Qora Metallning turmushda va xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, xossalari va sifatlari:
Insoniyat hayoti va jamiyat taraqqiyotini metalldan tayyorlangan buyumlarsiz tasavvur etish juda qiyin. Insonlar temir, mis, kumush, qalay, oltin, simob va qo‘rg‘oshin kabi metal turlaridan juda qadimdan foydalanib kelganlar. Hozirgi vaqtda metallardan mashinalar, stanoklar, qurilish konstruksiyalari hamda turmushda ishlatiladigan ko‘plab buyumlar tayyorlanadi.Metallar asosan fizik, mexanik va texnologik xususiyatlariga ko‘ra farqlanadi.
Fizik xususiyatlar: zichligi, suyuqlanuvchanligi, issiqdan kengayuvchanligi, issiqlik o‘tkazuvchanligi, elektr o‘tkazuvchanligi.
Mexanik xususiyatlar: mustahkamlik, cho‘ziluvchanlik, siqiluvchanlik,egiluvchanlik, buraluvchanlik, qovushqoqlik, bikrlik, qattiqlik.
Texnologik xususiyatlar: bolg‘alanuvchanlik, kirishuvchanlik, suyuq holatda oquvchanlik, payvandlanuvchanlik, kesib ishlanuvchanlik. Odatda sanoatda metallar sof holatda emas, balki qotishma ko‘rinishida ishlatiladi. Cho‘yan, po‘lat, bronza, latun, dyuralyuminiylar eng ko‘p ishlatiladigan metall qotishmalari hisiblanadi. Sanoatda metall buyumlar prokatlash hamda quyma usulida ishlab chiqariladi. Metall va metall qotishmalarini qizdirib yoki sovuq holida prokatlash, ya’ni qarama-qarshi aylanuvchi valiklar orasidan ezib o‘tkazib olish usulida olinadi.Prokatlash usulida tunuka, burchaklik, sim kabi turli ko‘ndalang kesimga ega shakllardagi metall qotishmalar tayyorlanadi. Quyma usulida murakkab shakldagi buyumlar va detallar olinadi. O‘quv ustaxonasida sizlar asosan tunuka va similar xossalari bilan tanishasiz va ish ko‘rasiz. Metalldan buyum tayyorlovchi ustalar chilangar dab yuritiladi. Ular metall va uning qotishmalari xususiyatlarini bilishi, asbob-ukunalar hamda stanoklarni ishlatish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. Metallga qo‘lda va mexanik usulda ishlov berish chilangarlik ustaxonasida amalga ishiriladi.
Qora metallurgiya — metallurgiya sanoatining sohalaridan biri. Domna, poʻlat eritish, prokat metallurgiyasi, metall buyumlar ishlab chiqarish, ruda xom ashyosini qazib olish, boyitish, maydalash, koks kimyosi ishlab chiqarishi, ferroqotishmalar va oʻtga chidamli materiallar tayyorlash, noruda xom ashyo qazib olish va qora metallarni qayta eritish tarmoqlarini oʻz ichiga oladi. Sovuqlayin yoki qizdirib ishlangan prokat, poʻlat trubalar va metall buyumlar Qora metallurgiya mahsu-lotlarining muhim turlari hisoblanadi.
Kishilik jamiyati taraqqiyotida mehnat qurollari va qurol-yarogʻlar juda muhim ahamiyat kasb etgan. Ular, asosan, yogʻoch, suyak, tosh (qarang Tosh davri) va temirdan (qarang Temir davri) tayyorlangan. Qora metallurgiya xalq xoʻjaligining koʻpgina tarmoqlarini rivojlantirishning asosi hisoblanadi. Kimyo sanoati, rangli metallurgiya, qurilish materiallari sanoati mahsulotlari bilan birga qora metallar mashinasozlik va qurilishda asosiy konstruksion material hisoblanadi. Oʻzbekistonda yetakchi mashinasozlik tarmoqlari ishlatadigan konstruksion materiallarning umumiy hajmida qora metallar asosiy oʻrinni egallaydi.
Oʻzbekistonda bir necha kichikroq temir konlari bor. Sanoat ahamiya-tiga molik temir konlari — magmatogen genezisli, magnetit-gematit tarkibli Surenota (Toshkent viloyati) hamda asosan titan-magnetitli Tebinbulok temir koni (Qoraqalpogʻiston) shular jumlasidan. Oʻzbekistondagi temir konlari resurslari: Jizzaxdagi temir koni — 150 million t, Surenota temir koni — 50 million, t, Tebinbuloq temir koni — 100 million t dan koʻp. Oʻrta Osiyoda birinchi zamonaviy metallurgiya kombinati 1944-yil ishga tushirilgan (qarang Oʻzbekiston metallurgiya kombinati). Oʻzbekiston metallurgiya sanoatida 500 ming tonnaga yaqin poʻlat, 450 ming tonnaga yaqin tayyor prokat ishlab chiqariladi (2005).
Metall toshlardan olinadi va tabiatda xona haroratida qattiq holatda bo'ladi, faqat suyuq holatda bo'lgan simob bundan mustasno. Xuddi shu tarzda, metall yuqori zichlik va yorug'likning yuqori aks etishi bilan ajralib turadi, bu esa o'z navbatida uni porlaydi.
Biroq, metallar kislorod yoki ba'zi turdagi kislotalar bilan aloqada bo'lganda, ular oksidlanadi va korroziyaga uchraydi, chunki ular ionlarning kam tarqalishiga ega.
Metallning ta'rifiga oltin, kumush va mis kabi sof elementlar va bronza va po'lat kabi metall qotishmalar kiradi, ular ikki yoki undan ortiq metall aralashmasidan yoki boshqa metall bo'lmagan element bilan metall aralashmasidan kelib chiqadi. Masalan, uglerod.
Metalllar odamlar tomonidan keng qo'llaniladigan elementlar qatoriga kiradi. Metalllar qadimgi zamonlardan beri o'zlarining tabiiy holatida asosiy qurollarni tayyorlashda ishlatilgan.
Keyinchalik, texnologik taraqqiyot rivojlanib borgan sari, metallardan har xil usullarda foydalanila boshlandi, demak, bugungi kunda ular sanoat ishlab chiqarishidagi eng muhim elementlardan biri bo'lib, ayniqsa qarshilikka ega.
Shu sababli, metallar transport vositalari, oshxona buyumlari, qurilish, elektr kabellari va boshqalarni ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.Qora metallar - ularning asosi yoki asosiy elementi temir bo'lganlardir. Ular og'ir, oson korroziyalangan, kulrang rangga ega va magnit xususiyatlarga ega. Biroq, ushbu metallar bugungi kunda eng ko'p ishlatiladiganlardan biridir. Masalan, temir, po'lat, magniy, titan, kobalt va boshqa to'qimalarni eslatib o'tish mumkin. Ushbu metallarning aksariyati ko'priklar, nurlar, korpuslar, qulflar, asboblar, bog'lovchi qismlar va boshqalarni qurish uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |