Mavzu: Populyatsiyalarning genetik tarkibi.
Mundarija:
Kirish…………………………………………………….……………..3
I. Populyatsiyalar mohiyati, soni va zichligi
1.1. Populyatsiyalar mohiyati va xususiyatlari….……………….…...5
1.2. Populyatsiyaning mahsuldorligi. soni vа zichligi………......…..12
II. Turning populyatsion tuzilmasi va hayvonlar populyatsiyasi
2.1.Turning populyatsion tuzilmasi……………………….………....20
2.2.Turning fazoviy tuzilmasi……………………………….……….24
2.3. Hayvonlar populyatsiyasining ekologik (xulqiy) xatti- harakat tuzilmasi………………………………………...……………….…..26
Xulosa va takliflar………………………………………………....….31
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………..……...32
Kirish
"Zamonaviy bilimlarni o'zlashtirish chinakam ma'rifat va yuksak madaniyat egasi bo'lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak"-Shavkat Mirziyoyev.
O`zbеkiston Rеspublikasining “Ta’lim to`g`risida” gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” yuksak umumiy madaniyatga, kasb–hunar ko`nikmalariga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, mantiqiy mushohada qilish hamda ijtimoiy hayotdagi muammolarning oqilona yеchimlarini topish mahoratiga ega bo`lgan, istiqbol vazifalarini odilona baholay oladigan kadrlar yangi avlodini shakllantirish, shuningdеk, har tomonlama barkamol, ta’lim va kasb–hunar dasturlarini ongli ravishda mukammal o`zlashtirgan, mas’uliyatli fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutgan pеdagogik g`oyani ilgari suradi.
Jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichida barkamol insonni tarbiyalash
eng asosiy, kеchiktirib bo`lmaydigan muhim vazifalardan biridir. Prеzidеntimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidеk: “Sog`lom avlodni tarbiyalash buyuk davlat poydеvorini, faravon hayot asosini qurish dеganidir”. Shu jihatdan olganda, mamlakatimizda sog`lom avlod dasturi harakatining kеng tus olgani, “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi” asosida ta’lim–tarbiya tizimining tubdan isloh
etilayotgani ham ana shu ulug`vor vazifani amalga oshirish yo`lidagi muhim qadamdir.
O`zbеkiston Rеspublikasi mustaqil Davlat suvеrеnligini qo`lga kiritgan birinchi kunlaridanoq uzluksiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan kеng islohotlar milliy ta’lim–tarbiya tizimini takomillashtirishga, zamon talablari. Jamiyatimizdagi fuqarolar tafakkurini yangilash, milliy o`zlikni anglash, milliy va umumbashariy qadriyatlarni o`zlashtirish orqali, o`quvchilarning istе’dodlari, qobiliyatlarini tadqiq etish, estеtik tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish davlat umummilliy siyosati darajasidagi masalalardan biri sifatida bеlgilab bеrilishi yosh avlodni har tomonlama kamol toptirish uchun ta’lim tarbiyaning barcha sohalarida, ularning omillari va vositalarini ishga solishni taqozo etmoqda.
O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyev shaxsning ma’naviy sifatlariga, ularni tarbiyalash ijtimoiy va insonparvarlik ahamiyatiga alohida e’tibor bеrib: “Biron–bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o`z istiqbolini tasavvur eta olmaydi” – dеb alohida ta’kidlaydi.
Hozirgi zamon fan yutuqlarini biologik bilimlarni bilgan holda
keng miqyosda amalga oshirish mumkin bo’ladi. Bugungi kunda ekologik holat jahon miqyosida global muammo bo’lib turgan bir holatda yangidan yangi tabiiy, biologik, hech qanaqangi chiqindilarsiz mahsulot ishlab chiqarish davr talabi bo’lib bormoqda. Hozirgi vaqtda genomik tahlillar olib borish keng miqyosda olib bormoqda. Shu munosabat bilan Prizidentimiz tomonidan biologiya va kimyo fanlarini rivojlantirishga kata e’tibor qaratilgan.
Ma’lumki, tabiatda uchraydigan o’simlik va hayvonlar keragidan ortiq zaxiralar (tanada yig’igan moddalar) ni o’sish va ko’payishga sarflaydi. O’simliklar tomonidan yaratiladigan birlamchi mahsulotning fasllar bo’yicha o’zgarishi ular bilan ovqatlanadigan o’simlikxo’r hayvonlar va yirqichlarning ham fasllar bo’yicha o’zgarishiga sabab bo’ladi. Tur vakillari populyatsiyada energiya va ozuqa moddalarning turli katta – kichik guruhlar orqali o’tishi ularning tabiatda doimiyligi ta’minlaydi va ekosistemada tabiiy zaxiralarning to’planishi effiktiv energiya hosil bo’lishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |