Qishloq xo’jalik mahsulotlarini sotishdan olingan yalpi foydaning omilli tahlili.
Foyda ishlab chiqarish jarayonida tashkil topadi, ammo u tovarlar sotilgandan keyin aniq namoyon bo’ladi, yuzaga keladi.
Sotilgan mahsulotlarning har bir turi bo’yicha yalpi foydani aniqlash uchun sotishdan tushgan sof tushumdan sotilgan mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxini chegirib tashlash kerak, yahni yalpi foydani quyidagi formuladan foydalanib aniqlash mumkin:
q’-qz.
Bunda: q-sotilgan mahsulotning miqdori, ts hisobida;
‘-1 ts mahsulotning o’rtacha bahosi, so’m hisobida;
z-1 ts mahsulotning tannarxi, so’m hisobida;
q’-mahsulot sotishdan olingan sof pul tushumi, ming yoki so’m hisobida;
qz-sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi, ming yoki so’m hisobida
Hisobot yilidagi yalpi foyda hajmini biznes-reja bo’yicha ko’zda tutilgan foyda summasiga yoki bazis yilidagi foyda summasiga solishtirib, uning mutloq va nisbiy o’zgarishi aniqlanadi. Boshqacha aytganda hisobot yilidagi foydadan bazis yilidagi yoki rejalashtirilgan foyda summasini ayirib, uning o’zgarishi (ko’payganligi yoki kamayganligi) aniqlanadi.
Hisobot yilida mahsulot sotishdan olingan yalpi foydaning bazis yiliga yoki rejaga nisbatan o’zgarishini (ko’payishini yoki kamayishini) quyidagi formuladan foydalanib aniqlash mumkin:
( q1’1 - q1z1 ) - ( q0’0 - q0z0 ) = ∆q ‘ z
Ҳисобот йилидаги
фойда
Базис йилидаги фойда
Фойда ўзгариши
Ushbu formuladan ko’rinib turibdiki mahsulotni sotishdan olingan yalpi foydaning o’zgarishi bevosita quyidagi uch omil tahsiri ostida yuzaga keladi:
Sotilgan mahsulot miqdorining o’zgarishi;
1 ts mahsulotning o’rtacha sotish bahosining o’zgarishi;
1 ts maxsulotning o’rtacha ishlab chiqarish tannarxining o’zgarishi.
Yalpi foydaning o’zgarishiga omillarning tahsiri «Ko’rsatkichlar farqi» va «Zanjirli bog’lanish» usullari yordamida aniqladik. Biz quyida keltirilgan yalpi foydaning o’zgarishiga ushbu omillarning tahsirini «Ko’rsatkichlar farqi» va «Zanjirli bog’lanish» usullari yordamida aniqlanadi.
Hisobot yilida mahsulotni sotishdan olingan haqiqiy yalpi foydaning bazis yilidagi yalpi foydaga nisbatan o’zgarishiga omillarning tahsirini aniqlash tartibi (usuli) hisobot yilidagi haqiqiy yalpi foydaning rejalashtirilgan yalpi foydaga nisbatan o’zgarishiga omillarning tahsirini aniqlash tartibi (usuli) dan farq qilmaydi. Unisida ham, bunisida ham tavsiya qilingan formulalardan foydalanib tahlil qilinadi.
SHuning uchun bu yerda yalpi foyda dinamikasining omilli tahlili bayon qilindi. Tahlilda «Ko’rsatkichlar farqi» usulidan foydalanildi.
Tahlil Q. Rajabov shirkat xujaligi misolida amalga oshirildi.
Mahsulotni sotishdan olingan yalpi foydaning omilli tahlili uchun zarur bo’lgan mahlumotlar quyidagi 30-jadvalda keltirildi.
Bug’doyni sotishdan olingan yalpi foydaning tahlili uchun zarur bo’lgan mahlumotlar (Paxtachi tumani Q. Rajabov nomli shirkat xo’jaligi hisobot mahlumotlari).
Do'stlaringiz bilan baham: |