Kapital ta’mirning o’rtacha operativ ish hajmi - qurilmaning ta’mirlashga moslashganligini xarakterlaydi va kapital ta’mirga sarflanadigan mehnat bilan baholanadi. Kapital ta’mir deb, buyum sozligini va resursini to’liq tiklash uchun uning qismlarini tiklash va almashtirish yordamida bajariladigan ta’mirga aytiladi. Texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlarning birgalikdagi solishtirma operativ ish hajmi – ta’mir siklidagi barcha ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatishlarning ish hajmi yig’indisining kapital ta’mirgacha bo’lgan resursga nisbati bilan aniqlanadi. Mashina va jihozlarninng puxtaligini quyidagi konstruktiv va texnologik usullar bilan oshiriladi: detallarning boshlang’ich optimal zazorlarini (tirqish) ta’minlovchi o’lchamlari va formalari tanlanadi, moylarning xususiyatlari yaxshilangan turlari ishlatiladi, ishlab chiqarish uchun yuqori sifatli materiallar tanlanadi,
Do'stlaringiz bilan baham: |