Pul-kredit orqali tartibga solish
. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
pul-kredit orqali respublika iqtisodiyotini muomaladagi pul massasining miqdori va
strukturasini tartibga solib turuvchi idora hisoblanadi.
O‘zbekiston
Respublikasi
Markaziy
banki
belgilangan
tartibda
tasdiqlanadigan Davlat pul-kredit siyosatining bosh yo‘nalishlari asosida pul
massasi hajmi va strukturasini tartibga soladi.
Muomaladagi pul massasini tartibga solish tijorat banklariga beriladigan
kreditlarning miqdorini o‘zgartirish, qimmatli qog‘ozlarni va chet el valyutasini
xarid qilish va sotish, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banklarida
joylashtiriladigan tijorat banklarining majburiy rezervlari normasini hamda foiz
stavkalarini o‘zgartirish yo‘llari orqali amalga oshiriladi.
44
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki tijorat banklari uchun oxirgi
bo‘g‘in kreditor bo‘lib hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi jamlama pul oboroti hajmlarini, pul va davlatning
boshqa qimmatbaho qog‘ozlar emissiyasini mustaqil belgilaydi.
Naqd pul muomalasi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hududlarda naqd pullarning
zaxirasini shakllantirish hamda muomalaga chiqarilmagan naqd pullarni saqlash
maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘yicha Bosh boshqarmalarida
(bundan buyon matnda Bosh boshqarmalar deb yuritiladi) zaxira jamg‘armalarini
tashkil etadi.
2. Tijorat banklari va ularning filiallari (bundan buyon matnda banklar deb
yuritiladi) mijozlarning naqd pullarga bo‘lgan talabini o‘z vaqtida qondirish uchun
majburiy tartibda aylanma kassalarini, shuningdek naqd pullar zaxirasini tashkil
etadilar.
3. Ushbu Yo‘riqnomada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
naqd pullar — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan
muomalaga kiritilgan banknotlar va tangalar;
naqd pul muomalasi — tovar va xizmatlar uchun, shuningdek aholi, xo‘jalik
yurituvchi subyektlar va banklar o‘rtasidagi hisob-kitoblarni amalga oshirishda
banknot va tanga ko‘rinishida naqd pullarning uzluksiz harakati;
minimal limit — banklarda naqd pul zaxirasi qoldig‘ining quyi chegarasi
bo‘yicha belgilanadigan me’yor;
maksimal limit — Bosh boshqarmalar Hisob-kitob kassa markazlari (bundan
buyon matnda HKKM deb yuritiladi) hamda banklar aylanma kassalarida kun
oxirida qolishi mumkin bo‘lgan naqd pul qoldig‘ining eng yuqori chegarasini
belgilaydigan me’yor;
naqd pullarning zaxira jamg‘armasi — tegishli hududdagi banklarni yetarli
miqdorda naqd pullar bilan ta’minlash maqsadida Bosh boshqarmalarda tashkil
etilgan banknotlar va tangalarning zaxirasi;
45
naqd pul zaxirasi — aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning naqd pulga
bo‘lgan talablarini o‘z vaqtida va to‘liq qondirilishini ta’minlash maqsadida
banklarda tashkil etilgan banknot va tangalarning zaxirasi;
naqd pullar kirimi — bank kassalariga banknot va tanga ko‘rinishidagi naqd
pullarning tegishli hujjatlar asosida qabul qilinishi;
naqd pullar chiqimi — bank kassalaridan banknot va tanga ko‘rinishidagi
naqd pullarning tegishli hujjatlar asosida chiqim qilinishi;
madad pullari — banklarning aylanma kassalarini Bosh boshqarmalarning
HKKM aylanma kassalaridagi, zarur hollarda zaxira jamg‘armalaridagi naqd pullar
hisobidan ta’minlash;
kassa ramzlari — bank kassalari orqali naqd pullarning kirim manbalari va
chiqimi maqsadlari bo‘yicha tahlil qilish, shuningdek banklararo naqd pullar
harakatini aks ettirishda foydalaniladigan ramzlar to‘plami.
Naqd pul muomalasini tashkil etish
4. Banklar naqd pul muomalasining holatini muntazam ravishda o‘rganadilar
va tahlil qiladilar, shuningdek aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning naqd pulga
bo‘lgan talablari o‘z vaqtida qondirilishini ta’minlaydilar.
5. Banklar:
−
bank kassalarida amalga oshirilgan naqd pullarning kirim va chiqim
amaliyotlarini tahlil qilishda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi
tomonidan tasdiqlanadigan kassa ramzlaridan foydalanadilar;
−
bank kassalariga kirim qilingan naqd pullarni filiallar, mijozlar va kirim
manbalari bo‘yicha doimiy ravishda monitoring qilib boradilar;
−
naqd pullar zaxirasini tashkil etadilar va zarur bo‘lganda ulardan
foydalanadilar;
−
mijozlarning naqd pulga bo‘lgan talablarini amalga oshirish uchun bank
kassalarida naqd pullarning yetarli miqdorda bo‘lishini ta’minlash choralarini
ko‘radilar.
6. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar naqd pul tushumlarini bankka topshirish
tartibi va muddatini hamda ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar uchun naqd
46
pullarni bank kassasidan olish muddatini, shuningdek o‘z kassasida kun oxirida
qolishi mumkin bo‘lgan naqd pul qoldig‘iga limitni belgilash bo‘yicha har yilning
yanvar oyi mobaynida, yangi hisobvaraq ochgan mijozlar keyingi oydan
kechikmasdan,
mazkur
Yo‘riqnomaning
1-ilovasidagi
hisob-kitob
ma’lumotnomasini ikki nusxada to‘ldirgan holda xizmat ko‘rsatuvchi bankka
taqdim etadilar.
Bank tomonidan ushbu hisob-kitob ma’lumotnomasi xo‘jalik yurituvchi
subyekt rahbari bilan birgalikda kelishilgan holda to‘ldirilgandan so‘ng bank muhri
bosilib, ushbu ma’lumotnomaning bir nusxasi xo‘jalik yurituvchi subyektga
qaytariladi va ikkinchi nusxasi bankning naqd pul muomalasi bo‘limi (mas’ul
xodim)da har yil uchun alohida tarzda yig‘ib boriladi.
Mazkur hisob-kitob ma’lumotnomasining almashinishi xo‘jalik yurituvchi
subyekt va bank o‘rtasida elektron shaklda amalga oshirilishi ham mumkin.
7. Banklar naqd pul muomalasining holatini hamda bu holatni tavsiflovchi
ko‘rsatkichlarni tahlil qilish asosida naqd pullarning bank kassalariga kelib tushishi,
aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning naqd pulga bo‘lgan talablarini o‘z
vaqtida qondirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqishlari hamda mahalliy davlat
hokimiyati organlariga kiritishlari mumkin.
8. Bosh boshqarmalar zimmasiga tegishli hududda naqd pul muomalasiga doir
ishlarni tashkil etish hamda banklarning bu boradagi faoliyatini monitoring qilgan
holda muvofiqlashtirish va tartibga solish vazifasi yuklatiladi.
9. Bosh boshqarmalar:
−
tegishli hududda naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etadilar va
uning samarali tarzda amalga oshirilishini ta’minlaydilar;
−
tegishli hududda naqd pul muomalasining holatini o‘rganadilar,
banklarning kassa aylanmalarini, shuningdek naqd pul muomalasining holatini
tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni jamlaydilar va tahlil qiladilar, naqd pul muomalasini
tartibga solishga va banklarning faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf
etishga doir ko‘rsatmalar beradilar;
−
zarur hollarda naqd pullarning bank kassalariga kelib tushishi va naqd
47
puldagi to‘lovlarning belgilangan muddatlarda to‘lanishi bo‘yicha asoslangan
takliflarni tayyorlab, mahalliy davlat boshqaruvi organlari muhokamasiga
kiritadilar;
−
tegishli hududdagi aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning naqd pulga
bo‘lgan talabi o‘z vaqtida qondirilishini ta’minlash maqsadida banklar o‘rtasida
naqd pullarni qayta taqsimlaydilar.
48
Do'stlaringiz bilan baham: |