98–Rasm.Turkiston qayini
A-mevali novdasi, B-bargi, V-gul kosachasi.
Barglari tuxumsimon, o‘tkir uchli, tub qismi ponasimon yoki to‘mtoq, cheti butun. Bu qayin urug‘dan yaxshi ko‘payadi, tez o‘sadi. Qayinning yog‘ochi oq rangda, zich, pishiq bo‘lib, undan har xil buyumlar ishlanadi. U yorug‘sevar, issiqqa va sovuqqa, havoning ifloslanishiga chidamli daraxt. U tog‘ vodiylarida, daryo bo‘ylarida o‘sadi. Tyan-Shanda, Pomir-Oloyda, Jung‘oriya Ola- tovida uchraydi. U nihoyatda go‘zal daraxt bo‘lganligidan ko‘ka-lamzorlashtirish uchun aholi yashash joylaridagi parklarga va ko‘chalarga ekish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |