M1-20 Magistranti Xomidov Elyorbek
“Arxitekturaning ilmiy tadqiqot asoslari”
fanidan 2-oraliq nazorat ishi
Bilet №16
1. Fan-texnika taraqqiyoti
2. Interfaol metodlarning ta’lim va tarbiya jarayonidagi o’rni va imkoniyatlari.
1. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida 2020 yil — “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e’lon qilindi. Ushbu Murojaatnomani nafaqat joriy yilga qo‘llanma va yo‘llanma sifatida, balki yaqin o‘rta muddat uchun O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘lini belgilab beruvchi dastur, fundamental ahamiyatga ega bo‘lgan hujjat sifatida baholash mumkin. Ilmsiz, ma’rifatsiz jamiyat va mamlakat taraqqiyotini tasavvur qilish mushkul. Yusuf Xos Hojib o‘zining “Qutadg‘u bilik” asarida “Bilimsiz kishi mevasiz daraxtdir, mevasiz daraxtni och kishi nima qilsin?!”, deb ilm-ma’rifatning o‘rni naqadar dolzarb va muhimligini ko‘rsatib o‘tgan. Davlatimiz rahbari tomonidan Fan-texnologiyaga alohida urg‘u berilishi va bu orqali raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish masalasi kun tartibiga qo‘yilishi iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy jihatdan kuchli, bozor iqtisodiyoti qonunlari to‘liq amal qiladigan demokratik davlat qurishga qaratilgan muhim qadam ifodasidir. Ta’kidlash lozimki, Prezidentimizning “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 19 fevraldagi Farmoni Hukumatimiz tomonidan Fan-texnologiyani rivojlantirish bo‘yicha muhim chora-tadbirlar ishlab chiqilishiga va hayotga tatbiq etilishiga asos bo‘ldi. Ma’lumki, bugungi kunda raqamli iqtisodiyot qo‘shimcha qiymat yaratishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Turli xil algoritmlar, jarayonlar va raqamli axborotlar korporativ biznesning strategik rivojlanishida asosiy hal qiluvchi kuchga ega bo‘lmoqda. Raqamli nomoliyaviy omillar banklarning raqobatbardoshligini belgilab bermoqda, samaradorligiga ta’sir ko‘rsatyapti.
2. Taʼlim va tarbiya jarayonida interfaol metodlarning oʼrni va
imkoniyatlari.
Interfaol metod-taʼlim jarayonida oʼquvchilar hamda oʼqituvchi oʼrtasidagi
faollikni oshirish orqali oʼquvchilarning bilimlarni oʼzlashtirishini
faollashtirishi, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishi. Interfaol metodlarni
qoʼllashning dars samaradorligini oshirishga yordam berishi. Interfaol
taʼlimning asosiy mezonlari: norasmiy bahs-munozaralar oʼtkazish, oʼquv
materialini erkin bayon etish, ifodalash imkoniyati, maʼruzalar soni kamligi,
seminarlar soni koʼpligi, oʼquvchilar tashabbus koʼrsatishlariga imkoniyatlar
yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi boʼlib ishlash uchun
topshiriqlar berish, yozma ishlar bajarish va boshqa metodlarning taʼlim-
tarbiyaviy ahamiyati.
Interfaol metodlarni mashgʼulot maqsadiga muvofiq tanlash.
Interfaol mashgʼulot turlari va ularni tanlash, tayyorgarlik koʼrish
jarayoni, oʼquvchilarning interfaol mashgʼulotda ishtirok etish uchun
tayyorliklariga qoʼyiladigan talablar, mashgʼulotda vaqtdan unumli foydalanish vositalarni tanlash, tayyorlash, mashgʼulot oʼtkazuvchilar va ularning vazifalari.
Interfaol metodlar bilan anʼanaviy taʼlim usullari orasidagi oʼzaro
farqlar, qiyosiy afzalliklar va kamchiliklar. Yangi bilimlarni berish,
koʼnikmalarni shakllantirish, rivojlantirish, mustahkamlash, bilimlarni
takrorlash, amalda qoʼllash mashgʼulotlarida hamda oʼquv fanining xususiyatlarini hisobga olgan holda har bir mavzu boʼyicha mashgʼulot uchun eng maqsadga muvofiq boʼlgan interfaol yoki boshqa metodlarni toʼgʼri tanlash. Toʼgʼri tanlangan metodlarni qoʼllash mashgʼulotning qiziqarli va samarali boʼlishini taʼminlashi.
Interfaol metodlarning konstruktivizm nazariyasi bilan bogʼliqligi.
Konstruktivizmning quyidagi asosiy xulosalari:
Oʼquvchi oʼzi oʼrganishi kerak, aks holda unga hech kim hech narsani oʼrgata
olmaydi; Oʼqituvchi oʼquvchilarga bilimlarni «kashf qilishga» yordam beradigan jarayonni tashkil qiladi;. Interfaol taʼlim va tarbiya jarayoni ishtirokchilari. Moderator, trener, tyutor, fasilitator, mentor, kouch, konsulьtant, lektor, ekspert, innovator, kommunikator, oʼqituvchi, menedjer, spekter, asissent, sekretarь va ularning asosiy vazifalari, bir-birining oʼrnini bosishi, yaʼni bir vaqtda bir kishi bir mashgʼulot davomida bir nechta vazifani bajarishi imkoniyatlari. Oʼquvchilarning asosiy vazifalari. Interfaol metodlarning pedagogik va psixologik xususiyatlari. Pedagogika fanida konstruktivizmning nazariy va amaliy yoʼnalishi. Konstruktivizm nuqtai nazaridan taʼlim-bu fikrlash faoliyati yordamida shaxsiy tajriba asosida bilimni shakllantirib boriladigan faol jarayondan iborat ekanligi. Bunda haqiqatni bilishga tomon yoʼnaltirilgan harakat jarayoniga asosiy eʼtibor qaratilishi. Bola intellektining rivojlanishi (J.Piaje), eng yaqin rivojlanish sohasi (L.S.Vыgotskiy), oʼquv maqsadlari taksonomiyasi (B.Blum), intellektning koʼp turliligi (G.Gardner) haqidagi maʼlumotlar va ulardan amalda foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |