G‘oyaviy sohada: ilmiy dunyoqarash va e’tiqod; ijtimoiy ehtiyoj va axloqiy zaruriyatlarni chuqur tushunish; ijtimoiy va fuqarolik burchini anglash; ijtimoiy - siyosiy faollik.
Pedagog kasbi sohasida: o„quvchilarni sevish va ular bilan ishlashga qiziqish, pedagogik ishni sevish; ruhiy - pedagogik ziyraklik va kuzatuvchanlik, pedagogik takt, pedagogik tasavvur, tashkilotchilik qobiliyati; haqqoniylik; dilkashlik; talabchanlik; qat’iyatlilik; maqsadga intilish; vazminlik; o„zini tuta bilish; kasbiy layoqatlilik.
Bilish sohasida: keng ilmiy saviya, ma’naviy ehtiyoj va qiziqish, intellektual qiziqish, yangilikni his qila bilish; pedagogik ma’lumotlarni oshirishga intilish.
O„zbekiston mustaqilligi e’lon qilingan sana 1991 yil 31 avgust xalqimiz hayotida ulug„ voqealardan hisoblanadi. Endi xalqimiz o„zining boy tarixi, madaniyati, urf - odatlarini o„rganish, targ„ib qilish, o„zligini anglash imkoniyatiga ega bo„ldi. Bu voqeadan so„ng ko„p sonli o„qituvchilar jamoalari oldiga Vatan ravnaqi uchun hormay - tolmay xizmat qila oladigan, buyuk Vatan yo„lida o„z jonini ham ayamaydigan yoshlarni tarbiyalash vazifasi ko„ndalang qo„yildi. Bu vazifa oliy ta’lim konsepsiyasida alohida ta’kidlanadi. Bunda o„qituvchi - mutaxassis oldida turgan vazifalar quyidagicha belgilanadi:
Pedagogik bilishga o‘qituvchining barcha harakatlar majmuiga qarab, ular uning pedagogik faoliyatiga bog„liq bo„lgan, xususiyatlardan va uning kasbiy fanlardan bilimdonligidan kelib chiqadi. Pedagogik bilish qobiliyati:
O„qituvchiga xos bo„lgan bilimlarni o„qitish va tarbiya uslublarini yangi pedagogik sharoitda ham o„tkaza olish.
Har bir pedagogik holat uchun yangi echimlarni topa bilish.
Aniq pedagogik vaziyatlarda yangi pedagogik echimlarni va ideallarni taklif eta olish hamda yangisini echish uslublarini topa olish.
O„qituvchining bilish qobiliyatini Markova g„oyasiga ko„ra 7 guruhga bo„lish mumkin:
guruh: pedagogik vaziyatdagi muammoni ko„ra bilish va uni pedagogik masalaga aylantira bilish. Bu holda masalani o„quvchiga moslay olish; pedagogik holatning o„zgarishiga qarab, maqsadni zudlik bilan vaziyatga tomon yo„naltira bilish; turli xil og„ir vaziyatlardan ham mohirona chiqib keta bilish.
guruh: a) nimani o„rgatish; b) kimni o„qitish; v) qanday o„qitish.
o„quv fanining tayanch ideallarini fikr nuqtalariga ajrata olish, yangi sharoitlarni zamonaviy terminlar - atamalar, tushunchalardan foydalanib, o„quv fanini yangilash hamda turli-tuman axborotlarni (gazeta va jurnallar, radio va boshqalardan olingan ma’lumotlarni) tahlil qila bilish, o„z fanini boshqa fanlar bilan bog„lay olish.
kimni o„qitish, o„quvchilarning alohida ruhiy xolatlarini, bilimdonligini va ularning real imkoniyatlarini aniqlab, so„ng o„qitishga o„tish; o„quv jarayonini tashkil qilishdan oldin o„quvchilarning talab va istaklarini hisobga olish.
v) qanday o„qitish uchun har bir vaziyatni yaxshi anglab, har hil usullardan foydalanib o„qitish va hokazo.
guruh: pedagogik bilimdonlikning talabalar pedagogik, psixologik bilimlarini, yangi pedagogik tajribalarni bilish - bilmasligini bilgan holda, tinglovchilar va o„z mehnatini, o„zining tajribalarini baholab dars o„tish.
guruh: yuqori darajadagi muloqot uslublaridan foydalanish. Unga boshqaning dunyoqarashini bilish, uning shaxsiga to„g„ri munosabatda bo„lish va boshqalar kiradi.
guruh: bu asosan pedagogning o„z o„rnini bilgan xolda o„zining kasbiy o„rnini saqlay bilish, o„zining pedagogik qobiliyatini ishga solishi va o„stirish, o„zining emotsional holatlirini saqlay bilishi va hokazo.
guruh: o„z kasbi rivojlanish holatini bila olish, o„z individual stilini yaratish.
guruh: o„z o„quvchisining yil boshida va yil oxiridagi bilimlarini aniqlay olish, o„qitilganlikning alohida ko„rsatkichlarini topa bilish; o„qitilganlik va o„qitishning barcha tashkil etuvchilarini o„z vaqtida ishlab chiqa bilish. “Har kishida muloyimlik, xushmuamolalik bor bo„lsa, fayz, kamol topishidan o„zga ehtimol yo„q. Har kishi badf’el bo„lsa, beobro„ bo„lishdan boshqa chora yo„qdir. Xushfe’llik, muloyimlik hamma ne’matlarning yaxshirog„idir” (Voiz al - Koshifiy)
“Mutahassis malakasi - chuqur umumiy bilim, keng dunyoqarash va kasb tayyorgarligi, kompyuter bo„yicha savodxonligi, o„z bilimini tezlik bilan yangilash va to„ldira olish qobiliyati singari omillardan tashkil topadi... SHular qatorida uning intizomi, mas’uliyat, ziyolilik va o„z bilimini o„z ishiga, mamlakati mustaqilligiga, Vatan va jahon taraqqiyoti yo„lida ezgulik va adolatga sadoqat tuyg„ularini ham tarbiyalash zarur.”
Bu vazifa va talablar ayniqsa boshlang„ich sinf o„qituvchilarida to„la mujassamlangan bo„lishi lozim. Zero, maktabga ilk bor qadam qo„ygan bola
hayot qonun-qoidalarini, sir asrorlarini o„qituvchidan o„rganadi. Agar bolani chuqur bilimli, e’tiqodli, madaniyatli qilib tarbiyalamoqchi bo„lsak, shu fazilatlar o„qituvchida mujassam bo„lmog„i zarur. Biror kasbning haqiqiy ustasi bo„lish uchun kishida tabiiy qobiliyat, ma’lum jismoniy va ruhiy xislatlar jo bo„lishi zarur.
O„qituvchining maxsus kasbiy va ijtimoiy vazifalari. Xolis hakamlar - tarbiyalanuvchilar. Manfaatdor ota-onalar, keng ommasining ko„z oldida bo„lishi lozimligi o„qituvchi shaxsiga uning ma’naviy qiyofasiga yuksak talablarni taqdim qiladi. Eng avvalo, pedagog amaliy faoliyatining faqat yarmigina ratsional texnologiyaga asoslanganligini nazarda tutish kerak. Uning ikkinchi yarmi bu - san’at. SHu tufayli professional pedagogga taqdim qilinadigan dastlabki talab - unda pedagogik qobiliyatlar mavjudligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |