MAVZU:
QOBILYAT VA PEDAGOGIK QOBILIYATI HAQIDA TUSHUNCHA.
REJA:
Kasbiy qobiliyatning pedagogik xarakteristikasi
Pedagogik qobiliyatning turlari
O’qituvchining irodasi sabr-toqat ibrat namuna bo’la olish qobiliyati
Pedagogik mahorat - pedagogik kategoriya sifatida
Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari va shakllanish bosqichlari
Bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashga qo‘yiladigan talablar.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar
Qobiliyatning pedagogik va psixologik xarakteristikasi.
Pedagogik qobiliyat tarixidan ma’lumki, pedagogik qobiliyat adabiyotda birinchi bo„lib, 19-asr o„rtalarida paydo bo„lgan. pedagogika nazariyasida o„qituvchilar tayyorlash va pedagogik perseptiv qobiliyatga A.Disterverg diqqat-e’tibor berdi. SHunday qilib, A.Disterverg pedagogik qobiliyatning kuchiga, pedagogik taktga va qat’iy erkinlikka ahamiyat berdi. U o‘qituvchining bilim orttirishlik qobiliyatini ilgari surdi. So„ngra 19- asrning ikkinchi yarmida P.G.Redkin “Axloqiy qobiliyat” tushunchasini ilgari surdi. A.Disterverg, P.G.Redkin fikrlarini K.D.Ushinskiy davom ettirdi. K.D.Ushinskiy “Odamni tarbiyalashning eng asosiy yo„li ishontirish, odam e’tiqodiga esa faqat ishiontirish bilan ta’sir qilish mumkin” - deydi.
A.S.Makarenko fikricha, tasodifiy ravishda o„qituvchi bo„lib qolgan, lekin u bu ishga qiziqib ketib badiiy adabiyotni ko„p o„qigan M.Gorkiyni o„zining ustozi deb uni asarlarini o„rganishga kirishgan. A.S.Makarenko o„z tajribasiga asoslanib, agar har bir kishi qunt bilan mehnat qilsa, u o„ziga nisbatan talabchan bo„lsa, u yaxshi pedagog bo„lishi mumkin - deydi.
Qobiliyat hamma insonlarda mavjud bo„lib, bir tekisda bo„lmay biri yuqori, biri o„rta va biri quyi darajada bo„ladi. Faqat aqli zaif insonda qobiliyatni uchrata olmaymiz. Maktab o„qituvchisining faoliyati inson shakllanishiga qaratilgan. Muvafaqqiyatli ishlash uchun har bir o„qituvchi pedagogik mahoratga ega bo„lishi zarur. Pedagogik mahorat egasi oz mehnat qilib katta natijaga erishadi. Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo„ladi, qobiliyatni rivojlantirish uchun esa layoqat, zehn, iste’dod inson asab tizimida anatomik - fiziologik xususiyat bo„lishi zarur. O„qituvchining ba’zi psixik jarayonlari unda shaxsga xos sifatlarni shunday tashkil qiladiki, buni pedagogik qobiliyat deb atash mumkin. Bu qobiliyatni ayrim psixik xususiyatlardan iborat qilib qo„yish mumkin emas. Ta’lim ishlarining muvafaqqiyatli bo„lishini pedagog shaxsiga xos bo„lgan bir qancha sifatlar, jumladan, uning irodasi, hissiyotlari, Xarakteriga xos bo„lgan bir qancha xususiyatlami ham ta’minlab beradi. K.D.Ushinskiy “Faqat shaxs rivojlanishiga va tarkib topishiga ta’sir qilishi mumkin, Xarakter ta’siri bilan Xarakterni vujudga keltirish mumkin” - deb yozgan edi.
Qobiliyat - shaxsning muayyan faoliyati yuzasidan layoqati va uning kasbini muvafaqqiyatli bajarishdagi sub’ektiv shart - sharoitni ifodalovchi individual psixik xususiyatlari.
Falsafa tarixida qobiliyat uzoq davrgacha “O„zgarmas irsiyat” nasldan - nasga o„tuvchi alohida kuch sifatida talqin etilgan. Bunday qarashlar dastlab fransuz filosofi J.Lokk va boshqa fransuz olimlari tomonidan tashkil qilingan. Qobiliyatni rivojlantiruvchi anatomik - fiziologik xususiyatlar tug„ma bo„ladi.
Empatiya boshqa odamlarning psixik holtlarni tushunishni va ularga hamdardlik qilish qobiliyati (birgalikda dardlashmoq).
Perseptiv qobiliyat - idrok jarayonining asosiy tuzilishi bo„lib, idrok ob’ektlarini bilib olish va uning hotira obrazlari bilan solishtirishdan iborat.YA’ni idrok etish bog„chadagi bolaning oldiga kubiklar qo„yilgan rasmlar qo„yib chiqadi. Odamlarni solishtirish obrazi.
Didaktik qobiliyat - o„quvchilar bilan muloqot qilishda, pedagogika qonuniyati va uslublarini o„rganadi.
Konstruktiv - o„qituvchining o„z ishini rejalashtira olish qobiliyati.
Kommunikativ qobiliyat - boshqa odamlar bilan bo„ladigan muloqotni yaxshilaydigan va birgalikdagi faoliyatda psixologik qovushuvni ta’minlaydigan qobiliyat.
O„quvchi bilan o„zaro muloqotda bo„lish. Ba’zan falon domla biz bilan yomon munosabatda bo„ladi yoki bo„lmaydi.
Bilish qobiliyati - bilimni egallash va uni o„zlashtirishni ta’minlaydi.
Anglash (tushunish) qobiliyati - ayrim harakatlarni odam qiladi. O„zi anglab etib, ongli harakat qiladi.
Ko„p sonli o„qituvchi, tarbiyachi, maktab direktori, o„quv ishlari bo„yicha direktor o„rinbosari va internat xodimlaridan qobiliyat haqida: “SHaxsning qaysi sifatlarini Siz pedagogik qobiliyat deb hisoblaysiz?” - deb berilgan savolga 82 ta yozma javob olingan.
Sifatlarni quyida keltiramiz:
O„z ishiga muhabbat bilan ishlashga qiziqish.
YUqori madaniyatli auditoriyani ishlata olish.
O„tiladigan darsga qobiliyat, uni yaxshi bilishi, unga qiziqish.
Pedagogik takt (go„zallik) ga ega bo„lish.
Mehnatga qobiliyatli, mehnatsevarlik.
Bolalar jamoasiga kirishib ketish qobiliyati.
Bolalarga muxabbat.
Mehanatga ijodiy yondashish.
Javobgarlikni his qilish.
Harakatchan (energiyalik).
Tashkilotchilik qobiliyatlari.
Tarbiyaga oid bilimlar yaxlitligi.
O„qituvchi faoliyati yo„nalishlari quyidagi sohalarda aks etadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |