Mavzu: Prokuratura organlariga qo`yiladigan asosiy talablar va ularning ustidan parlament nazorati Reja


-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mansabdor shaxslarining majburiyatlari



Download 25,6 Kb.
bet2/2
Sana25.02.2022
Hajmi25,6 Kb.
#268109
1   2
Bog'liq
Sud va hmqo 14 mavzu

24-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mansabdor shaxslarining majburiyatlari
Parlament nazorati subyektlari parlament nazoratini amalga oshirayotganda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari:
parlament nazorati amalga oshirilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi;
parlament nazorati subyektlarining qonuniy talablarini bajarishi, shuningdek ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilmasligi;
parlament nazorati subyektlariga parlament nazoratini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etishi, shuningdek ularning ishonchliligi va xolisligini ta’minlashi shart.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari parlament nazorati subyektlarining parlament nazorati natijalari bo‘yicha qabul qilingan qarorlarini ko‘rib chiqishi va ko‘rib chiqish natijalari hamda ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ularni belgilangan muddatda xabardor qilishi shart.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mansabdor shaxslarining zimmasida qonunga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.

2016 йил 19 февраль куни Ўзбекистон Олий Мажлиси Сенатида Сенат Кенгашининг ҳамда Қонунчилик палатаси Кенгашининг қўшма мажлиси бўлиб ўтди. Унда прокуратура органлари фаолияти устидан парламент назорати самарадорлигини ошириш масалалари кўриб чиқилди, хабар берди ЎзА.


Парламент назоратини ҳамда прокуратура органлари фаолиятининг қонунийлигини кучайтириш зарурлиги ҳақида Президент Ислом Каримов Ўзбекистон Конституциясининг 23 йиллигига бағишланган тантанали йиғилишдаги маърузасида таъкидлаб ўтган эди.
Ҳозирги вазият ҳамда изчиллик билан амалга оширилаётган демократик ислоҳотлар парламентнинг юқори палатаси олдига прокуратура органлари фаолияти устидан назорат ўрнатишнинг янги шакл ва усулларини жорий этиш самарадорлигини ошириш бўйича долзарб вазифалар қўймоқда, дея таъкидланди мажлисда.
Прокуратура ораганлари фаолияти устидан парламент назоратини амалга оширишнинг ташкилий-ҳуқуқий механизмларини янада такомиллаштириш, прокуратура органларининг мамлакатда қонун устуворлиги ва қонунийликни, фуқаролар ҳуқуқ ва эркинликлари, жамият ва давлат манфаатлари ишончли ҳимоя қилинишини таъминлашга доир ишларининг самарадорлигини ошириш мақсадида Сенат ҳамда Қонунчилик палатаси кенгашларининг Олий Мажлис Сенатининг прокуратура органлари фаолияти устидан назорат қилувчи комиссияси тузиш тўғрисидаги қўшма қарори қабул қилинди.
Комиссия зиммасига прокуратура органлари фаолияти устидан, қонун устуворлигини таъминлаш ва қонунийликни мустаҳкамлаш, фуқароларнинг ҳуқуқ ва эркинликларини ҳимоя қилиш бўйича улар зиммасига юклатилган вазифалар бажарилишининг самарадорлиги устидан мунтазам парламент назоратини амалга ошириш, прокуратура органларининг ҳуқуқни қўллаш амалиётини ҳар томонлама ўрганиш ва умумлаштириш, прокуратура органлари фаолиятини тартибга солиб турувчи қонун ҳужжатларини, шунингдек, уларнинг ҳуқуқни қўллаш амалиёти ва иш усулларини янада такомиллаштириш юзасидан таклифлар ишлаб чиқиш вазифалари юклатилди.
Қарорда белгиланганидек, комиссия аъзолари Сенат томонидан сенаторлар орасидан, республиканинг барча минтақаларининг вакили бўлган 15 кишидан иборат таркибда Сенат ваколати муддатига сайланади.
Комиссия ўз олдига қўйилган вазифалар бажарилишининг бориши тўғрисида бир йилда икки марта Сенат Кенгаши олдида ҳисоб бериши белгилаб қўйилди.
Prokuratura organlari faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish, mamlakatda qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlash bo‘yicha prokuratura organlari faoliyatining samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini ishonchli himoya qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasini tuzish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qo‘shma qarori qabul qilingan. Ushbu qarorga muvofiq Komissiyaning zimmasiga qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, prokuratura organlarining huquqni qo‘llash amaliyotini har tomonlama o‘rganish va umumlashtirish, prokuratura organlari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va ularning ishlash usullarini yanada takomillashtirish yuzasidan ularning zimmasiga yuklatilgan vazifalar samarali bajarilayotgani ustidan muntazam parlament nazoratini amalga oshirish vazifalari qo‘yildi.
Hozirgi kunda Oliy Majlis Senati tomonidan har yili Bosh prokurorning hisoboti eshitiladi. Bu albatta muhim, lekin joylardagi prokurorlarning hisobotini kim eshitadi, dedi Shavkat Mirziyoyev. 2017-yildan boshlab barcha darajadagi hokimlar, prokuratura va ichki ishlar organlari rahbarlarining aholi oldida hisobot berish tizimi joriy etiladi. Bundan tashqari, viloyatlarda prokurorlarning ishiga qarab oylik reytingi tuzib boriladi. Ularning faoliyatiga reyting natijalari asosida baho beriladi.
Download 25,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish