Mavzu: qo’shma gap turlarining grammatik va semantik tuzilishi



Download 38,88 Kb.
bet2/2
Sana19.05.2022
Hajmi38,88 Kb.
#604140
1   2
Bog'liq
QO’SHMA GAP TURLARINING GRAMMATIK VA SEMANTIK TUZILISHI

Gapda so’zlar tartibi. Nutq induvudial tabiatga ega bo’lganligi bois gapda ishtirok etayotgan so’zshakllar tarkibi ham erkindir. Biroq bu «erkinlik» hech qachon umumiy lisoniy qonuniyatlar doirasidan tashqarida bo’lmaydi. So’zlovchining maqsadi, uslub talablari asosida so’zshakllar umumiy tartibga ega bo’ladi.
Har qanday nutqiy gap, o’zida ma‘lum voqelikni ifodalash bilan birga, so’zlovchining axborat maqsadini ham namoyon qiladi. Masalan, Jamshid maktabga ketdi gapida, Jamshidning maktabga ketishi voqeligi qayd qilinishi bilan birga, so’zlovchining tinglovchiga Jamshidning qaerga ketganligi haqidagi ma‘lumotni yetkazish niyati ham o’z aksini topgan. Shu boisdan gap Jamshid qaerga ketdi? so’rog’iga javob bo’ladi. Demak, ushbu gapdagi voqelik Jamshidning qaerga ketganligi emas, balki kimning qaerga ketganligi, so’zlovchining axborot maqsadi esa Jamshidning qaerga ketganligi haqidagi ma‘lumotni tinglovchiga yetkarishdir.
Gapni Maktabga Jamshid ketdi shaklida o’zgartirsak, voqelik oldingi gapdagi bilan bir xil, biroq so’zlovchining axborot maqsadi Maktabga kim ketdi? so’rog’i orqali muayyanlashadi. Birinchi gapda harakatning yo’nalishi, ikkinchi gapda harakatning bajaruvchisi axborot mo’ljalidir. Gapning axborot vazifasi nuqtai nazaridan tuzilishi aktual tuzilish deyiladi. Aktual tuzilmaning tarkibiy qismlari aktual bo’laklar deyiladi.
Aktual vazifa nuqtai nazaridan gapni tashkil etuvchi unsurlar tema (ma‘lum) va rema (yangi) qismlarga bo’linadi. Gapning rema qismi kommunikativ (axborot) nuqtai nazardan ahamiyatli bo’ladi. Savol ana shu remani aniqlash uchun beriladi. Gapning tema qismi ma‘lum bo’lganligi so’roq gapda aynan takrorlanadi.
Gapning aktual bo’linishi mantiqiy birlik bo’lgan hukmning bo’laklanishi (sub‘ekt va predikatga bo’linish) ga o’xshaydi. Shu boisdan ayrim tilshunoslar aktual bo’linish sathini mantiqiy-grammatik sath deb ham nomlaydi.
Aktual bo’linish sof nutqiy hodisadir. Lekin aktuallashish lisoniy strukturadan mutlaqo uzilgan deyish noto’g’ri. Har qanday hodisa muayyan mohiyatning namoyandasi bo’lganligi kabi aktuallashish ham konstruktiv-sintaktik sathdan butunlay uzilmagan. Aktuallashishda gapning lisoniy strukturasi unsurlari bo’lmish kesim, ega, hol o’rinlari to’ldiruvchilari yoki bu to’ldiruvchilar kengaytiruvchilarining kommunikativ ahamiyati aktual bo’linishni keltirib chiqaradi. Shu boisdan aktuallashishning lisoniy asosi konstruktiv-sintaktik lisoniy sath, aktuallashish jarayoni esa kommunikativ-sintaktik sath deb yuritiladi.
Aktual bo’linish talabi bilan gapda so’zshakllarning tartibi har xil bo’ladi.
Gapning konstruktiv va nokonstruktiv bo’laklari turlicha joylashadi. Buning sintaktik qurilishga daxli yo’q. Tartib o’zgarishi bilan gap sintaktik qurilishiga putur yetmaydi. Gapda so’zshakllar tartibi aktual bo’linish bilan chambarchas bog’liq.
Gapdagi so’zshakllar o’zlarining tema yoki remaga kirishiga ko’ra joylashadi.
Axborotning tinglovchiga ma‘lum parchalarini ifodalovchi so’zshakllar gap boshida keladi.
Tema (ma‘lum) haqida axborot beruvchi bo’lib, rema esa gap oxirida, temadan so’ng keladi. Bu izchillikning buzilishi yo uslubiy bo’yoqdorlik uchun xizmat qiladi, yoki mantiqiy buzilishni keltirib chiqaradi.
Gap bilan fikr o‘zaro dialektik aloqadir. Gapda fikr ifodalanadi. Fikr doimo gap orqalishakllanadi. Demak, gapni o‘rganar ekanmiz, uni fikr bilan bog‘lab tekshirishimiz kerak.
Gap ma’lum fikrni ifodalash bilan birga, har xil his-tuyg‘ularni ham ifodalaydi. Biroq buemotsiyalar fikr bilan bog‘liq holda ro‘y beradi. Demak, gap intellektual (aqliy) holatni hamko‘rsatadi.
Gapning xarakterli belgilari predikativlik va intonatsiya ekanligi bizga ma’lum. Bu belgilargap tushunchasining asosi, gapning shakllantirish vositasidir.
Har bir gapning reallik bilan bog‘liqligi haqida biror fikr, xabar bayon qilish gapmundarijasining voqelik bilan bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi. Bu hodisa-gap mundarijasining realvoqelik bilan aloqadorlik hodisasi predikatsiya sanaladi.Gapni predikatsiya shakllantiradi. Bu grammatik kategoriya-umuman gapga xos xususiyat.Predikativlikni kesim ko‘rsatadi. (Bordi. Student edim): kesim umumiy predikativlik ma’nosinikonkret modallik, zamon, shaxs kategoriyalari orqali ifodalaydi. Predikativlikni shakllantirishdaintonatsiyaning ham ishtiroki bor: intonatsiya gapga xos bo‘lgan universal vositadir.Anglashiladiki, predikativlikni ifodalash gapning paradigmasi-predikativlikni bildiruvchi butunformalari sistemasi bilan bog‘liq.
Gap fikrni ifodalaydi, ma’lum maqsadni bayon qiladi. Bu hodisa, birinchidan, shu gapdagifikrning borliqqa munosbaati, ikkinchidan, so‘zlovchining sub’ektiv munosabati – modallik(reallik, gumon, taxmin, istak kabilar) bilan, zamon va shaxs bilan bog‘lanadi.
Gapni shakllantiruvchi, gapning asosi bo‘lgan predikativlik hodisasi, odatda, so‘zlarningpredikativ qo‘shilishi bilan ifodalanadi. (Ega va kesimning o‘zaro munosbati: Bola yugurdi. Bolayosh kabi) Lekin predikativlik tabiiy, bir so‘zdan iborat bo‘lgan gaplarda ham mavjud. (Qor!Tun. kabi) Bir so‘zdan iborat gaplardan konkret gap bo‘lagini topib bo‘lmaydi. Demak,predikativlik bunday gapga butunicha xos bo‘ladi. Bularning hammasida, shubhasiz, intonatsiontugallik bor. Bundan gapda predikativlik bilan intonatsion tugallikning birgalikda harakat qilishi,bir-biriga moslashgan bo‘lishi anglashilib turadi. Intonatsiya predikatsiyani ifodalashvositalaridan biridir, bu hol ham gapning eng asosiy belgisi predikativlik ekanligini ko‘rsatadi.
So‘zlarning predikativ qo‘shilishi orqali gap hosil bo‘lishi (Suv tiniq kabi) bu konstruksiyahamma vaqt tugal fikrni ifodalaydi, degan xulosaga olib kelmaydi. Ba’zan bunday tugallik uchunboshqa elementlar ham talab qilinadi, lekin shunda ham, baribir, gapning konstruktiv asosipredikativ qo‘shilmadir. Bu qo‘shilma gapda hech qanday elementga tobe bo‘lmaydi, balkiboshqa elementlarni o‘ziga tobelaydi, demak, u absalyut xokimlikka egadir. Bu qo‘shilma –predikat birlik-gapning hamma belgilarini: nutqning fikr anglatadigan, xabar bildiradigan engkichik, yaxlit birligi ekanligini, boshqa predikativ birliklar, shuningdek, sodda gap va qo‘shmagap sostavidagi sodda gapga o‘xshash qismlar boshqacha xususiyatlarga ega bo‘ladi. Misollarnichog‘ishtiring: Sohibjon-mashhur paxtakorning o‘g‘li. Otasi pensiyaga chiqqan. – Otasipensiyaga chiqqan Sohibjon sodiq farzand ekanligini ko‘rsatish uchun ishga astoydil kirishdi.
(Ikkinchi misoldagi otasi pensiyaga chiqqan qo‘shilmasi Sohibjon bo‘lagiga tobe-uninganiqlovchisidir)Predikativlik hodisasi orqali gap so‘z birikmasidan, predikativ qo‘shilma predikativbo‘lmagan qo‘shilmadan aniq farqlanib turadi: yosh bola (voqelikka munosabat: reallik, realemaslik, istak kabi ma’nolar, ma’lum maqsad, zamon munosabati ko‘rsatilmagan; intonatsiontugallik yo‘q-bunda fikr ifodalanmaydi) – Bola yosh (predikatsiya ifodalangan: voqelikkamunosabat ko‘rsatilgan – tugallik, zamon munosbaati, gapga xos intonatsiya). Yosh bola va bolayosh qo‘shilmalarining analizi shuni ko‘rsatadiki, bularning har ikkalasida ham predmet va belgitasavvurlarining munosabati ifodalangan, lekin ikkinchisida predmetning belgisi predikativlikyo‘li bilan ko‘rsatilgan, paytga munosabat ifodalangan.
Predikatsiyaning asosiy belgilaridan biri tasdiq – inkordir. Bu tasdiq – inkor tilda turlichaifodalanadi. Umuman, predikatsiya turli vositalar bilan: predikativ formadagi fe’llar, kesimlilikaffikslari orqali (Bording. Studentsan. To‘g‘ri, student edi kabi), so‘zlar tartibi, intonatsiya,gapning har xil strukturasi bilan ifodalanadi (Bahor! Bu – uchuvchi. Paxta oppoq kabi).Gap predikativlik shakliga ega bo‘lgan eng kichik birlikdir. Predikat gapning tuzilish vamazmuniy markazi sanaladi.
Tilshunoslar predikat tushunchasi haqida munozarali fikrlarning ilgari surmoqdalar.Shuningdek, uning gap mazmuniy tuzilishi va markazidagi tutgan o‘rni haqidagi mulohazalarham turli xil. Ayrim tilshunoslar predikatga mantiqiy tushuncha sifatida qarasalar, ba’zilarigrammatik tushuncha sifatida qaraydilar. Keyingi yillarda tilshunoslikda semantikaning yuqoripog‘onaga ko‘tarilishi natijasida tilshunoslar predikatga mazmun nuqtai nazaridan qarayboshladilar.
Predikat ham semantik, ham mantiqiy, ham grammatik tushunchadir. Semantik tushunchasifatida predikat har qanday sintaktik qurilmaning nominativ asosi, uning yadrosi. Grammatiktushuncha sifatida predikat o‘zi boshqarib kelayotgan sintaktik elementlarning markazi. Logiktushuncha sifatida fikrning sub’ekt belgisini bildiruvchi qism.
1Mantiq shunoslikda sub’ekt va predikat tushunchasi keng qo‘llaniladi. Mantiqshunoslikdamantiqiy ega sub’ekt, mantiqiy kesim – predikat deb yuritiladi. Sub’ekt va predikat tushunchasimantiqshunoslikda hukm bilan chambarchas bog‘liq. Sub’ekt oldingi hukmlardan aniq bo‘lganbelgilarni, predikat esa yangi belgilarni ifodalaydi. Har bir hukm uchun ega va kesimning zarurbo‘lishi uarning alohida-alohida bo‘lgan ahamiyatini inkor etmaydi.
2Demak, mantiqiy sub’ekt tushunchasi hukmning boshlang‘ich nuqtasi bo‘lsa, predikattushunchasi yangi ma’lumot beruvchi markazdir.Mantiqshunoslikdan farqli ravishda tilshunoslikda predikat grammatik va semantiktushunchadir. Sub’ekt predikat munosabatida predikat yetakchi o‘rinni egallaydi. Predikatpredikativlik shaklini olib, gapni grammatik jihatdan shakllantiradi. Predikat gapda predmetningbelgisini bildiruvchisi, muayyan vaziyat haqidagi belgisini bildiruvchisi, muayyan vaziyathaqidagi tasdiq yoki inkor kommunikatsiyasini beruvchi markaz vazifasini bajaradi.Bu fikrdan shu narsa oydinlashadiki, predikativlik shaklini olgan predikat sintaktik sathdakesim vazifasini bajaradi. Predikat vazifasida fe’l hamda ot (keng ma’noda) kelishi mumkin.Fe’l o‘zining leksik-grammatik xususiyatiga ko‘ra kesim vazifasida qo‘llanishga juda mosso‘z turkumidir.3 Chunki fe’l o‘zida zamon, modallik, shaxs va kommunikativlikkategoriyalarini birlashtira oladi. Shuning uchun ham tilshunoslar fe’lga predikat nuqtainazaridan qaraydilar. Masalan, Salima maktabga bordi gapida fe’l predikat kesim vazifasidaqo‘llanib, sub’ektning harakat belgisini ifodalamoqda. Bundan tashqari, kesim o‘tgan zamonni shaxsni, tasdiq va xabarni ham anglatmoqda.
Fe’l predikat va ot predikatning o‘zaklari boshqa boshqa bo‘lsa ham, umumiy holatda birmaqsadga xizmat qiladi. Ularning orasidagi farq unchalik katta bo‘lmaydi.Ot predikat jarayonniyoki aniq vaziyatni ifodalasa, fe’l predikat aniq harakatni ifodalaydi.Demak, ot predikat ham fe’l predikat singari bo‘sh o‘rinlarini to‘ldirib yoyiq gap hosil qilaoladi. Ot predikatlar xuddi fe’l predikat kabi gapning mazmuniy hamda grammatik markazinitashkil qila oladi.
Predikat ham semantik, ham mantiqiy, ham gramatik tushunchadir. Semantik tushuncha sifatida predikat – ham qanday sintaktik qurilmaning normativ asosi. Grmatik tushuncha sifatida predikat o’zi boshqarib kelayotgan sintaktik elementlarning markazi mantiqiy tushunchasi sifatida fikrning sub’ekt belgisini bildiruvchi qism. Gaplarning propozitiv strukturasi predikat va uning argumentlari (semantik aktaitlari)dan tashkil topgan predikat ifoda sifatida modellashtirish ko’proq odat tusiga kirib bormoqda. Demak, predikat vauning argumentlari (unga erashib keluvchi sintaktik elementlar) birligi predikatifodasi (P I) tashkil etadi. Ya’ni PI=+P+A. Har qanday predikat ifadani shaklanishda xizmat qiladigan markaziy element predikatdir. Predikat ifodalar miqdori predikatlarga qarab belgilanadi. Ma’lum sintaktik butunlik tarkibida qancha predikat bo’lsa, u shuncha predikat ifodadan iborat bo’ladi. Predikat ifoda gap uchun asos ro’lini o’ynasa han, ya’ni har qanday gap predikat ifodadan tashkil topsa ham, ammo har qanday predikat ifada gap bo’la bermaydi. PI gap bo’lib shakillana olishi uchun ugapning eng muhim gramatik – semantik belgisiga – predikativlikka ega bo’lishi kerak. Predikat predikativlik bilan chambarchas bog’liqdir. Har qanday predikativlik predikat asosida shakllanadi. Predikativlik shakllari predikativlikga qo’shiladi. Shuning uchun ham predikativlikni o’zida aks etirgan har qanday predikatning o’zi eng kichik gap hisoblanadi.
Demak, predikat propozisiv strukturaning markaziy elementidir. Shunday bo’lishiga qaramasdan tilshunoslikda predikat maqomi masalasida bir xillik yo’q. Masalan, Y. S. Stepanov fikriga ko’ra, fe’l – bu predikatdir. Fe’l lug’atning murakkab (kompleks) birligi bo’lib, birinchidan, ayrim predikatni, ikkinchidan gap tarkibida shu predikatga kiruvchi otning ayrim mazmuniy belgilarini ifodalaydi.
V. B. Kasevich va B. S. Xrakovskiy ham, predikatga huddi shunday munosabatda bo’ladilar. Xususan ular predikat aktantlari (PA) haqida fikr yuritib, ular asosan fe’llar, fe’lli oborotlar orqali ifodalanishi aytiladi. Mualliflar fe’lga qaram bo’lgan, uning majburiy valendligini to’ldiruvchi sintaktik qurilmaning elementini sintaktik antaklar hisoblaydilar va uni fe’lning mazmuniy valendligi bilan bog’lanmagan sinkonstantlarga qarama-qarshi qo’yadilar. Ayrim lingvistlar, prededikat termini ostida faqat fe’lni emas balki keng mo’nada otlarni ham birlshtiradilar. Predikatlarni mustaqil va yordamchi predikatlarga no’ladilar. Birinchi tipdagi pretikatlarga fe’l, sifat, ravish, holat bildiruvchi so’zlar va mavhum otlar kiritiladi. Ikkinchi tipdagi pretikatlarga ega ayrim koo’makchilar, bog’lovchilar propozitsional bog’lamalar, kvantorlar, gramatik kategoriyalar mansub ekanligini ko’rsatadilar. Hamma predikatlarning umumiyroq oppozisiyasi sttiklik – dinamiklik farqlovchi belgisiga ko’ra ikki katta guruhga ajratilishi juda ko’p adabiyotlarda tan olinadi. Rus gramatikalarida yuqoridagi oppozisiya eng umumiy farqlovchi belgi sifatida qaralib, predikatlarning fe’l vafe’l bo’lmagan so’zlar orqali ifodalanishiga asos bo’ladi. Ko’rinib turibdiki, predikatlar propozitsiyaning markaziy elementi (predikat va uning argumentlari modelida bo’lganda)yoki propozitsiyaning o’zidir (no’l valentli predikat modelida bo’lganida) predikatlar va fe’llar va fe’l bo’lmagan (keng ma’noda otlar, yoki belgi bildiuvchi so’zlar) so’z shakllari orqali ifodalanadi. Shuning uchun ham u, avvalo fe’l predukatlar va ot predikatlarga bo’linadi.
Yuqorida aytilganidek, fe’llarda gapda doimo predikat bo’lib keladi. Propozitsiyaning birlamchi iofodalovchisi bo’lgan, grammatik to’la shakllangan fe’l asosli gaplarda fe’ldan ifodalangan sintaksema ikki xil vazifani bajaradi: 1) gap elementlarini tashkil retish (bog’lash), 2) gapni gap qilib shakllantirish. E.Benvenist fe’lning gap tarkibidagi birinchi vazifasini aloqa vazifasi, ikkinchisini esa tasdiq vazifasi deb ataydi. Fe’lning gapda doimo predikat vazifasida kelganligi uchun fe’l predikatlarini belgilash hech qanday qiyinchilik tug’dirmaydi.

XULOSA
Qo‘shma gap muammosi o‘zbek tilida XX asrning 30-yillaridan keyin ma’lum darajadao‘rganila boshlandi.Qo‘shma gaplar dastlab ikki asosiy turga bo‘linib kelingan. V.A.Bogorodskiy1 hamqo‘shma gap gaplarni ergashgan va bog‘langan deb ikkiga ajratish birmuncha sun’iy ekanligi, utildagi jonli turli-tumanlik, xilma-xillikni o‘zida aks ettira olmasligini aytgan.
I.A.Batmanov2 o‘zbek tilidagi qo‘shma gaplarni uchga bo‘lib tekshiradi: shart ergashgap, o‘zgalar gapi, bog‘langan qo‘shma gaplar.A.K.Borovkov3 qo‘shma gapning ikki asosiy turi mavjud ekanligini ko‘rsatadi. Xuddishu xildagi fikr A.N.Kononov4 ishida ham ta’kidlangan.M.Asqarova5 qo‘shma gaplarni ikki guruhga bo‘lib qrganadi. G‘.A.Abdurahmonov6 esaqo‘shma gaplarni uch turga ( bog‘lovchisiz qo‘shma gap, bog‘langan qo‘shma gap, ergashganqo‘shma gaplarga) bo‘lib tekshirali.N.A.Baskakov7 qo‘shma gaplarni uch guruhga bo‘lib tekshiradi: bog‘langan qo‘shmagaplar, (bog‘lovchili, bog‘lovchisiz) ergashgan qo‘shma gaplar (bog‘lovchili, bog‘lovchisiz) vako‘chirma gaplar ergashgan qo‘shma gap.Keyingi yillarda qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplarning qurilish qolipiga ko‘ratasniflash tavsiya etiladi.Qo‘shma gaplarni tasniflaganda ularning tarkibidagi sintaktik aloqa va munosabatlarniham hisorbga olish lozim bo‘ladi.Sintaktik aloqaning tenglashish aloqasi, tobelanish aloqa kabi oppozitsiyalarini hosilqiluvchi qutblari mavjud.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI:

  1. R.Sayfullayeva va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2009.

  2. H.Jamolxonov. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent: “Talqin”, 2005.

  3. M.Irisqulov. Tilshunoslikka kirish. Toshkent: “O‘qituvchi”, 1992.

  4. S.Usmonov. Umumiy tilshunoslik. Toshkent: “O‘qituvchi”, 1972.

Download 38,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish