Kasbiy qobiliyat - odamning shunday psixologik xususiyatlaridirki, bilim, malaka orttirish shu xususiyatlarga bog„lik bo’ladi.
Odamning qobiliyatlari bilim va ko’nikmalarni egallashda muxim xisoblanadi. Bu bilim va ko’nikmalar egallandimi yoki yukmi - bularning xammasi, juda kup sharoitlarga boglikdir.
Qobiliyat tarakkiy etmay, so’lib ketishi ham mumkin. O’quvchida xali zarur ko’nikma va malakalar tizimi xamda mustaqil bilimlar va tarkib topgan ish uslublari yo’qligiga asoslanab, jiddiy tekshirmay shoshilinch ravjida unda qobiliyatlar yo’q deb xulosa chiqarish pedagogning jiddiy xatosi bo’ladi. Qobiliyatlar bilim, malakalar, ko’nikmalarda ko’rinmaydi, balki ularni egallash dinamikasida namoyon bo’ladi, ya’ni boshqacha aytganda mazkur faoliyat uchun muhim bo’lgan bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish jarayoni turli sharoitlarda qanchalik tez, chuqur, yengil va mustahkam amalga oshirishingizda namoyon buladi.
Demak, qobiliyat shaxsning faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblangan va bilim, ko’nikma xamda malakalarni egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo’ladigan indiviudal - psixologik xususiyatdir. Agar shaxsning ma’lum sifatlari yig„indisi odamning pedagogik jihatdan asoslab berilgan vaqt oraliqida egallagan faoliyati talablariga javob bersa, bu narsa bizga, unda mazkur faoliyatga nisbatan qobiliyati bor deb xulosa chiqarishga asos bo’ladi.
Qobiliyatlar taraqqiyotning yuksak bosqichiga iste’dod deb ataladi. Iste’dod deb odamga qandaydir murakkab mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli mustaqil va original tarzda bajarish imkonini beradigan qobiliyatlar uyushmasiga aytiladi. Iste’dod mahoratning dastlabki sharti bo’lib, lekin mahoratning o’zidan ancha uzoqdir. Moxir usta bo’lmoq uchun juda ko’p ishlash kerak, Iste’dod mehnatdan ozod qilmaydi, katta ijodiy va zo’r mehnatni taqazo qiladi. Iste’dodli kishilar shubhasiz meqnat orqali olamga mashhur bo’lgan mahorat darajasiga erishganlar.
«Ta’lim to„g’risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ta’lim sohasida amalga oshiriladigan ishlarning maqsadi, vazifalari va yo„nalishlarini belgilab berdi. Bu vazifalarni amalga oshirish, avvalo o„qituvchiga, uning bilimi va kasb mahoratining shakllanganlik darajasiga bog’liq. Zero, o„qituvchi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni nechog’lik vijdon, aql va pedagogik mahorat bilan bajarilishi jamiyat kelajagini ta’minlovchi muhim omildir.
Pedagogik mahorat asoslari fanining paydo bo„lishi buyuk pedagog A.S.Makarenko (1889-1939) nomi bilan bevosita bog’liq. U bolalar kalonnasidagi faoliyatida, ya’ni faqat tarbiyasini emas, ma’naviy qiyofasini ham yo„qotgan bolalar bilan ishlab, ularning benihoya hurmati va ishonchiga sazovor bo„ldi. Shaxsiy tarbiyaviy usuli bilan butun olamga mashhur bo„lganligining o„zi ham A.S.Makarenkoning yuksak pedagogik mahorat cho„qqisiga erishganligining yaqqol dalilidir. YuNESKO qarori bilan uning 100 yilligiga 1988 yil - «Makarenko yili» deb e’lon qilindi.
S.Makarenko bo„lajak pedagog talabalik davridayoq pedagogik mahorat sirlarini o„rganishi zarurligini ta’kidlab, shunday deydi: «Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazillashishni, quvnoq, jahldor bo‘lishni bilishi lozim, u o ‘zini shunday tutishi lozimki, uning har bir harakati tarbiyalasin.»1
Buyuk pedagogning bu fikriga Ukraina pedagogika instituti olimlari katta mas’uliyat bilan qarashdi. Ular bir necha yillar davomida Makarenko pedagogik mahorati maktabini, mavjud bo„lgan ilg’or nazariya va amaliyotni atroflicha tahlil qilishdi. Natijada 1979 yili «Pedagogik mahorat asoslari» fani yaratildi va u barcha pedagogika oliy o„quv yurtlarida o„qitila boshlandi. Bu fanning tuzilish printsipining o„ziga xosligi shundaki, u pedagogda shaxs va jamoaga ta’sir eta olishni ta’minlaydigan va turli fanlarga bog’liq bo„lgan bilimlarni tanlab, ularni o„zida mujassamlashtiradi. Shuning uchun ham fan dasturiga pedagogik mahorat mohiyati, o„quvchiga ta’sir etish vositalari va usullari kabi pedagogik mahoratning odatdagi masalalaridan tashqari, teatr pedagogikasi va notiqlik san’ati haqidagi ma’lumotlar ham kiritilgan. Bu fanni o„rganish pedagogika, psixologiya, metodika va boshqa pedagogik fanlardan egallangan bilimlarga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |