Mavzu: pul taklifi


Raqamli iqtisodiyot rivojlangan davlatlarda YAIM hajmi ham, YAIMning aholi son boshiga ulushi ham yuqoridir



Download 0,76 Mb.
bet7/10
Sana09.07.2022
Hajmi0,76 Mb.
#766307
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Muhammadjonov A Пул таклифи (lotin)

Raqamli iqtisodiyot rivojlangan davlatlarda YAIM hajmi ham, YAIMning aholi son boshiga ulushi ham yuqoridir. Shu jihatdan, davlatimiz rahbarining bu masalaga katta e’tibor qaratishi bir maqsadni ko‘zlaydi, u ham bo‘lsa, birinchidan, aholining yashash darajasini yuksaltirish, ikkinchidan, aholining real daromadlarini oshirish va xalqimizni rozi qilishdir.
Ekspertlarning fikricha, 2020 yildan boshlab yirik banklarning qariyb 30 foizidan ortig‘i o‘zlarining ish faoliyatida blokcheyn texnologiyasidan foydalanishni boshlab yuborishdi. Bunga blokcheyn texnologiyasining nisbatan endigina yaratilganiga qaramasdan, uning mavjud biznes jarayonlardagi inqilobiy o‘zgarishlarni qamrab olgani moliya bozorlari ishtirokchilari orasida ulkan qiziqish uyg‘otganini sabab qilib ko‘rsatish mumkin.
Ma’lumki, bugungi kunda raqamli iqtisodiyot qo‘shimcha qiymat yaratishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Turli xil algoritmlar, jarayonlar va raqamli axborotlar korporativ biznesning strategik rivojlanishida asosiy hal qiluvchi kuchga ega bo‘lmoqda. Raqamli nomoliyaviy omillar banklarning raqobatbardoshligini belgilab bermoqda, samaradorligiga ta’sir ko‘rsatyapti.
Raqamli texnologiyalar rivojlanishi oxir-oqibat nomoddiy aktivlar, ya’ni fizik jihatdan mavjud bo‘lmagan nomonetar aktivlar oshishiga olib kelmoqda. Masalan, 1975 yilda Amerikaning yirik korporatsiyalari nomoddiy aktivlari 17 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2019 yilga kelib, bu ko‘rsatkich 85 foizdan ortdi. Aniqroq tuShuntiradigan bo‘lsak, buxgalteriya balansidagi moddiy va nomoddiy aktivlar o‘rni almashdi.
Taraqqiy etgan mamlakatlar, xususan, AQSH va YAponiya mamlakatlarining tajribasi Shuni ko‘rsatadiki, pullar taklifini tartibga solish amaliyotini takomillashtirish inflyasiya darajasining o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash imkonini beradi va Shu tufayli makroiqtisodiy o‘sish sur’atlarining barqarorligini ta’minlashning zaruriy sharti hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning zamonaviy, innovatsion rivojlanishini ta’minlash bosqichida pullar taklifini tartibga solish amaliyotini takomillashtirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. CHunonchi, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ilg‘or xalqaro tajribada qo‘llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish vazifasi qo‘yilgan (Farmon, 2017). Buning ustiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi PF-5177-sonli “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi choratadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida Davlat byudjetining mutanosibligini ta’minlash orqali pul massasi haddan ziyod o‘sishining oldini olish valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilgan (Farmon, 2017). Biroq, respublikamizda pullar taklifini tartibga solish borasida bir qator echimini kutayotgan muammolar mavjud. Ana Shunday muammolardan biri bo‘lib, pul massasining o‘sish sur’atining yuqori ekanligi hisoblanadi. 2017 yilda pul massasining o‘sish sur’ati (M2 pul agregati bo‘yicha) 2016 yilga nisbatan 40,2 foizni tashkil etdi1 . Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ochiq bozor operatsiyalarining mavjud emasligi pul taklifini tartibga solish amaliyotini takomillashtirishga to‘sqinlik qilmoqda. Umuman olganda, O‘zbekiston Respublikasida pullar taklifini tartibga solish amaliyotini takomillashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarning mavjudligi va ularni hal qilishga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishning zarurligi bu borada tadqiqot olib borish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Pul taklifini tartibga solish masalasi iqtisodchi olimlar tomonidan chuqur va atroflicha tadqiq qilingan hamda bir qator ilmiy xulosalar shakllantirilgan. Tobinning (2010) q deb nomlangan nazariyasiga ko‘ra, pul-kredit siyosati aksiyalar narxlari orqali iqtisodiyotga qanday ta’sir qilishi mumkinligi tuShuntiriladi. Tobinning q ni firmalarning bozor qiymati sifatida, kapitalni almashtirish narxga bo‘ladi. Buni birja narxlari (Ps) oshishi va investitsiyalar xarajatlari oshishi bilan pul o‘tkazmalari mexanizmi bilan belgilaymiz. Tobinning (2010) xulosasiga ko‘ra, hukumat va Markaziy bank, moliyaviy aktivlarga bo‘lgan talab va ular taklifini boshqarish, ularning daromadliliga ta’sir etish orqali kapitalning investorlar uchun maqbul bo‘lgan daromad me’yoriga ta’sir etishlari mumkin. Agar monetar hokimiyat kapitalning kutilayotgan, investorlar uchun maqbul bo‘lgan daromad me’yorini pasaytirmoqchi bo‘lsa, u holda, real kapitalga investitsiyalar sifatida aksiyalar daromadining bozor me’yoriga ta’sir etishlari mumkin. Tobinning (2010) ushbu xulosasi O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Buning sababi Shundaki, respublikamizda so‘nggi yillarda baholarning o‘sishi va milliy valyutaning qadrsizlanish sur’atlari yuqori bo‘lganligi sababli moliyaviy aktivlarning, Shu jumladan, aksiyalarning investitsion jozibadorligini ta’minlash imkoni bo‘lmadi. Inflyasiya va milliy valyutaning devalvatsiya sur’atini pasaytirish hukumat va Markaziy bankning vakolatlari doirasidagi masalalardir. Shuning uchun ham, 2017- 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash va inflyasiya darajasini pasaytirish makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashning zaruriy sharti darajasiga ko‘tarilgan (Farmon, 2017). Fridmenning (1999) fikriga ko‘ra, Markaziy bank pul taklifini tartibga solish uchun etarli darajadagi imkoniyatlarga ega bo‘lib, inflyasiya sof pul fenomeni bo‘lgani holda, ko‘p omilli jarayon emas. Shu boisdan, pul massasini tartibga solish yo‘li bilan inflyasiyani jilovlash mumkin va bu vazifani faqatgina Markaziy bank bajara oladi. Inflyasiyaga qarshi kurashish Markaziy banklar faoliyatining strategik maqsadi hisoblanadi va ular inflyasiyaga qarshi kurashishda katta vakolatlarga ega. Biroq, Fridmenning (1999) inflyasiya ko‘p omilli jarayon emas, degan xulosasi ko‘plab mamlakatlar amaliyotida, Shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi amaliyotida o‘z isbotini topmadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasida tabiiy monopoliyalar mahsulotlari va xizmatlari baholarining o‘sishi inflyasiya darajasining oshishida muhim o‘rin tutadi. Markaziy bank esa, tabiiy monopoliyalarning baho siyosatiga aralasha olmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoev (2017) e’tirof etganlaridek, “oxirgi 10 yilda mineral o‘g‘itlarning narxi necha barobar o‘sgan? Tabiiy savol tug‘iladi: o‘g‘itning tannarxi necha marta kamaygan? Afsuski, bunday haqli savollarga javob yo‘q”. Namozov (2003) inflyasiyaning ko‘p omilli jarayon ekanligini e’tirof etgan holda, inflyasiyaning maqsadli ko‘rsatkichi ma’lum darajada barqaror bo‘lishi, tovarlar va xizmatlar bahosiga nisbatan mustaqil bo‘lishi, fundamental inflyasion jarayonlarga bog‘liq bo‘lmasligi va ishonchli tarzda prognozlanadigan bo‘lishi lozim, deb hisoblaydi. Fridmen (1999) iqtisodchi olimlardan birinchi bo‘lib, pul massasining yillik o‘sish sur’ati qat’iy ko‘rsatkich sifatida belgilab qo‘yilishi va mazkur ko‘rsatkichning bajarilishi Markaziy bank tomonidan nazorat qilinishi kerakligini ilmiy jihatdan asoslab berdi. U pul massasining yillik o‘sish ko‘rsatkichini 4% darajasida belgilashni taklif qilgani holda, pul massasining o‘sishi pirovard mahsulot bahosining uzoq muddatli davriy oraliqdagi barqaror o‘sishiga asoslanishi lozim, degan xulosaga keldi. Fridmenning (1999) ushbu xulosasi O‘zbekiston uchun muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Buning sababi Shundaki, O‘zbekistonda M2 pul agregatining o‘sishi. Markaziy bank tomonidan nazorat qilinayotgan bo‘lsada, pul massasining o‘sish sur’ati yuqoriligicha qolmoqda. 2017 yilda pul massasining o‘sish sur’ati (M2 pul agregati bo‘yicha) 2016 yilga nisbatan 40,2 foizni tashkil etdi. Respublikamizda M2 pul agregatining pul-kredit siyosatining indikatori sifatida tanlanganligi uning tarkibida depozitlar miqdorining nisbatan katta ekanligi bilan izohlanadi (1-jadval).
1-jadval ma’lumotlari ko‘rsatadiki, depozitlar M2 pul agregati tarkibida nisbatan yuqori salmoqni egallaydi. Bunday sharoitda M2ni pul-kredit siyosatining indikatori sifatida tanlash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Xansenning fikriga ko‘ra, pul taklifini cheklash yo‘li bilan inflyasion ko‘tarilishni to‘xtatib bo‘lmaydi. Demak, pul siyosati inflyasiyaga qarshi kurashning yagona vositasi sifatida bir tomonlama va xavfli qurol hisoblanadi.



Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish