Q ora qandag‘och (Alnus glutinosa Gaertn.) balandligi 30 m ga etadigan daraxt, tanasining po‘stlog‘i to‘q-qo‘ng‘ir rangda, katta yoshida po‘stlog‘i yoriladi. Shox-shabbasi tuxumsimon. Barglari yumaloq yoki teskari tuxumsimon, uchki tomoni to‘mtoq yoki kesik, cheti yirik tishchali. Qora qandag‘och aprel oyining boshlarida barg yozish bilan bir vaqtda gullaydi, mevasi kuzda- oktabr oyida etiladi. Urug‘i tez unib chiqadi. U to‘nkasidan ko‘karadi va ildizidan bachkilaydi, 130 yilgacha yashaydi. MDH ning shimoliy xududlarida, G‘arbiy Sibirda, janubiy dasht zonasida daryo qirg‘oqlarida o‘sadi. Qrim va Кavkazda uchraydi, Кichik Osiyoda va Shimoliy Afrikada ham o‘sadi.
Qora qandag‘och nam va serunum tuproqli erlarda yaxshi o‘sadi. U daryo sohillarida o‘rmonzorlar hosil qiladi. Suv toshqiniga chidamli, soyasevar daraxt. Yog‘ochi duradgorlikda katta aha- miyatga ega. Po‘stlog‘ida oshlovchi va bo‘yoq moddalar bor. Barglaridan tibbiyotda ishlatiladigan dori olinadi. Uni ko‘kalam- zorlash-tirish maqsadlari uchun ekish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |