Yer yuzida tarqalishi
|
Yer kurrasinng mo’tadil joylarida uchraydi.
Yer yuzida 800 turi O`zbekistonda 18 turi
|
Hayotiy shakllari
|
Asosan bir yillik, , ko`p yillik o`tlar.
|
Ildizi sistemasi
|
O`q ildiz sistemasiga ega.
|
Poyasi tuzilishi
|
Poyasi (palagi) o`rmalab yoki jingalaklar bilan ilashib o`sadi.
|
Bargi tuzilishi
|
Barglari oddiy, ,ketma-ket o`rnashgan, yaprog’I panjasimon bo`lingan yoki panjasimon qirqilgan.
|
Gul va to`pgullar
|
Gullari to`g’ri ,ayrim jinsli ,hasharotlar yordamida changlanadi.Gulkosachasi 5ta gulkosachabarglarining ,gultoji ham 5 ta gultojibargining qo`shilishidan hosil bo`lgan.Changlari 5ta ,ulardan 4 tasi 2 tadan juft bo`lib qo`shilgan, 1 tasi erkin. Urug’chisi 3 ta.
|
Mevasi turi
|
Etdor sersuv, soxta meva
|
Vakillari nomi (8)
|
Oshqovoq (oyimqovoq), it qovun, handalak, qovun, tarvuz, bodring, idish-qovoqlar ,qozonyuvg’ichlar.
|
Oila uchun berilgan o`simlik xaqida ma’lumot
|
Oshqovoq (oyimqovoq)- qovoq turkumiga mansub bir yillik poliz o`simligi. Poyasi silindrsimon, mayin tuklar bilan qoplangan, o`rmalab yoki jingalaklari bilan ilashib o`sadi. Barglari yirik, buyraksimon, yaprog’I 5-7 ga bo`lingan Bir uyli .Gullari sariq. Changchii gullari nisbatan yirik bo`lib, urug’chi guliga nisbatan oldinroq ochiladi .Mevasi urug’i da 50% gacha moy bor. O`zb-nda 3 turi bor. Oilani begona o`simlik vakili-it qovundir.
|
Yangi mavzu mustahkamlanadi:
1.0'zbekistonda ko'plab ekiladigan bu oilaga mansub o'simliklardan biri oshqovoq --- (oyim qovoq)dir.Oshqovoq - qovoq turkumiga mansub bir yillik poliz o'simligidir.
2.Urug'ida necha foizgacha moy bor ?-------(50% gacha) moylar bor.
3.0'zbekistonda qovoq turkumiga oid necha tur o’sadi ? –(3 ta tur o'simlik ekiladi.
4.Qovoqdoshlar oilasiga mansub begona o'simlik ?--- ( itqovun) ekinlar orasida
sifatida uchraydi.
5. Respublikamizda keng miqyosda ekiladigan qovoqdoshlarga misollar ?----(shirin-shakar handalak, qovun. tarvuzlar hamda bodring turli-tuman shakldagi idish-qovoqlar, qozonyuvg'ichlar) ham qovoqdoshlar oilasiga kiradi.Ulardan turli maqsadlarda foydalaniladi.
O’yin darslarini shu usulda olib borish, o quvcilarning eslash, fikrlash qobiliyati, eng muhimi esa fanga bo'lgan qiziqishini oshiradi. Darsni o'tib bo'lgach, savollarga javob beriladi, mavzuning e'tibordan chetda qolgan qismlari to'ldiriladi. Darsda savollarga yaxshi javob bergan, faol qatnashgan, rollarni yaxslli ijro etgan o'quvchilar ma'naviy jihatdan rag'batlantiriladi. So’ngra xulosa yasab, kelgusi darslar haqida yo'llanma beriladi.
Uyga vazifa : daftariga oilaga tegishli so’zlarni kiritish (darslikdan), kelgusi darsda o’tadigan darsga tayyorgarlik ko’rib kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |