Chaetognatha
) kiradi.
Qiljag‘lilaming ко‘pchilik qismi planktonda, faqat ayrim turlari bentos-
da hayot kechiradi. Ular tanasini orqadan qorin tomonga tez-tez egib suzib
yuradi. QUjag‘lilar yirtqich hayvonlar, asosan plankton organizmlar bilan
oziqlanadi. 50 dan ortiq turi ma’lum. Uzunligi 1 sm dan 10 sm gacha bo‘ladi.
Tashqi tuzilishi. Tanasi tiniq shishasimon. Tashqi ko'rinishi qis-
man baliq chavoqlariga o‘xshaydi. Tanasining oldingi va keyingi tomoni
biroz siqilgan. Terisi orqa va yon tomonlardan orqa va yon suzgichlami
hosil qiladi. Hayvonlarning tanasi bosh, gavda va dum qismlarga
bo‘lingan. Bosh qismi ustki va yon tomonlardan ikki qavat yoping'ich
bilan qoplangan. Tanasining ko‘p qavatli epiteliy bilan qoplanganligi ul-
ami boshqa umurtqasiz hayvonlardan farq qiluvchi belgi hisoblanadi.
Epiteliy ostida ko‘ndalang yo‘lli bo‘ylama muskullar joylashgan. Musk-
ullaming ostida joylashgan ichki epiteliy qavati tana bo‘shlig‘ini o'rab
turadi.
Hazm qilish sistemasi tanasining oldingi uchida joylashgan og‘iz
teshigidan boshlanadi. To‘g ‘ri nayga o ‘xshash ichagi gavdasi bilan dumi
o ‘rtasidagi anal teshigi bilan tashqariga ochiladi (210-rasm). Og‘iz teshigini
yon tomondan harakatchan ikki qator joylashgan xitin ilmoqchalar o ‘rab
turadi. Mezenteriy to'siq tana bo‘shlig‘ini uzunasiga chap va o ‘ng qism
larga bo‘lib turadi.
Nerv sistemasi halqumusti va halqumosti nerv gangliylari hamda
ichak ostida joylashgan, kuchli rivojlangan qorin nerv zanjiridan iborat.
Halqumosti va halqumusti gangliylar miyani hosil qiladi. Qorin nerv zan
jiridan tana devoriga 12 juft nervlar chiqadi.
Miyasi ustida bir juft mayda ko'zlari joylashgan. Har bir ko‘z uchta
juda mayda ko‘zchalardan iborat. Boshining ko‘zlardan orqaroqda joy
lashgan, xilpirovchi epiteliy bilan qoplangan qismi hid bilish organi hiso
blanadi. Epiteliy bo‘rtiqchalari tuyg'u vazifasini bajaradi.
Jinsiy sistemasi. Qiljag‘lilar germafrodit. Jinsiy organlari juft bo‘ladi.
Urg‘ochilik jinsiy organlari gavdasining keyingi qismida, erkaklik jinsiy
456
210-rasm. QiljagTilar.
A - tuzilishi (qorin tomondan ko'rinishi). В - rivojlanishi: 1 - miya, 2 - halqum atrofi
konnektivi, 3 - qorin gangliy, 4 - nervlar, 5 - selom, 6 - ichak, 7 - tuxumdon, 8 - tuxum
yo‘li, 9 - anus, 10 - urag'don, 11 - urug‘ yo'li, 12 - dumsuzgich, 13 - bosh bezi,
14-xitinliilmoqlar, 15,16-erkaklikvaurg'ochilik jinsiy teshiklari, 17-birlam chi jinsiy
hujayralar, 18 -blastopor, 19-birlam chiichakningyono‘simtalari(selomboshlangichi),
2 0 - ikkilamchi og'iz.
organlari esa dum qismida bo‘ladi. Tuxumdonlar orqa ichagining ikki yonida
joylashgan. Urug‘donlar dum bo‘shlig‘ining ikki yon bo‘limida bo‘ladi.
Yetilgan urug'lar dastlab selomga tushadi, u yerdan ikkita urug‘ yo'li orqali
dumining ikki yonida tashqi muhitga chiqariladi. Har qaysi urug1 yo‘li
457
kengayib, bittadan urug‘ pufagini hosil qiladi. Urug‘ pufaklarida urug‘
hujayralari to'planadi. Faqat jinsiy ko'payadi.
Rivojlanishi. Tuxum hujayrasi bir tekis bo‘linib blastulani, so‘ngra
invaginatsiya yo'li bilan gastrulani hosil qiladi. Mezodermasi enterotsel
usulda ichakdan hosil bo‘ladi. Selom bo‘shlig‘i ichakning ikki yonidagi
bo‘rtiq xaltachalar shaklida bo‘ladi. Hosil bo'lgan ikkita selomning har
biii ko'ndalangiga bo'linib, bosh va gavda selomlarini hosil qiladi. Blasto
por bekilib, uning qarshisida haqiqiy og‘iz teshigi ochiladi.
Qiljag‘lilarning kelib chiqishi va hayvonot dunyosida tutgan o ‘mi hozir-
gacha uzil-kesil aniqlanmagan.
ADABIYOTLAR
1. Abrikosov G.G. Kurs zoologii. V 2 tomax. Т о т . 1, zoologiya
bespozvonochnix. M. “Visshaya shkola”, 1966,552 s.
2. Averensev C.V. Zoologiya bespozvonochnix. М., “Sovetskaya nauka”,
1962,464 s.
3. Alirauxamedov S.N., Adashkevich B., Odilov Z., Xo'jaev Sh. Fo'zani
biologikusuldahimoya qilish. T„ “Mehnat”, 1990,173 b.
4. Dogel'V.A. Zoologiya bespozvonochnix. М., “Visshaya shkola”, 1981,
606 s.
5. Jizn jivotnix, V 6 tomax. T. 1,2,3, М., “Prosveshenie”, 1968,1969.
Do'stlaringiz bilan baham: |