgan) ish, deb hisoblanadi. Qurilish ishlari o'z ichiga montaj ishlarini ham oladi. Shu bois ushbu islilar qurilish-montaj ishlari hani deb ataladi.
Jihozlarni o‘rnatish ishlari degandajihozlar, uskunalar va boshqa konstruksiyalami yig‘ish, o‘matish va foydalanishga tushirish bilan bogiiq ishlar majmuasi tushuniladi. Chunonchi, bino va inshootlami qurishda bajariladiganjihozlami o'matish ishlari tarkibiga ko'tarish-tushirish qurilmalaii (lift, eskalator va boshqalar)ni, isitish, sovutish, yoritish, suv berish, havoni almashtirish, sanitariya-gigienatexnikasi qurilmalarini o‘matish, yig‘ish, o‘tkazish. izolyatsiya qilish va shu kabi boshqa ishlar kiritiladi.
Kengaytirish deganda pudraí shartnomasiga ko‘ra buyurtmachilaming xarakatdagi bino va inshootlariga qo‘shimcha ishlab chiqarish obyektlarini qurish, asosiy, yordam chi va xizmat ko‘rsatuvchi sexlarning maydonchalarini ishlab chiqarish quwatini oshirish maqsadida kengaytirish bilan bog'liq ishlar tushuniladi. Kengaytirish ishlariga, shuningdek buyurtmachilami uzoq muddatli aktivlari tarkibiga kiritiladigan va alohida balansga ajratiknaydigan filiallari va ishlab chiqarish bo‘linmalarini qurish ham kiritiladi. Kengaytirish ishlari xuddi yangi qurilish singari loyihadagi barcha ishlar tugatilgach, pudratchi tomonidan buyurtmachiga «Bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma- schotfaktura» asosida topshiriladi. Ushbu hujjat imzolangan va tasdiqlangandan so‘ng kengaytirishga doir ishlar pudratchi tashkilot uchun bajarilgan (sotilgan) deb hisoblanadi.
Rekonstruksiya deganda pudrat sharnomasiga ko’ra buyurtmachilarning xarakatdagi asosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi obyektlarini dastlabki holatini kengaytirmasdan qayta o‘zgartirib chiqish tushuniladi. Rekonstruksiyadan asosiy maqsad b o iib quyidagilar hisoblanadi: - ishlab chiqarishni takomillashtirish va uning texnik-iqiisodiy darajasini ilmiy-texnikaprogressi yutuqlari asosidako‘tarish; - harakatdagi ishlab chiqarish obyektlari quwatini oshirish; - ishchi xodimlaming mehnat sharoitlarini yaxshilash, ulaming mehnat unumdorligini oshirish; - texnik bo‘g‘inlardagi disproporsiyalami yo‘qotish. Rekonstruksiya ishlari loyihadagi barcha ishlar tugatilgach, pudratchi tomonidan buyurtmachiga «Bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lum otnom a- schot-faktura» asosida topshiriladi. Ushbu hujjat imzolangan va tasdiqlangandan so‘ng rekonstruksiya ishlari pudratchi taslikilot uchun bajarilgan (sotilgan) ish deb hisoblaiiadi.
Modernizatsiya qilish deganda pudrat shartnom asiga k o ‘ra buyurtmachilaming xarakatdagi asosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi obyektlarini, texnika vatexnologik liniyalarini eng zamonaviy ilmiy va texnik yutuqlar asosida yangilash hamda almashtirish tushuniladi.
Modernizatsiya qilishning asosiy maqsadi bolib quyidagilar hisoblanadi:
- ishlab chiqarishni yanadatakomillashtirish, lining texnik-iqtisodiy darajasini ilmiy-texnikaprogressi yutuqlari asosida yuksaltirish;
- harakatdagi eski ishlab chiqarish obyektlarini yangilash va shu asosda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish;
- ishlab chiqarish quwatlari ununidorligini oshirish, texnik va texnologik liniyalarda ishlovchi xodimlar mehnat unumdorligini keskin oshirish.
Modemizatsiya qilish ishlari loyihadagi barcha ishlar tugatilgach, pudratchi tomonidan buyurtmachiga «Bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lum ma’lim shartnoma schot-faktura» asosida topshiriladi. Ushbu hujjat imzolangan va tasdiqlangandan so‘ng modemizatsiya qilish ishlari pudratchi tashkilot uchun bajarilgan (sotilgan) ish deb hisoblanadi.
Obodonlashtirish deganda pudrat shartnomasiga ko’ra buyurtmachilarga ularda foydalanishda bo‘lgan yer maydonchalarining ko‘rinishini yaxshilash, yerosti o‘tkazmalarini qurish, transport vositalarini to‘xtab turishjoylarini tashkil qilish, yer maydonchalarini temir panjaralar bilan o ‘rash, yurish yoMkalarini qurish kabi ishlar tushuniladi. Obodonlashtirish ishlari boshqa ishlar singari loyihadagi barcha ishlar tugatilgach, pudratchi tomonidan buyurtmachiga «Bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lum shartnoma schot-faktura» asosida topshiriladi. Ushbu hujjat im zolangan va tasdiqlangandan so‘ng obodonlashtirish ishlari pudratchi tashkilot uchun bajarilgan (sotilgan) deb hisoblanadi.
Ta’mirlash ishlari deganda pudrat shartnomasiga ko’ra buyurtmachilarga asosiy, yordamchi va xizmat ko'rsatishga mo‘ljallangan obyektlami texnik-ishlab chiqarish holatini ishchi holatda ushlab turish, ulaming texnik-iqtisodiy darajasini saqlash maqsadlarida bajarilgan ishlar tushuniladi. Bu ishlar, odatda, buyurtmachilar bino va inshootlarining miqdoriy hajmini kengaytirmaydi. Biroq, ta’mirlash ishlari buyurtmachilarda mehnat sharoitlarini, atrof - muhit muhofazasini yaxshilashga imkon beradi. Ta’mirlash ishlari boshqa ishlar singan shartnomada nazarda tutilgan barcha ishlar tugatilgach, pudratchi tomonidan buyurtmachiga «Bajarilgan ishlar (qilingan xaraj atlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma - schot-faktura» asosidatopshiriladi. Ushbu hujjat imzolangan vatasdiqlangandan so‘ng ta’mirlash ishlari pudratchi tashkilot uchun bajarilgan (sotilgan) deb hisoblanadi. Shunday qilib, qurilish tashkilotlari tomonidan xalq xo'jaligining barcha tarmoqlaii uchun bajariladigan qurilish ishlari tarkibi turli-tumandir.
Ulaming asosiylariga quyidagilar kiradi:
- qurilish titul ro‘yxatiga kiritilgan bino va inshootlami qurishga doir barcha ishlar, ular bilan bogiiq boigan temir-beton metallar, yog‘och va boshqa qurilish konstruksiyalarini o‘matish va montaj ishlari, minorali va boshqa kranlar uchun kranostiyoilari qurishvabuzish ishlari;
- gaz, suv, elektr - energiyasi, issiqlik, kanalizatsiya, havoni tozalash ta’minotiga doir ishlar;
- neft va gaz quvurlarini yotqizish, elektr quvvati va aloqa liniyalari kabellarini yotqizish va o‘tkazish ishlari;
- ko‘prik, yo‘1, suv osti-texnik tonnellarini qurish va o‘tkazish ishlari;
- sanitariya-gigiyenatexnikasi vajihozlarini o‘matish ishlari;
- bino, inshoot va uskunalarga asos (fundament) va tayanch konstruksiyalarini o’rnatish, qozon pech va boshqa agregatlar atrofiga qoplamalar yasash ishlari;
- qurish uchun yer maydonlarini tayyorlash, tozalash, eski buta va daraxtlarni kesish va olib tashlash, kovlash, yemi quritish va loyihada belgilangan ko‘rinishgayetkazish ishlari;
- shahar va qishloq joylari hududlarini ko‘kalamzorlashtirish hamda obodonlashtirishga doir qurilish ishlari;
- suv chiqarish, ulami oqizish quvurlarini o‘matish ishlari;
- eroziya, sel ko‘chmalariga qarshi va boshqa tabiatni muhofaza qilish inshootlarini qurish, qirg‘oqlami mustahkamlash va botqoqlami quritish ishlari;
- qurilishiga aloqador parmalash, shurflash, suvni tortib olish va shu kabi boshqa geologikvagidrogeologik ishlar.
Qurilish tashkilotlarining asosiy faoliyatiga kiruvchi ushbu ishlar ulaming xususiyatlariga ko‘ra litsenziyalashtiriladigan va litsenziyalashtirilmaydiganturlarga boiinadi. Masalan, mudofaa obyektlarini, ko'prik va tonneilami, magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini, balandliklardajoylashganobyektlami loyihalashtirish, qurishvata’mirlash ishlari litsenziyalashtiriladigan faoliyat hisoblanadi. Bunday qurilish ishlari bilan shug‘ullanish uchun litsenziya faqat maxsus ixtisoslashgan qurilish tashkilotlariga 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan beriladi. Maxsus loyihalashtirishni talab qilmaydigan valitsenziya olish lozim bo‘lmagan qurilish, qurilish-montaj, obodonlashtirish, kengaytirish, rekonstruksiya va modemizatsiya qilish, kapital vajoriy ta’mirlash ishlari bilan barchaturdagi qurilish tashkilotlari shug‘ullanishlari mumkin.
Qurilish tashkilotlari va buyurtmachilar o‘rtasida qurilish ishlariga doir pudrat shartnomalarini tuzishda hozirgi paytda tender (tanlov) usuli keng tarqalgan. Chunonchi, davlat budjetidan markazlashtirilgan tarzda moliyalashtiriladigan qurilish obyektlari (maktablar, litseylar, kollej lar, harbiy qismlar, shifoxonalar va boshqalar) bo‘yicha pudrat shartnomalarini tuzish maxsus «Yagonabuyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyalari orqali tanlov savdolari asosida amalga oshirilmoqda. Ushbu tanlov savdolarida barcha mulkiy vatashkiliy-huquqiy turdagi qurilish tashkilotlari qatnashish huquqiga egadirlar. Buning uchun ular inj iniring kompaniyalariga tanlov savdosida qatnashish bo‘yicha ofertaiar (takliflar)ni kiritishlari hamda tegishli tanlov hujjatlarini taqdim etishlari lozim.
Tanlov savdosida qatnashish uchun qurilish tashkilotlari «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyalari tomonidan qo‘yilayotgan quyidagi talablarga mos kelishlari lozim:
- ishlar (xizmatlar)ni bajarish uchun zarur boigan mehnat resurslari va mutaxassislarga ega boiishlari;
- tanlovgaqo‘yilgan obyektga o‘xshash inshootlarda ishlash tajribasi va ko‘nikmalariga ega bolishlari;
- shartnomatuzishyuzasidan fuqoralik-muomala, huquqiy layoqat va vakolatlarga, o‘zaro ishonchga ega boiishlari;
- tanlovga qo‘yilgan obyekt qurilishini olib borish uchun markazlashtiriladigan mablagiardan tashqari o‘z mablagiariga ega bo‘lishlari;
- budjet oldida boqimanda qarzlarga ega boimasligi;
-joriy majburiyatlar bo‘yicha to’lov qobiliyatiga ega bolishligi va boshqalar.
«Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyalari orqali tanlov savdolari asosida amalga oshiriladigan qurilish ishlariga doir pudrat shartnomalari qurilish ishlari rejalariga kiritilgan hamda ular uchun belgilangan tartibdatasdiqlangan titul ro‘yxatlarigamuvofíq holdatuziladi. Bosh pudratchi qurilish ishlarining hajmi va xususiyatlariga ko‘ra injiniring kompaniyalari roziligi bilan alohida ishlami amalga oshirishlari uchun o‘zlarining subpudratchilarini belgilashlari ham mumkin. Ushbu holda bosh pudratchi va subpudratchilar o ‘rtasidagi munosabatlar tuzilgan subpudrat shartnomalari asosida belgilanadi. Quriladigan obyektning loyiha-smeta hujjatlari (titul ro‘yxati, uskuna, material va buyumlami yetkazib berish jadvali, moliyalashtirish grafigi va boshqalar) tuzilgan pudrat shartnomasining tarkibiy elementlari b o iib hisoblanadi. Ushbu huÿatlarga amal qilish va ularda ko‘rsatilgan shartlami bekamu-ko‘st bajarilishini ta’minlash buyurtmachilar hamda qurilish tashkilotlarining bevosita majburiyatlari hisoblanadi.


Download 332,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish