Ta’mirlanuvchanlik (remontoprigodnost) - buyumning nosozliklarini texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash orqali aniqlash va bartaraf qilishga moslashganligi. Saqlanuvchanlik (soxranyayemost) – buyumning saqlash va transportirovka qilish mobaynida doim o’zining sozligini va ishlash qobiliyatini saqlab qolish xususiyati. Puxtalik ko’rsatkichlarining oshirilishi ishga yaroqsizlik oqibatida vujudga kelishi mimkin bo’lgan moddiy zararni kamaytiradi, ekspluatatsiya davomida unga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlashning sarf-xarajatlarini kamaytiradi. Shu bilan birga puxtalik ko’rsatgichlari – ishdan chiqmaslik, uzoq ishlash, tamirlanuvchanlikni oshirish qurilmalarni ishlab chiqarish harajatlarini va buyumning tannarxini oshishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |