T yan-Shan qayini (Betula tianschanica Rupr.) kichikroq daraxt bo‘lib, balandligi 5-6 m, ko‘p tanali yoki sershox, keng shox- shabba hosil qiladi. Barglari tuxumsimon yoki cho‘ziq-tuxumsimon, ba’zi vaqtlarda tuxumsimon, rombsimon, o‘tkir uchli, tubi keng ponasimon. Bargining har ikkala tomoni va bandi tuksiz. Bu qayin urug‘idan yaxshi ko‘payadi. Tyan-Shan qayini Jung‘oriya Olatov- ida, Tyan-Shanda dengiz sathidan 1800 m balandlikda o‘sadi. Shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish uchun ekish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |