Odamning tug`ilgan kunidan boshlab to qarishigacha bo`lgan davri:
1
|
Yangi tug`ilgan bola
|
1-10 kungacha
|
2
|
Emizikli davrdagi bola
|
10 kundan ikki yilgacha
|
3
|
Go`daklik
|
1-3 yosh
|
4
|
Ilk bolalik
Bolalik
|
4-7 yosh
8-12 yosh (o`g`il bolalar)
8-11 yosh (qiz bolalar)
|
5
|
O`smirlik (o`spirinlik)
|
13-16 yosh (o`g`il bolalar)
12-15 yosh (qiz bolalar)
|
6
|
Yoshlik
|
17-21 yosh (o`spirinlar)
16-20 yosh (qiz bolalar)
|
7
|
Voyaga yetishning birinchi davri
|
22-35 yosh (erkaklar)
21-35 yosh (ayollar)
|
8
|
Voyaga yetishning ikkinchi davri
|
36-60 yosh (erkaklar)
36-55 yosh (ayollar)
|
9
|
Yoshi qaytgan (keksaygan) davr
|
61-74 yosh (erkaklar)
56-74 yosh (ayollar)
|
10
|
Qarilik
|
75-90 yosh (erkaklar, ayollar)
|
11
|
Uzoq umr ko`rish (uzoq yashash)
|
90 yoshdan yuqorisi
|
2.2. Turning fazoviy tuzilmasi
Populyatsiyaning fazoviy tuzilmasi populyatsiya maydonidagi ayrim individlar va guruhchalarning tarqalish xarakterini ifodalaydi. Odatda tur va ayrim populyatsiyalar ichida individlar bir tekis tarqalmaydi, chunki yashashsharoiti, ya`ni ozuqa resurslari, boshpana kabilar taqsimlangandir. Bundan tashqari, populyatsiyani tashkil etuvchi organizmlarning biologic xususiyatlari, harakatchanligi va agregirlik darajasi kabilar muhim rol o`ynaydi. Har qanday populyatsiyadagi individlarning ma`lum darajada bir joydan ikkinchi joyga ko`chib yurishi kuzatiladi.Ba`zi individlar tug`ilgan joyida umrining oxirigacha yashab qoladi, ikkinchi bir populyatsiyaning individlari uzoq masofalarga ko`chibketadi. Individlarning hayot davomida ko`chib yurish ko`satkichi sifatida individual faollik radiusi, panimistik birlik yoki qo`shnichilik darajasi kabilardan foydalaniladi. Ekologlar tomonidan tabiatda hayvonlarning tarqalishini kuzatish natijasida fanga o`rtacha masofada tarqalish tushunchasi kiritilgan.U nishonlangan barcha individlarning o`rtacha uchrash masofalarining arifmetik qiymati hisoblanadi. Individlar va guruhlar topografik usullarda ifodalanishi mumkin. Individlarning uch turdagi tarqalishi ma`lum: bir tekis, tasodifiy va guruhli (to`da-to`da). Individlar bir tekis tarqalganda xuddi mevali daraxtlar bog`da o`tkazilganidek, bir-biriga nisbatan bir xil masofada joylashadi.Tabiatda ushbu tarqalish turi juda kam uchraydi.Yetilgan o`rmonlarda baland daraxtlarning joylashishi bir tekis joylashishga yaqin keladi.Suv boyida yashovchi yirik koloniyali qushlarning individlari ham ana shunday joylashadi.
Tasodifiy tarqalishda individlar bir-biridan har xil masofada joylashadi.Bunday joylashish populyatsiyaning zichligi kam bo`lgan bir xil muhitda uchratiladi. Tabiatda guruhli tarqalish turi ko`p uchraydi.Bunda individlar to`da hosil qilib bir-biridan turlicha masofada joylashadi.Individlar guruh ichida bir tekis yoki tasodifiy joy egallaydi.Guruhli tarqalish notekis muhit ta`siri natijasida, ya`ni muhitning ayrim bo`limlarida qulay sharoit bo`lishi, shuningdek, noqulay omillar bilan birga uchraydigan joylar uchun xarakterlidir.
Etologiya (grekcha”ethos”-xarakter) hayvonlar xatti-harakati (hulqi) ning biologic asosi haqidagi fandir.U ekolgiya fani bilan chambarchas bog`liq.Ekologiya fanining natijalaridan qishloq xo`jaligi, hayvonot olamini muhofaza qilish vazifalarini hal etishda foydalanish mumkin.Hayvonlarning xulqi ularning hayot kechirish tarzi bilan bog`liq.Odatda hayvonlar yolg`iz birgalikda hayot kechiradi.Hayvonlarning birgalikda yashashining bir necha shakllari ma`lum.Tabiatda hayoti davomida butunlay yolg`iz hayot kechiruvchi organizmni uchratib bo`lmaydi.Yolg`iz hayot kechirish nisbiy ma`noda tushuniladi. Individlarning jinsiy moyilligi va ota-onalar bilan yangi avlod o`rtasidagi bog`lanishlar, hududiy umumiylik, nasl uchun qayg`urish natijasida oila deb atalgan hayvonlarning birgalikda yashash shakli kelib chiqadi. Ota-onalar jufti qisqa yoki uzoq vaqtgacha, ba`zi turlarda esa umrining oxirigacha birga bo`lishi mumkin.Hayvonlarda o`z juftini topish o`ziga xos murakkab ko`rinishlarda o`tadi. Bu narsa o`rgimchaksimonlarda erkaklarning har xil harakatlar orqali urg`ochisiga yaqinlashishi, qushlar va sutemizuvchilarda “ko`ngilni ovlash” hatto erkaklari o`rtasidagi o`zaro kuchlar kurash yo`llari orqali boradi. Hayvonlarning ancha yirik birlashmalari podalar, galalarva koloniyalar hisoblanib, ularning shakllanishida populyatsiyalardagi xulqiy munosabatlar yanada murakkablashadi. Ko‘pgina turlar, bunda o‘zining hayot siklini mа`lum bir bos-qichida boshqa individlar bilan bog‘liq holda yashamaydi. Tabiatda butunlay yakka holda hayot kechirish hodisasi umuman uchra-maydi. Agar shunday bo‘lganda edi organizmlarning hayotiy funk-siyalaridan biri ko‘payishi yuz bermagan bo‘lar edi. Bir qancha turlar uchun juda zaif aloqalar mavjud. Masalan: tashqi urug‘lanish bilan ko‘payuvchi organizmlarda birgalikda yashash imkoniyati mutlaqo bo‘lmasligi mumkin. (aktiniyalar). Yakka holda hayot kechiruvchi turlarda vaqtinchalik individ-larning to‘planishi kuzatiladi: u ham bo‘lsa, qishlash joylarida ko‘payish vaqtida va h.k. Populyatsiyalarda ichki munosabatlarning murakkablashuvi ikki yo‘nalishda ko‘zga tashlanadi: bu jinsiy partnyorlar o‘rtasida aloqaning ko‘payishi va ota – ona va qiz avlodlar o‘rtasidagi aloqalarning paydo bo‘lishi. Ana shu asosda populyatsiyalarda oila shakllanadi, bu o‘zining tarkibi va uzoq vaqt yashovchanligi bilan xilma-xildir. Ota –ona juftliklari juda qisqa muddat ham tashkil topishi mumkin, bа`zan juda uzoq vaqt ham davom etishi mumkin. M:qushlar ichida poligam teterevlar, gluxarlar hech qanday oilaviy juftlik hosil qilmasdan ko‘payadi. O‘rdaklar juftini qishlash vaqtida yoki uchib o‘tish vaqtida topadi, urg‘ochisi uyaga o‘tirishi bilan erkaklari uni tark etadi. Chumchuqsimonlarning esa erkak va urg‘ochilari uya qurish vaqtidagina birga bo‘ladi. Oqqushlar, turnalar, kaptarlar oilaviy juftligi uzoq yillar saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |