Temirbeton — beton va poʻlat armatura birikmasidan iborat konstruksiya va buyumlarning umumiy nomi. Temirbeton 19-asrda kashf etilgan. Temirbeton buyumlarga birinchi patentlar Fransiyada (Lambao, 1850; Kuanye, 1854; Monye, 1867), Angliyada (Uilkinson, 1854) va AQSH da (Giatt, 1855—87) berilgan. Oʻzbekistonda Temirbeton konstruksiyalar 19-asr 70y.laridan tatbiq eta boshlangan. Temirbetonda zoʻriqishlarni qabul qilishda har ikkala material (beton va poʻlat) baravar ishlaydi. Betonning choʻzilishga mustahkamligi siqilishga mustahkamligidan ancha (10—20 marta) past. Poʻlat armatura esa choʻzilishga ham, siqilishga ham birday ishlaydi. Agar betonga armatura qoʻshilsa, uning choʻzilishga mustahkamligi ancha ortadi. Betonning poʻlat armaturaga yaxshi yopishuvi, poʻlat bilan ogʻir betonning tra taʼsirida chizikli kengayish koeffitsiyentlari bir-biriga juda yaqinligi (beton uchun aBq(lsl,5)10~5; armatura uchun avq1,210~5) Temirbetonni hosil qilishga imkon beradi. Bundan tashqari, beton armaturaga zich yopishib, uni zanglash va yongʻindan asraydi. Temirbetondan poydevor bloklar, devor va qavatlararo panellar, yopma plitalar, yigʻma zinalar, ustun va toʻsinlar, ustunqoziklar, arka va fermalar va boshqa tayyorlanadi.
Temirbetonning afzalliklari: oʻta mustahkamligi; koʻpga chidamliligi; olovbardoshligi; zilzilabardoshligi; mahalliy materiallardan foydalanish imkoniyati; konstruksiyaga istalgan shakl berish mumkinligi va h.k. Vazni ogʻirligi, issiqlik va tovushni oson oʻtkazishi; mustahkamlash va tuzatishning qiyinligi; yorilishi mumkinligi; beton yotqizilgach, armatura holatini tekshirish qiyinligi kabi omillar uning nuqsonlaridir. Betonda yoriq paydo boʻlishining oldini olish uchun armatura oldindan zoʻriqtiriladi.
Ilgari betonning mustahkamlik darajalari markalar (M) orqali farklanar edi. Xalqaro standartlarning yangi tizimi boʻyicha beton mustahkamligi sinflar (V) orqali belgilanadi. Mas., beton va Temirbeton uchun ogʻir betonning siqilish mustahkamligi boʻyicha quyidagi sinflar mavjud: V3,5; V5; V7,5; V10; V12:5; V15; V20; V25; VZO; V35; V40; V45; V50; V55; V60. Ogʻir betondan ishlanadigan Temirbeton konstruksiyalarda mustahkamlik sinfi V7,5 dan kam boʻlgan betonlarni qoʻllash mumkin emas. Takroriy yuklar taʼsir etadigan konstruksiyalarda sinfi V15 dan yuqori boʻlgan betonlar qoʻllaniladi. Siqiluvchi Temirbeton elementlari V15 dan kam boʻlmagan, katta yuk ostida boʻladigan konstruksiyalarda esa (mas., koʻp qavatli binolarning quyi qavat ustunlarida) sinfi V25 dan kam boʻlmagan betonlar qoʻllash tavsiya etiladi. Zoʻriqtirilgan beton uchun V20… V60 boʻlgan beton sinflari qabul qilinadi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, Temirbeton konstruksiyalarida qoʻllaniladigan armaturalar, sterjenli va simli armaturalarga boʻlinadi. Sirtining shakliga qarab tekis va davriy profilli armaturalar boʻladi. Davriy profilli armatura tekis armaturaga Karaganda beton bilan mustahkamroq bogʻlanadi. Temirbeton elementlar kamida 0,05 % va kupi bilan 3,5 % miqdorda armaturalanadi. Mexanik xossalariga qarab armaturabop metall quyidagi sinflarga boʻlinadi: a) sterjen armaturalar: AI; AP; ASH; A1V; AV; AVI; b) sim armaturalar: BI; VP; Vr II; K7; K19.
Atrof muhit trasi — 40° dan 60° gacha oʻzgarganda beton bilan armaturaning asosiy fizikmexanik xossalari oʻzgarmaydi. Tra 60° dan oshganda betonning strukturasi buzila boshlaydi va mustahkamligi pasayadi, masalan, tra 200° ga yetganda betonning mustahkamligi 30—40 % pasayadi. Oddiy Temirbeton uchun 500°—600° issiklik kritik tra hisoblanadi. Shuning uchun oddiy Temirbetonni 200° dan past sharoitda ishlatish tavsiya etiladi. Yuqori (1700° gacha) trada ishlaydigan issiklik agregatlari uchun issiqbardosh Temirbetondan foydalaniladi.
Armaturali sterjenni ketma-ket kichrayadigan teshikdan zo’rlab sug’irish yo’li bilan ham mexanik usulda puxtalasa bo’ladi. Bunda s – s bog’lanish deyarli armatura uzilishigacha to’g’ri chiziqli bo’lib qoladi (3-egrilik) va bu uning me’yoriy qarshiligi qilib qabul qilinadi.
Po’lat armaturani 3...5 % ga cho’zilsa, uning ichki kristall tuzilishi ma’lum darajada o’zgaradi, bu o’zgarish armatura mustahkamligini oshiradi. Armatura qayta cho’zilsa, cho’zilish diagrammasi boshlang’ich diagrammadan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |