6-amaliy mashg’ulot ishlanmasi
Mavzu: Psixologik salomatlikni mustahkamlash uchun trening
Reja:
Psixologik salomatlik haqida olimlarning fikrlari
Psixologik treninglar haqida tushuncha
Psixologik salomatlikni mustahkamlash uchun trening mashqlari
Psixologik trening о‘qitishning yangicha yondashuvi bо‘lib, shaxsiy hayolimiz bilan harakatlarimizni erkin boshqara olish uchun о‘zimizga nisbatan ishonch hissini beradi. Psixologik treninglar harakatlarga yо‘naltirilgan kompleks mashqlardan iborat. Kishida ustanovka va idrok bir vaqtning о‘zida ishlasa, shuningdek, erishmoqchi bо‘lgan maqsadi aniq bо‘lsa, bunday mashqlarni bajarish hamda natijaga erishish osonroq kechadi.
Autotrening xayoliy mashg‘ulotning individual dasturi bо‘lib, kishining ma’naviy-ruhiy sohasining rivojlanishi hisoblanadi. U eski stereotiplardan voz kechib, yangi xulq-atvorni yuzaga keltirishni ifodalaydi. Bilamizki, xayol harakatlarimizni boshqarishda ishtirok etadi. Autotrening yordamida kishilarning xayoliy obrazlari turlicha о‘zgarishi mumkin. Ya’ni u о‘z imkoniyatlarimiz doirasidan yuqori darajaga erishish, о‘zimizga bо‘lgan ishonchni oshirish uchun ham autotrening metodikasini qо‘llashni bilishimiz kerak.
Buning uchun kishida ikkita shaxsiy sifat bо‘lishi zarur: hayotimizda sodir bо‘ladigan о‘zgarishlarga mos harakatlanishni о‘rganish hamda о‘ziga ishonch.
Autotrening texnologiyasi nazariy jihatdan tо‘rt tamoyilga asoslangan: relaksatsiya, vizuallashtirish, tasdiqlash va ritm.
Relaksatsiya tana va psixikaning hamkorlikda ishlashida namoyon bо‘ladi. Relaksatsiya vaqtida kishi bо‘shashadi, hech narsa haqida о‘ylamaydi, diqqatini ichki ovoziga qaratadi.
Vizuallashtirish kо‘rish, eshitish, hid, ta’m va tana sezgilari yordamida ichki obrazni yaratish bilan xarakterlanadi.
Tasdiqlash ichki obraz bilan qayta-qayta takrorlanadigan sо‘zlarning uyg‘unlashuvidir. Kishi о‘zini omadining kelishiga, maqsadiga erishishiga ishontiradi. Miyasiga aniq vazifa qо‘yadi, uni faol ishlashga va natijaga erishishga undaydi. Muayyan sо‘z yoki fikrni qayta-qayta takrorlash natijasida, miya kerakli
“tо‘lqinga sozlanadi”.
Ritm о‘zida ikkita tushunchani mujassamlashtiradi: ya’ni individual ritm va faoliyat ritmi. Individual ritm kishi tomonidan bajariladigan u yoki bu faoliyatning qanday yuzaga kelishi haqidagi tasavvurdir. Faoliyat ritmi esa, kishining tabiiy ritmi bо‘lib, ayni paytda u yoki bu faoliyatni bajarishi hisoblanadi.
Shu о‘rinda savol paydo bо‘ladi: ichki ishlar xodimi о‘z faoliyatidagi salbiy oqibatlarni qanday bartaraf etishi mumkin?
Buning uchun xodim quyidagi psixologik bilimlarga va ruhiy tayyorgarlikka ega bо‘lishi kerak. О‘zini о‘zi boshqarish usullarini qо‘llashdan kо‘zlangan maqsad ham, avvalo, xodimning xizmat doirasidagi harakatlarini muvaffaqiyatli bajarishi uchun maqbul ichki sharoitni yaratishda yordam berishdan iborat. Bunda quyidagi bir qator jihatlar nazarda tutiladi:
xodimning о‘ziga nisbatan ijobiy ustanovkasini mustahkamlash («men buning uddasidan chiqaman»), ishonch hissini oshirish;
hissiy-affektiv jarayonlarni (ayniqsa, tavakkal, qо‘rqinch hissi, kasbiy harakatlarni amalga oshirish uchun zarur bо‘lgan vaqt taqchilligi kabilarni) uyg‘unlashtirish va faollashtirish;
xizmat vazifalarni bajarishga tayyorgarlik kо‘rish chog‘ida diqqatni oshirish;
xizmatdagi og‘ir mehnatdan keyin dam olishga о‘tishni tezlashtirish;
xizmat faoliyati uzoq vaqt chо‘zilganda funksional tayyorlik va ish qobiliyatining yuksak darajasini saqlab turish.
“Mobilizatsiya”
Do'stlaringiz bilan baham: |