Mavzu: POPULATSIYALARNING UMUMIY TASNIFI. POPULATSIYANING ASOSIY XUSUSIYATI Reja: Kirish
1. Populyatsiyalar mohiyati
2. Populyatsiyaning soni vа zichligi 3. Turning populyatsion tuzilmasi
4. Turning fazoviy tuzilmasi 5. Hayvonlar populyatsiyasining ekologik (xulqiy) xatti-harakat tuzilmasi
Xulosa
Adabiyotlar.
Populyatsiyalar mohiyati Populyatsiya (lotincha populus-so’zidan olingan bo’lib,xalq,aholi degan ma’nolarni bildiradi)
atamasi XVIII asrning oxirlaridan boshlab,to 40-50-yillarga qadar biologiya fanida xar qanday
individlar yig’indisi sifatida qo’llanib kelindi.Ekologik nuqtai nazardan esa populyatsiya deb
uzoq muddat davomida muayyan bir joyda yashaydigan (yoki o’sadigan ) va bir turga mansub
bo’lgan individlar yig’indisiga aytiladi.
Populyatsiya – tashqi muhit o‘zgarishlariga moslashish reaksiyasiga ega bo‘gan, o‘z-
o‘ziniishlab chiqaruvchi, bir-biri bilan o‘zaro aloqa qiluvchi bir turga mansub har xil individlar
majmuasidir. Bu o‘z-o‘zini boshqaruvchi ochiq sistema bo‘lib, tur mavjudligining elementar
formasidir. Tabiatda turlar ikki guruhga ajratiladi.
Polimorf turlar - bir-biridan farq qiluvchi bir nechta populyatsiyalar mavjud bo‘ladi.
Monomorf turlar - bitta populyatsiyasi mavjud. Ikkala turlar populyatsiyasi ham har xil yashash
muhitining tа’siri tufayli sodir bo‘ladi. Biologik polimorfizm qanchalik yaqqol ko‘zga tashlansa,
individlar shuncha rang-barang bo‘ladi va tashqi muhitning ritmik va tasodifiy o‘zgarishlariga
asosan moslashadi. Shu sababli mo‘tadil mintaqada tarqalgan turlar tropik, ekvatorial
mintaqadagi turlarga nisbatan murakkab strukturaga ega. Doimo tor arealda yashovchi turlarga
nisbatan keng doirada, akvotoriyada yashovchi turlar polimorf sanaladi.
Bir pupulyatsiyaga mansub individlar shu turning boshqa populyatsiya individlariga nisbatan bir-
biri bilan erkin va oson chatishadi.Populyasiyaning asosiy xususiyati uning genetik birligidir.
Populyatsiyaning muhim xususiyatlaridan yana biri o’zini son jihatidan idora etishidir.Ayni
sharoitda optimal songa individlarningsaqlab turilishi populyatsiya gomeostazideyiladi.Yuquqoridagi ta’rifdan ko’rinib turibdiki,populyatsiya guruhli
birlashma xisoblanadi.Guruhli xayot tarzi populyatsiya uchun o’ziga xos xususiyatlarni keltirib
chiqaradi.Bunday xususiyatlar quyidagilardan iborat:
1. Populyatsiyaning soni
2. Zichligi
3. Tug’ilish
4. O’lish (nobud bo’lish)
5. Populyatsiyaning o’sishi
6. O’sish sur’ati
Individlarning ma’lum xududda tarqalishi,jins va yosh nisbatlari,morfologik,fiziologik,hulqiy va
genetik xususiyatlari populyatsiyaning tuzilmasini ifodalaydi.