Ishdan chiqishlar intensivligi – ma’lum vaqt intervalidagi nuqsonlar sonining shu interval boshida soz holda bo’lgan tiklanmaydigan buyumlar soniga nisbatiga teng. Ko’rsatkichning fizik ma’nosi qisqa vaqt birligi ichida ishdan chiqish ehtimolligini bildiradi. Resurs – buyumning texnik hujjatlarda ko’rsatilgan chegaraviy holatigacha ishlash vaqtining yig’indisi. Gamma foizli resurs – buyumning chegaraviy holatgacha ishlamaslik ehtimolligi gamma, % larda ifodalanadi. Belgilangan resurs – buyumning ish vaqtining yig’indisi, bunda texnik holatidan qat’iy nazar uning ekspluatatsiyasi to’xtatiladi. Royxatdan chiqarishgacha xizmat muddati – buyumning chegaraviy holatga yetganda royhatdan chiqarilguncha bo’lgan ekspluatatsiya davomiyligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |