Mavzu: populatsiyalarning umumiy tasnifi. Populatsiyaning asosiy xususiyati reja


Populyatsiyaning soni va zichligi



Download 1,09 Mb.
bet6/10
Sana15.05.2022
Hajmi1,09 Mb.
#603881
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
POPULATSIYALARNING UMUMIY TASNIFI

Populyatsiyaning soni va zichligi
Hamjamoalardagi populyatsiyalar individlarning mo’lligi sonlarda,absolyut va nisbiy
zichliklarda ifodalanadi.
Ekologik, asosan ekologo – genetik tadqiqotlar jarayonida populyatsiyada individlar umumiy
soni, miqdori (bosh yoki tub soni) qanday degan savol tug‘iladi. Bu savolga mavjud laboratoriya
populyatsiyalari uchun javob berish oson. Masalan: bankada yashovchi un mitalari (qo‘ng‘izlari)
to‘g‘risida. Tabiiy populyat-siyalar umumiy soni, miqdorini baholash juda ham murakkab, ammo
bа’zi hollarda bu mumkin, qaysiki yirik va inson uchun ko‘rinishi sezilarli darajada
chegaralangan maydonda to‘plangan organizmlar bo‘lsa. Masalan: Kola yarim orolida yashovchi
yovvoyi shimol bug‘ulari qish oxirida, bahorning boshlarida, baland bo‘lma-gan tog‘
tepaliklarida (bu yerda qor qatlami yupqa, lishaynik-lar ochilib qoladi) to‘planadi. Zoologlar
samolyot yoki vertolyot-lardan bu to dalarni suratga oladi va surat bo‘yicha sanaydi. Bu usul
dast-lab B.Grjimek tomonidan qo‘llanilgan bo‘lib, unga Afrika yovvoyi tabiati tuyoqlilarini
«boshma-bosh» sanash imkoniyatini berdi. Bu usul orqali koloniya bo‘lib uya qurib yashovchi
qushlar: oq o‘r-daklar, grachlar, g‘ozlar populyatsiyasining individlari umumiy sonini aniqlash
mumkin.
Son (miqdor) ko’rsatkich populyatsiyadi individlarning umumiy sonidir.Populyatsiya aniq
ifodalangan chegaraga ega bo’lgan xolatda uni ushbu ko’rsatkich bilan baholash biologik
axamiyatga ega.Boshqa xolatlarda mo’llikni ifodalashning aniq uslubi populyatsiyaning
zichligini aniqlashdir.
Populyatsiyaning zichligi deganda ma’lum maydan birligiga to’g’ri keluvchi individlar soni
tushuniladi.Populyatsiyaning miqdori va zichligi bir-biri bilan chambarchas bog’langan,shuning
uchun u yoki bu populyatsiya xaqida gap borganda uning soni va zichligi barobar e’tiborga
olinadi.Yuqorida qayd etilganidek,absolyut va nisbiy zichliklar ajratilib,absolyut zichlik ma’lum
maydon birligiga to’g’ri keluvchi populyatsiyaning miqdori bo’lsa,nisbiy zichligi ma’lum
maydon birligidagi individlar sonini bildiradi.Populyatsiyaninig nisbiy zichligi bir
populyatsiyani ikkinchi bir populyatsiya bilan taqqoslash,shuningdek takror kuzatishlarda
muayyan bir populyatsiyaning vaqt o’tishi bilan ko’payishi yoki kamayishi sodir
bo’layotganligini aniqlash imkonini beradi.
Populyatsiya zichligini o’rganishga tadqiqotchilar turlicha yondashadilar.Zoologlar
populyatsiyadagi individlar sonini maydon birligida,mikrobiologlar tuproqdagi yoki gumusdagi
massa birligida,suvdagi soda xayvonlar va suv o’tlari, shuningdek tuproq mezo-va mikrofaunalar
suv va tuproqning xajm birligida xisobga oladilar.
Populyatsiyaning o’lchami. Xar xil turlarning populyatsiyasi bir-biridan o’lchami bilan farq
qiladi.Masalan,bir gektar o’rmonda qushlardan o’nlab individlar; sichqonsimon
kemiruvchilardan o’nlab va yuzlab; xasharotlar va yomg’ir chuvalchanglaridan millionlab
uchratish mumkin.Turlar populyatsiyasi zichligining o’zgarib turish sabablaridan biri
individlarning kata-kichikligidir.Individlar qanchalik yirik bo’lsa populyatsiya areallari
kata;zichligi esa past bo’ladi.

Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish