Poyabzalni loyixalashda va uni ishlab chiqarishdagi qolipning vazifasi
Poyabzal qoliplarini, huddi boshqa buyumlar singari, bir tizim sifatida ko’rish mimkin. Ya`ni bir tomondan, yaxlitligi bilan ajralib turadigan tizim sifatida, boshqa tomondan esa — o'ziga xoslik bilan belgilanadigan, tizim qismlari soni va ularning joylashuvi bilan belgilanadigan bo’laklangan tizim sifatida. Turli mamlakatlarda poyabzal tuzilishidagi o’zgarishlar va ishlab chiqarish usullari sohasidagi bilim va tajribalarning ortib borishi hamda yangi xom ashyolarning paydo bo’lishi, poyabzal qoliplarining shakli va tuzilishini muntazam ravishda takomillashtirib borishni taqazo etmoqda.
Geometrik ma`noda egri chiziqlar va yassi qirralar tizimini tashkil etuvchi poyabzal qolipi o’z vaqtida yana quyidagilarga kiradi, birinchi – “poyabzal yigish texnologik oqimi” majmuasining tizim osti qismi sifatida xizmat qilgan xolda, “poyabzal ishlab chiqarish jihozi” tizim osti qismi va ikkinchidan, qolip poyabzalning iichki shakli sifatida “inson – poyabzal – muhit” tizimining tashkil qiluvchi qismi sifatida uavdalanadi.
Poyabzalni loyihalash – oyoq kiyimi modeli chizmalarini va andazalarini tayyotlsh orqali, alohida bo’laklardan (konctruktiv jamlamalar va detallar) yahlit poyabzal namunasini yaratish jarayoni. Poyabzalning tuzilishi alohida detallarning yahlit biriktirilgan uyg’unlikdagi butunligidir.
Loyihalash jarayoni nexnik jihatdan murakkab hisoblanadi, chunki qolipning (va poyabzalning) hajmiy shaklidan detallarning yassi shakliga (ularning yoyilmasini olish) o’tishga to’g’ri keladi, shuningdek detallar shaklini chizishda ularni o’zaro biriktirish uchun qo’shiladigan chok haqlarini hamda detallrning qolipga tortish vaqtidagi deformatsiya darajalarini hisobga olishga to’g’ri keladi.
Loyihalashning asosiy murakkabligi – qolipning hajmiy shaklga ega bo’lgan yon sirtlarining nusxasini olish va uni, keyinchalik bo’lajak ustki detallarning chizgilarini chizish uchun, tekislik ustiga ko’chirib o’tkazish hisoblanadi.
Poyabzalning tag detallarini loyihalash uchun qolipning iz qismi konturini nusxasini va poshna balandligi, ustki detallar qalinligi, tumshuq va tovom qismlarining shakli bo’yicha ma`lumotlarni hisobga olgan xolda taglik shakllarini olish orqali amalga oshiriladi. Poyabzalning qolgan detallari shakli va o’lchamlarini poyabzal eskizi asosida olinadi.
Shunday qilib poyabzal modelini loyihalashda qolip asosiy vosita va loyihalash ishlarining boshlanish nuqtasi vazifasini bajarar ekan. Bo’lajak poyabzal tanlab olingan qolip fasoniga bog’liq ravishda yaratiladi.
Poyabzal qolipi oyoq kiyimlarini yaratishdagi loyihalash vositasigina emas, balki, poyabzal ishlab chiqarish texnologik jihozi hamdir. Poyabzal qoliplari texnologik belgilari bo’yicha asosiy va yordamchi qoliplarga bo’linadi. Asosiy qoliplar (tortish qoliplari), zarur shakl berish maqsadida, tanavorga shakl berish maqsadida ishlatiladi.
Yordamch qoliplar ular yordamida bajariladigan operatsiyar turidan kelib chiqib nomlanadi: pardozlash va tekislash. Shuningdek, yordamchi qoliplarga, pressning, poyabzal tagini qaynoq vulkanizatsiya qilish va quyish usullarida ishlatiladigan, puansonini ham kiritish mumkin. Tekislash qoliplari poyabzalni ishlab chiqarish va iste`mol davrlarida sirtini tarang xolda ushlab turish va tekislash maqsadlarida ishlatiladi.
Poyafzal texnologiyasining xususiyatlari asosiy qoliplar tuzilishini ham belgilydi. Tanavorning ichki shakllantirish usullari uchun uch xil tuzilishdagi qoliplar ishlatilad. Sandallarni, pinetkalarni va sport poyafzallarining ayrim tuzilishlarini ishlab chiqarishda, ilgarigi yakka tartibda ishlaydigan ustalar poyabzallarni ag’darma usulda tayyorlashda ishlatgan, yahlit qoliplar qo’llaniladi. Va hozirda ham milliy poyafzallarning ayrim turlari shu tarzda ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |