Tuzuklik- bunda buyumning texnik parametrlari normativ texnik hujjatlarining barcha talablarini qoniqtiradi. Nosozlik- bunda buyumning texnik parametrlari texnik hujjatlarning hech bo’lmaganda bita talabiga javob bermaydi. Tuzuklik tushunchasi ishga yaroqlilik tushunchasidan kengroqdir. Ishga yaroqli buyum nosoz bo’lishi mumkin. Ishlash qobiliyati- buyumning texnik hujjatlar tomonidan qo’yilgan funksiyalarni bajara olishi. Kompressor agregatining, mashinaning ishlash qobiliyati, sovitish unumdorligi, iste’mol ilayotgan quvvati, shovqin va titrash darajalari bilan aniqlanadi. Buyum tuzukligini buzilish hodisasi zararlanish deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |