Populyatsiyalarning biologik ahamiyati
Bu birinchi navbatda energetik hamda hayotiy resurslardan foydalanish hisoblanadi. Energiya o‘zlashtirilishi – populyatsiyalar strukturasi to‘g‘riligi va rivojlanishining asosiy tendensiyasi sanaladi.N.P.Naumov (1977) tа`kidlaganidek «muhit organizmlar uchun o‘zaro aloqala-rini to‘plash va uzatish uchun platsdarm bo‘lib qolmasdan populyatsiya а`zolari uchun biologik signal berish maydoni ham sanaladi».
Ko‘pgina hollarda suv havzalarida plankton va neyston orga-nizmlarning alohida populyatsiyasini aniqlash nihoyatda mushkul bo‘ladi. Ayniqsa suvda yashovchi organizmlar ichida bir turga mansub individlarning uzoq vaqt davomida aloqasi davom etadi, lekin bu populyatsiya o‘z-o‘zini ishlab chiqarmaydi. Bu biotopda individlar turli yo‘llar bilan (daryo oqimi, shamol va hakozolar) tashqaridan keltiriladi. Bu psevdopopulyatsiya deyiladi. Populyatsiyalarning biologik sistema sifatida yangi xarakterli sifatlari alohida individlar xususiyatidan kelib chiqmaydi. Bu populyatsiya miqdori, zichligi, dispersiya, jinsiy va yosh struktu-rasi, organizmlararo o‘zaro aloqa, tug‘ilish soni va biomassa-sining o‘sishi, o‘lim va boshqa xarakterli belgilardir.
Yuqorida ko‘rsatilgan xarakterli belgilar parametrlari doimo o‘zgarib turadi (tur imkoniyatlari diapazonida). Sistemani o‘z-o‘zini rivojlantirish hisobiga biosferadagi maksimal roli ortadi.
1.2 Populyatsiyalar mahsuldorligi, soni va zichligi
Populyatsiyalarning yuqorida sanalgan xususiyatlari ichida inson uchun eng ahamiyatlisi - ularning o‘z-o‘zini, biomassasini ishlab chiqarishidir. Bu xususiyatlar populyatsiyalarning mahsul-dorligi deyiladi. Ular tomonidan hosil bo‘lgan organik modda esa mahsulot hisoblanadi.
Organik modda qaysi organizmda, qanday formada shakl-lanishidan qat`iy nazar populyatsiyalar mahsuloti inson uchun turli –tuman amaliy ahamiyatga ega. Masalan, foydali organizmlar, foy-dasiz yoki zararli, mahsulot hosil bo‘lishining borishi, samara-dorligi va energetik xususiyatlari, populyatsiyalar spetsifikasi va yashash sharoitiga bog‘liq. Har bir populyatsiya tarkibi, o‘rtacha statistik miqdori alohi-da belgilari ahamiyati bilan baholanadi. Shuning uchun ham har bir populyatsiya o‘zining ekologik qiyofasi (ekologicheskaya oblika) jihatidan har xildir. Organizmlarning barcha tarkibiy xususiyatlari evolyutsiya jarayonida shakllangan adaptiv ahamiyatga ega. Shuning uchun ham populyatsiyalar tarkibi va ularning reaksiyasi (javobi) doimo tashqi muhit tа`siri bilan baholanadi.
Populyatsiyalarning moslashish imkoniyati hosil bo‘lgan alo-hida individlari imkoniyatlaridan ortiq bo‘lmaydi. Shuning uchun ham akademik S.S.Shvars tа`biri bilan aytganda «Populyatsiyalar o‘z taqdirini belgilar ekan, individlari fiziologik jarayonlarni ham boshqaradi». Populyatsiyalarda o‘limning oshishi bilan, “Biz oz qolayapmiz”- degan signal tarqaladi. Bu polpulyatsiyalarning hamma a`zolarini fiziologik koordinatsiyasi va strukturasini o‘zgarishni bir maqsadga qaratadi, u ham bo‘lsa bar-cha ekologik rezervlarni o‘z – o‘zini saqlab qolishiga yo‘naltirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |