9- MA’RUZA
MAVZU: POYABZALNI LOYIXALASHDA QOLIPNING VAZIFASI
REJA:
1 Qolip ishlab chiqarishda foydalaniladiga materiallar.
2 Poyabzalni loyixalashda va uni ishlab chiqarishdagi qolipning vazifasi.
3 Poyabzalni loyixalashda va uni ishlab chiqarishda qolip tanlash.
TAYANCH SO`Z VA IBОRALAR
Qolip, poyabzal, tumshuq, tovon, ahmi, tutam qismi, poshna, pinetka, botinka, gusarik, ayyollar poyabzali, erkaklar poyabzali, razmer, to’lalik.
Qolip ishlab chiqarishda foydalaniladiga materiallar
Qoliplar, uni tayyorlashda ishlatilgan materialning turiga qarab, yog’och qoliplar, metall qoliplar, plastmassa qoliplar va qurama materialli qoliplar bo’ladi.
Tortish (tanavorni tortish) uchun mo’ljallangan qoliplar qayrag’och va buk daraxtlari yog’ochidan tayyorlanadi. Sandal, shippak va xonadon tuflilarini tayyorlash va pardozlash uchun ishlatiladigan qoliplar qayin daraxti yog’ochidan tayyorlanishi ham mumkin. Shuningdek buyurtmachi bilan kelishgan xolda, pinetka, gusarik, yosh bolalar va kichik yoshdagi bolalar poyabzallari ushun qoliplarni ham qayin daraxti yog’ochidan tayyorlash mumkin.
Qoliplar yog’ochning bo’laklaridan qatma-qat xolda yelimlash yo’li bilan ham tayyorlanishi mumkin. Bunda qolip iziga yog’ochning qovzoq osti qatlami yopishtiriladi.
Plastmassa qoliplar, yuqori zichlikdagi polietilindan, press-formalarda kata bosim ostida quyish usuli orqali yoki nusha ko’chirish usuli bilan maxsus dastgohlarda plastmassa bo’laklari (g’o’lalari) dan tayyorlanadi. Plastmassa qoliplarining afzalliklari shundaki, ular poyabzal ishlab chiqarishda qo’laniladigan kimyoviy faol moddalar ta`siriga chidamli bo’ladi, o’z shakli va o’lchamlarini doimo saqlaydi. Bu qoliplar ifloslanmaydi va poyabzaldan engil chiqarib olinadi. Yaroqsiz xolga kelgan qoliplarni qayta quyish uchun xom ashyo sifatida ishlatish mumkin.
Ma`lumki, plastmassa qoliplar cezilarli darajada og’ir bo’ladi va bu albatta mehnat unumdorligiga ta`sir etadi. Shuning uchun plastmassa qoliplarni tayyorlashda maxsus qo’shimchalar qo’shish orqali (fizik-mexanik va texnologik foydalanish xususiyatlarini pasaytirmagan xolda) ularning vaznini kamaytirishga yo’l qo’yiladi. Binday qoliplar yahlit, ichki o’zakli, ichi g’ovak va g’ovaktanali bo’ladi (9.1-rasm). Yahlit va o’zakli qoliplarni quyish yo’li bilan, ichi bo’sh qoliplarni havo yordamida shakllantirish orqali va g’vaktanali qoliplarni ko’pik hosil qilish orqali tayyorlanadi.
Qismlari suriladigan qoliplar asosan yog’ochdan tayyorlanadi. Tumshuq yoki tovon qismi siljitiladigan qoliplar po’latning engil qorishmalaridan, aksariyat xollarda silumin (alyumin+kremniy) metalidan tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |