pinnullalar qator bo‘lib joylashgan. Pinnullalar paypaslagichlararo
bo‘shliqda qalin to‘r hosil qiladi. Pinnullalar asosidagi kiprikchalaming
harakati tufayli suv paypaslagichlar o ‘rtasidagi bo‘shliq orqali o'tadi. Bu
bo'shliq ichak, pinnullalar esa ichak vorsinkalari vazifasini o ‘taydi. Su-
vdagi turli oziq moddalar, xususan mayda plankton organizmlar va detrit
pinnullalar hosil qilgan to ‘rda tutilib qoladi; shu yerda hazm bo'lib, pinnul
lalar orqali so‘riladi. Har bir pinnulla bitta yadroli uzun epiteliy hujayrasidan
iborat. Pinnullaning ichida ingichka kapillyar naychasi boiadi. Pinnulla
ichiga qon kelib turadi. Shunday qilib, oziq moddalar pogonoforalar ta-
nasidan tashqarida hazm bo‘ladi.
Qon aylanish sistemasi
yopiq, orqa va qorin qon tomirlari bo'ladi.
Paypaslagichlarining asosida orqa qon tomiri kengayib, muskuffi “yurak”ni
hosil qiladi. Ayrim pogonoforalaming orqa qon tomiri ustida perikardiy
pufakchasi ham bo‘ladi. Qon orqa qon tomirdan tananing oldingi tomoni-
ga oqadi. Orqa qon tomiridan paypaslagichlarga qon tomirlari ketadi.'
Paypaslagichlardan qon olib chiqadigan tomirlar tutashib, qorin qon
tomirlarini hosil qiladi. Plazmasidagi gemoglobin tufayli qon qizil rangli
bo‘ladi.
Ayirish organlari.
Birinchi tana bo‘g ‘imida bir juft yaxshi rivojlan
gan buyraldar joylashgan. Ikkinchi bo‘g‘imining ayirish organlaribo'lmaydi.
Uchinchi tana bo‘g‘imida bir juft ayirish organlari jinsiy bezlarining chiqarish
yo ‘li vazifasini bajaradi.
Nerv sistemasi
chala xordalilarga o ‘xshash sodda tuzilgan bo‘lib,
teri epiteliysida joylashgan. Qorin nerv tugunlari to‘plamidan iborat
miyasi bosh tomonida joylashgan. Miyadan qorin nerv zanjiri va pay
p aslagichlarga ketadigan nervlar boshlanadi. Sezgi o rg anlari
rivojlanmagan.
Jinsiy sistemasi.
Pogonoforalar ayrim jinsli, lekin jinsiy dimor-
fizm rivojlanmagan. Jinsiy organlari uchinchi tana bo‘limida joylash
gan. Erkaklarida gavda bo‘limining keyingi qismida bir juft urug‘ xal-
454
talari b o ‘ladi. Urug‘ xaltalari urug‘ yo‘llari (ayirish organlari) orqali
gavdaning oldingi qismiga ochiladi. Urug‘ y o ‘llarida spermatoforalar
shakllanadi. U rg‘ochilarining bir juft tuxumdonlari ta n ab o ‘g ‘imining
oldingi qismida joylashgan. Urug‘ y o ilari tana bo ‘g ‘imining o ‘rta
qismiga ochiladi.
Rivojlanishi. Tuxumlari urg'ochisi jinsiy yo‘lida rivojlanadi. Tuxum
hujayrasining notekis spiral usulda maydalanishi natijasida ikki xil: katta
va mayda blastomerli murtak hosil bo‘ladi. Mayda blastomerlar rnurtakning
ektodermasini, yirik blastomerlar endodermasini hosil qiladi. Endoderma-
da paydo bo‘lgan bo‘shliq birlamchi ichakni hosil qiladi. Ichakdan ajralib
chiqadigan mezodermal xaltachadan birlamchi selom hosil bo‘ladi. Bu
selomni orqa tomonga qarab o ‘sishi va bo‘g‘imlarga bo‘linishi natijasida,
dastlab to‘rtinchi gavda bo‘g ‘imi, eng so‘nggida birinchi (oldingi) bo‘g ‘im
shakllanadi. Selom hosil bo'lgandan so'ng qolgan birlamchi ichak hu-
jayralari о ‘rta ichakni hosil qilmaydi, balki embrional rivojlanishning so‘nggi
davrlarida so‘rilib ketadi. Oldingi va keyingi kiprikli belbog‘chalar rivoj-
langandan so‘ng lichinka suvga chiqadi, lekin erkin suzib yurmasdan, suv
tubiga cho‘kadi va o ‘ziga in qurib olib, voyaga yetadi. Pogonoforalaming
erkin suzib yuruvchi lichinkasi bo‘lmaydi.
Filogeniyasi. 0 ‘troq hayot kechirishi tufayli pogonoforalaming tashqi
ko‘rinishi o ‘troq yashovchi halqali chuvalchanglarga о ‘xshash bo‘ladi.
Bunday konvergent o ‘xshashlik tufayli ayrim zoologlar pogonoforalami
o ‘troq yashovchi ko‘p tukli halqalilarga kiritishgan. Pogonoforalaming
mzilishidagi ayrim belgilar, xususan xitin hosil qilishi va paypaslagichlam-
ing bo'lishi ulami ko‘p tukli halqalilar, exiuridlar, mollyuskalar, paypaslagich-
lilar yoxud qiljag‘lilarga yaqinlashtiradi. Ikkinchi tomondan selomni en-
terotsel yo‘l bilan kelib chiqishi, bir juft oldingi selom xaltalarining asim-
metrik yo‘l bilan hosil bo'lishi, oldingi selomdan perikardiyning shakllan-
ishi pogonoforalami yelkaoyoqlilar, qiljag‘lilar va ikkilamchi og‘izlilar bi
lan yaqinlashtiradi.
455
QILJAG‘LILAR (CHAETOGNATHA) TIPI
Qiljag ‘Шаг boshqa hayvonlardan tuzilishi bilan keskin farq qiladigan
o ‘ziga xos guruh hisoblanadi. Ular dengiz planktoni tarkibida uchraydi.
Embrional rivojlanish xususiyadari ikkilamchi og'izlilarga o'xshash bo‘ladi.
Tipga bitta sinf - qiljag'lilar (