Кavkaz grabi (Carpinus caucasica Gross.) balandligi 25-30 m, diametri 1 m li daraxt. Tanasi sershox, keng shox-shabbali. Bu grab urug‘ idan ko‘payadi. O‘q va yon ildizlari yaxshi rivojlangan bo‘ladi.Кavkaz grabi tog‘li rayonlarda dengiz sathidan 2000 m gacha baland bo‘lgan erlarda o‘sadi. Soyasevar, qattiq sovuqqa chidamsiz daraxt.
Unumdor erlarda yaxshi o‘sadi. Asosan o‘rmon– dasht zonasida, o‘rmon zonasida o‘sadi. Quruq va botqoq tuproq- larda o‘sa olmaydi. Кavkaz va Qrimdagi o‘rmonli rayonlarda tarqalgan. Кichik Osiyoda, Eronda va Turkiyada ham uchraydi. U Ukrainada va Markaziy Osiyo respublikalarida qisman ekiladi. Turli kasalliklarga, hasharotlar ta’siriga chidamli. Nihoyatda xushman- zara daraxt. Uni shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish va ihota o‘rmon qatorlari barpo etish uchun ekish tavsiya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |